Kurs ishi mavzu


Muammoli-izlanish mashqlari



Yüklə 136,61 Kb.
səhifə7/9
tarix11.02.2023
ölçüsü136,61 Kb.
#100660
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi mavzu Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni must

Muammoli-izlanish mashqlari o‘quvchilar o‘zlarini yangi bilimlarini o‘zlashtirishlariga olib keladigan harakatlarning ma’lum turlarini o‘qituvchining topshirig‘iga ko‘ra mustaqil bajara oladigan bo‘lganlarida qo‘llaniladi. Bunday mashqlar, masalan, fizika darsliklarida keng berilgan, unda amaliy vazifalarni yechish jarayonida o‘quvchilar bilimlarning yangi elementlarini qo‘llamayodilar, balki aynan o‘zlashtiradilar, keyin bu elementlar tushunib yetiladi va trenirovka mashqlarin bajarayotganda qo‘llaniladi. Muammoli-izlanish mashqlari faqat yangi temani o‘zlashtirishga yondoshishdagina emas, balki uni yangi asosda mustahkamlashda, ya’ni bilimlarni chuqurlashtiruvchi mashqlarni bajarayotganda ham qo‘llash mumkin.
Tadqiqotchilik laboratoriya ishlari muammoli amaliy ishlarning qimmatli turi hisoblanadi. Bunday laboratoriya ishlari nazariyani o‘rganishga qadar o‘tkaziladi va o‘quvchilarni ayrim o‘quv “kashfiyotlari”ni qilish zarurligiga ro‘para qiladi.
Muammoli o‘qitish faqat o‘zlashtiruvchilargagina emas, balki hammaga mo‘ljallanganligini ta’kidlash muhim. Ishning mohiyati shundaki, muammoli yondoshuv barcha o‘quvchilarni bo‘lajak muammoga qiziqtirishga, beixtiyor ajablanishga, uning haqida o‘ylashga, eng real gipotezani tanlashga olib kelishi kerak. Muammoli o‘qitish, nihoyat, o‘quvchilarning fikr yuritishlarini boshqarish, o‘quvchilarda tezda axborot olish va unga darhol o‘z mulohazasini bildirish imkonini beradi.
Lekin muammoli o‘qitishning o‘z-o‘zidan bo‘ladigan ob’ektiv ijobiy ta’siriga umid bog‘lab bo‘lmaydi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarga nisbatan alohida yondoshish kerak bo‘ladi. Bilish vazifalarini qo‘yishda o‘qituvchilar ular qyinligining variantligini ta’minlaydi, bunin uchun bo‘sh o‘zlashtiruvchilarni ancha yengil savollarga javob berishga tortadi, ularning javoblarini rag‘batlantiradi va bu bilan ancha murakkabroq muammolar ustida fikr yuritishga qatnashish uchun qiziqtiruvchi omil yaratadi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilar uchun topshiriqlar ular bajara oladigan, o‘zgaruvchan (prolemali savollar bilan birga qo‘shimcha yo‘llovchi savollar beriladi), ishni bajarish to‘g‘risida instruktsiya bo‘lishi kerak. Bo‘sh o‘quvchlarga muammoli tajribalar o‘tkazishni tayyorlash va o‘tkazishni topshirish ayniqsa foydalidir, bu o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi. O‘qitishga muammoli yondoshish, odatda, ayni bir darsning o‘zida axborot-reproduktiv metod bilan birga qo‘shib boriladi, chunki tema mazmunida doimo o‘quvchilarga ma’lum qilinishi mumkin bo‘lgan yoki, aksincha, ular uchun murakkab, bajarishga qurbilari yetmaydigan, tushuniritilishi lozim bo‘lgan savollar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham izlanish va reproduktiv xarakterdagi o‘qitishning xilma-xil metodi va usullarini optimal tarzda birga qo‘shib borish zarur bo‘ladi.
Muammoli o‘qitish”ning kamchiliklar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- o‘quvchlardan yuqori motivatsiya talab qiladi;
- qo‘yilgan muammo o‘quvchilarning bilim darajasiga mos bo‘lishi kerak;
- ko‘p vaqt talab qiladi.

Yüklə 136,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə