Kurs ishi topshiriqlari



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə6/15
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#107733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishidan namuna

Kurs ishining maqsadi:Ta’lim samaradorligini oshirishda ta’lim vositalari,texnik hamda axborot qurilmalaridan foydalanishni nazariy va amaliy jihatdan o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari:1.Ta’lim vositalaridan foydalanish orqali ta’limning sifati va samaradorligini oshirishni asoslash;
2.Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy ta’lim vositalari va AKT ni qo’llashning hozirgi holatini o’rganish.
3.Ta’lim jarayonida ta’lim vositalarini samarali qo’llash va o‘quv ishiga nisbatan talabalarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlash.
4. Ta'lim tizimida AKT vositalaridan foydalanishning innovatsion imkoniyatlarini ochib berish.
Kurs ishining ob’yekti:TerDU Maktabgacha ta’lim fakulteti.
Kurs ishining predmeti: Ta’lim samaradorligini oshirishda yangi ta’lim vositalari va zamonaviy AKT vositalaridan foydalanishning avfzalliklari va uni amaliyotga tadbiq qilish yo’llarini o’rganish.
Kurs ishi metodi:so’rov,hujjatlarni o’rganish,pedagogik kuzatish,tajriba almashish,pedagogik tajriba-sinov,suhbat.
Kurs ishining ahamiyati: Ushbu kurs ishining ilmiylik ahamiyati shundan iboratki o’quv jarayonini zamonaviy ta’lim vositalaridan va AKTdan unumli foydalanish ta’lim beruvchi uchun yetkazmoqchi bo’lgan yangi ma’lumotni ta’lim oluvchi uchun esa o’zlashtirishi lozim bo’lgan yangi bilimlarni tez va oson o’zlashtirish uchun xizmat qiladi.Ushbu kurs ishi ilmiy manbalarga tayangan holda O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risida,,giqonuni va O’zbekiston Respublikasining ‘’Oliy ta'lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy o’quv va ilmiy adabiyotlar ro’yxatini shakllantirish,ularni xarid qilish va foydalanish tartibi to’grisi’’dagi vazirlar mahkamasining 2018- yil 10-oktyabrdagi 816-sonli qaroriga asosida hamda mavzuga oid ilmiy adabiyotlar asosida tayyorlandi.
Ishning tuzilishi: ushbu kurs ishi 2 bob, 5 band, tajriba va sinov ishlari,xulosa va tavsiyalar,foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati,ilovalardan iborat.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə