Kurs ishi mavzu



Yüklə 136,61 Kb.
səhifə4/9
tarix11.02.2023
ölçüsü136,61 Kb.
#100660
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi mavzu Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni must

Metodika


O‘qitish metodlarini shartli ravishda “O‘qitishning an’anaviy metodlari”ga va “O‘qitishning noan’anaviy metodlari”ga ajratish mumkin. O‘qitishning an’anaviy metodlarini klassifikatsiyalanishi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
O‘qitish metodlarini klassifikatsiyalash



O‘qitish metodlarining asosiy guruhlari

O‘qitish metodlarining asosiy kichik guruhlari

O‘qitishning alohida metodlari

1.

2.



3.

O‘qishni rag’batlantirish va asoslash metodlari

O‘quv ishlari va operatsiyalarni tashkil qilish va amalga oshirish metodlari

Nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat qilish metodlari



1.1. O‘qishga qiziqish to‘g’dirish metodlari

1.2. O‘qishga burch va mas’uliyatni tarkib toptirish metodlari


2.1. Pertseptiv metodlar (o‘quv axboroti berish va uni his etish orqali idrok qilish).


Og’zaki metodlar

Ko‘rgazmali metodlar

Audiovizual metodlar

Amaliy metodlar

2.2. Mantiqiy metodlar (mantiqiy operatsiyalarni tashkil etish va amalga oshirish).


2.3. Gnostik metodlar (fikrlash operatsiyalarni tashkil etish va amalga oshirish)


2.4. O‘quv ishlarida o‘zini-o‘zi idora qilish metodlari

3.1. Nazorat metodlari



bilishga oid o‘yinlar, o‘quv munozaralari, emotsional rag’batlantirish metodlari va hokazolar
O‘qishda rag’batlantirish, tanbeh berish, o‘quv talablarini qo‘yish va boshqa metodlar

Lektsiya, hikoya qilish, suhbat va boshqalar.

Namoyish qilish, illyustratsiya, kino ko‘rsatish va boshqa metodlar

Og’zaki va ko‘rgazmali metodlarni qo‘shib olib borish.

Mashqlar qilish, tajribalar o‘tkazish, mehnat vazifalarini bajarish va Shunga o‘xshash boshqa xil metodlar

Induktiv, deduktiv metodlar, analogiya metodi va boshqalar.


Muammoli qidiruv (muammoli bayon, evristik metod, tadqiqot metodi, reproduktiv metodlar va boshqalar) (instruktsiya berish, illyustratsiyalash, tushuntirish, amaliy mashqlar va boshqalar)

Kitob ustida, priborlar hamda mehnat vositalari bilan mustaqil ishlash va hakozolar

Og’zaki nazorat, yozma nazorat; laboratoriya nazorati, mashina nazorati metodlari, o‘zini-o‘zi nazorat qilish metodlari



O‘qitishning noan’anaviy metodlariga (usullariga) kelsak, ularning turlari (soni) juda ham ko‘payib ketgan. Ularni orasidan, shu kunda pedagogik jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama qilinib, amaliyotga tavsiya qilinayotganlaridan ba’zilarini (“Kichik guruhlar”, “Bahs-munozara” usullarida o‘qitish, “Loyihalash”, “Muammoli vaziyat”, “Aqliy hujum”, “Rolli o‘yinlar” metodlari) qaraymiz. O‘qitishning noan’anaviy metodlari ichida o‘qitishning muammoli metodi (ba’zida muammoli-izlanish metodi kabi ham ataladi) o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Bu yerda biz ushbu metodni kengroq qaraymiz.
Muammoli o‘qitish bilishga oid vazifalarni o‘quvchilar oldiga izchil va maqsadga qaratilgan holda qo‘yishni nazarda tutadi, o‘quvchilar ularni o‘qituvchi rabarligida hal qilar ekanlar, yangi bilimlarni faol o‘zlvashtiradilar. Bilish muammosi ko‘pincha tegishli o‘quv predmeti uchun eng tipik vazifalarni qo‘yish yordamida o‘rtaga tashlanadi. Muammoli o‘qitishda qo‘yiladigan vazifalar birinchi navbatda o‘quvchilarni yangi temaga hozirlash va bilish jarayonini aktivlashtirish uchun qo‘llaniladi. Muammoli yondoshishda bunday vazifalar odatda nazariy qoidalarn xabar qilishdan oldin keladi. Vazifa quyidagi talablarni qondira oladigan bo‘lsagina bilish muammosiga aylanishi mumkin:
1. O‘quvchilar uchun bilish qiyinchilikka ega, ya’ni o‘rganilayotgan muammo ustida fikr yuritishni talab qiladi.
2. O‘quvchilarda bilishga qiziqish uyg‘otadi.
3. Appertseptsiya printsipi bo‘yicha o‘quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga tayanadi.
Birinchi talab boshqalarining o‘rtasida asosiy, markaziy o‘rinni egallaydi. Uning mohiyati shundan iboratki, o‘qituvchi darsda bilish qiyinchiligi vaziyatini atayin yaratadi, bunda o‘quvchilar yangi temani o‘rganish uchun bir yoki bir necha operatsiyalar: analiz, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish kabilardan mustaqil foydalanishning zarurligiga duchor qilib qo‘yiladi. Muammoli vaziyat o‘quvchilarning ixtiyorsiz diqqatlariga tayanib, ularda asta-sekin o‘rganish ob’etiga nisbatan ixtiyoriy e’tiborni, premetni mavjud qiynchiliklarga qaramay o‘zlashtirib olishga intilishni uyg‘otadi. Muammoli vaziyatni yaratish muammoli o‘qitish sistemasida boshlang‘ich fursat (faza, palla) hisoblanadi. Keyin o‘quvchilar o‘qituvchining yo‘naltiruvchi ta’sir bilan bilish muammolarini hal qilishning quyidagi bosqichlarini mustaqil o‘tishlari kerak.

1. Muammoni hal qilishning gipotezalarini, mumkin bo‘lan variantlarini ko‘rsatish.
2. Gipotezalarni nazariy yoki amaliy tekshirish.
3. Eng real gipotezani tanlash.
4. Bilish xulosasini ifodalash.

Yüklə 136,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə