Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


-MAVZU : OTLARDA KO’PLIK FORMASINING YASALISHI



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə22/533
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#157157
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   533
Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma

4-MAVZU : OTLARDA KO’PLIK FORMASINING YASALISHI
( DIE PLURALBILDUNG DER SUBSTANTIVE )

O‘zbek tilida ko‘plik formasi –lar affiksi bilan yasaladi. Nemis tilida esa otlarning ko‘pligi quyidagi vositalar yordamida yasaladi:


a) artikl yordamida:
der Lehrer – die Lehrer, das Wappen – die Wappen
der Wagen – die Wagen, das Rätsel – die Rätsel
b) umlaut yordamida:
die Mutter – die Mütter
die Tochter – die Töchter
d) Artikl + suffiks (-e, (-e)n, -er, -s) yordamida:
der Tisch – die Tische, das Bild – die Bilder
der Junge – die Jungen, der Park – die Parks
e) artikl + umlaut yordamida:
der Garten – die Gärten
der Vater – die Väter
f) artikl + umlaut + suffiks yordamida:
der Wald – die Wälder
das Tuch – die Tücher
der Wolf – die Wölfe
Nemis tilida otlarning ko‘plik yasalishi besh turga bo‘linadi:
1.Ko‘plikda –e suffiksini qabul qiluvchi otlar (umlautli yoki umlautsiz)
2.Ko‘plikda –(e)n suffiksini qabul qiluvchi otlar(umlautsiz)
3.Ko‘plikda –er suffiksini qabul qiluvchi otlar (umlautli)
4. Ko‘plik formasini suffikssiz yasovchi otlar(umlautli yoki umlautsiz)
5.Ko‘plik yasalishining maxsus hollari (Boshqa tillardan o‘zlashgan otlar –s suffiksini oladi).
4.1 Ko‘plik yasalishining birinchi turi
( Der I. Typ der Pluralbildung )

Ko‘plik yasalishining birinchi turiga kiruvchi otlar ko‘plikda –e suffiksini qabul qiladi.Otlarning o‘zagidagi unli tovushlar umlaut olishi yoki olmasligi mumkin.Bu turga quyidagi otlar kiradi:


1.Mujskoy roddagi otlarning asosiy qismi, o‘zagida a,o, u unlisi va au diftonggi bo‘lgan otlarning umlaut oladi (bu otlar bir bo‘g‘inli bo‘ladi):
der Satz – die Sätze (gap – gaplar)
der Fuchs –die Füchse (tulki - tulkilar)

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə