Kurs ishi mavzu


Kurs ishining dolzarbligi



Yüklə 136,61 Kb.
səhifə2/9
tarix11.02.2023
ölçüsü136,61 Kb.
#100660
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi mavzu Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni must

Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi vaqtda ilm olish uchun barcha imkoniyatlarga egamiz. Xohlagan badiiy yoki ilmiy asarni, qiziqqan kitobimizni topishimiz mumkin. Buning uchun ozgina intilish,qiziqish va istakning o’zi yetarli. Yurtboshimizning ta’lim sohasiga qaratayotgan e’tibori, yaratayotgan imkoniyatlari yanada faol bo’lishga va o’zimizni anglashga, teran fikrlashga undaydi. Bundan tashqari hozirgi vaqtda matematika sohasiga qaratilgan e’tibor juda tez fursatlarda o’z ifodasini topib, iqtidorli yoshlarga ulkan zafarlar eshigini ochmoqda.
Biz hayotimizni fan bilan bog’laydigan bo’lsak, oddiy yumushlar ham fizik termin va ifodalarga kelib taqaladi.
Bu fanni yaxshi bilgan bola aqilli, keng tafakkurli bo’lib o’sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi,-deb ta’kidlagan Prezident SH.Mirziyoyev.
Maktabda fizika fanini o’qitish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish-o’qitish samaradorligini oshirishning yaqqol omili sifatida ko’zga tashlanadi. Chunki yoshlar ongida bu fanga bo’lgan muhabbatni oshirish uchun ularning dunyo qarashiga hamohang tarzda ish ko’rish maqsadga muvofiq bo’ladi. Fizika faqat sonlardan emas balki harflar, ularning majmuyi kabi tushunchalar orqali o’quvchilarni hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtira borib, fizika tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilib borilishiga, bu fanni o’zlashtira olishga intilishlariga turtki beradigan fikr va mulohazalar yurutish zarur deb hisoblayman.


Asosiy qism

Fizika haqida ma’lumotlar


Toʻgʻrisini aytganda, fizika nima ekanini aniq aytish juda qiyin. Avvalambor, fizika biz rivojlanib, yangi kashfiyotlar qilganimiz sayin oʻzgarib boradi. Yangi nazariyalar shunchaki yangi javoblarni olib kelmaydi. Ular, shuningdek, oldingi fizika nuqtayi nazaridan qaralganda, hatto maʼnoga ega boʻlmasligi mumkin boʻlgan yangi savollarning ham paydo boʻlishiga zamin yaratadi. Bu fizikani yanada qiziqarli qiladi, biroq uning taʼrifini fizika qachonlardir kelajakda nima boʻla olishi emas, uning oʻtmishda nima boʻlgani haqidagi umumiy gaplarga aylantirib qoʻyadi.
Shunga qaramay, taʼrif berish foydali. Agar sizga taʼrif kerak boʻlsa, bu siz xohlagan taʼrif boʻladi. Fiziklar, asosan, quyidagilarni bajarishga harakat qilishyapti:
Olamdagi oʻlchash mumkin boʻlgan eng fundamental kattaliklarni aniq tavsiflash (masalan, tezlik, elektr maydon, kinetik energiya). Olamning eng fundamental tavsifini topishga urinish tarixan fizikaning asosiy vazifalaridan boʻlgan, buni quydagi rasm ifodalaydi.
Fundamental degani nima? Fundamental oʻlchash mumkin boʻlgan kattaliklar orasidagi bogʻlanishni topish (masalan, Nyuton qonunlari, energiyaning saqlanish qonuni, maxsus nisbiylik nazariyasi). Bu bogʻliqliklar va qonunlar biz insonlar yaxshiroq tushunishimiz va qoʻllay olishimiz uchun soʻzlar, tenglamalar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, modellar va boshqa yoʻllar bilan ifodalanadi.
Tan olishimiz kerakki fizikani ikkitagina narsaga keltirib qoʻyish biroz qoʻpol soddalashtirish boʻlib, u fiziklar nimalar bilan shugʻullanishi va ular buni qanday qilishi bilan bogʻliq nozik tafsilotlarni nazardan chetda qoldiradi. Ammo murakkab olamni sodda va aniq qonunlar bilan tavsiflash fizikaning ayni mohiyatidir. Shuning uchun ehtimol fiziklarning murakkab faoliyatini aoddiy va aniq taʼrif bilan tasvirlashga urinish unchalik yomon fikr emasdir.
Biz fizikada jismlarning harakati va uning sabablarini tushuntiramiz, ammo biz harakatni qanday tasvirlashni bilmasak, uni tushuntirish qiyin boʻladi. Shu sababli dastlab Bir oʻlchamli harakat va Ikki oʻlchamli harakat mavzularida biz jismlar harakatini qanday qilib aniq tavsiflash va ayrim hollarda ularning harakati qanday boʻlishini oldindan aytishni oʻrganamiz.
Harakatni aniq tavsiflashni oʻrganganimizdan soʻng, Kuch va Nyuton qonunlari mavzusida kuch tushunchasining jismlar harakati nega oʻzgarishini tushuntirish imkonini berishini oʻrganamiz.
Biz saqlanish qonunlari jism haraktini tushuntirishning muqobil yoʻli ekanini koʻrsatish orqali harakat bilan ishlash qobiliyatimizni sayqallash va kengaytirishda davom etamiz. Bu saqlanish qonunlari jism harakatining oʻzgarishini chegaralab beradi. Energiyaning saqlanish qonunini Energiya va ish, impulsning saqlanish qonunini Zarba va impuls mavzularida oʻrganamiz.
Hozirga qadar biz oʻzining aylanma harakatini oʻzgartirmayotgan jismlarni oʻrgandik, Momentlar, kuch momenti va impuls momenti mavzusida esa aylanma harakatni tasvirlash va tushuntirishni hamda yangi saqlanish qonuni–impuls momenti saqlanishini oʻrganamiz.
Shundan soʻng, harakat, kuchlar va saqlanish qonunlari toʻgʻrisidagi bilimlarimizni ishga solib, bir qator yangi kuchlar va hodisalarni koʻrib chiqamiz. Suyuqliklar fizikasi va Termodinamika mavzularida suyuqlik va gazlar bilan ishlashni oʻrganamiz. Keyin Elektr va Magnetizm boʻlimlarida ikkita yangi kuch - elektr va magnit kuchlari haqida bilib olamiz. Elektr zanjirlar da biz elektr kuchlari qanday qilib tokning oqishini keltirib chiqarishini bilib olamiz. Optika da biz elektromagnit toʻlqinlar (yaʼni yorugʻlik) sinishi va qaytish qonunlarini oʻrganamiz. Yorugʻlik haqida maʼlumot olganimizdan soʻng, Eynshteynning Maxsus nisbiylik nazariyasini oʻrganamiz. Va bu hali hammasi emas.

Yüklə 136,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə