Matritsali mexanika
Matritsali mexanika bu
– kvant tizimlarini
«matritsali algebra» deb nomlanuvchi matematik usul
vositasida bayon qilish uslubidir. Ushbu uslubni
atomlarning spektral chiziqlarini
tahlil qilish bilan
mashg‘ul bo‘lgan Germaniyalik olimlar, Maks Born,
Verner Geyzenberg va Paskal Jordan 1925-yilda
ishlab chiqishgan. Ervin Shryodinger ishlab chiqqan
differensial tenglamalar usuli esa, ushbu matritsali
mexanika usulga qarama-qarshi qo‘yiladi. Matritsali
mexanikaning o‘ziga xosligi shundaki, bunda hisob-
kitoblarni bajarish tartibi natijaga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
Aytaylik, oddiy arifmetikaga ko‘ra,
2×3=6 bo‘lsa, shuningdek, 3×2=6 ham aynan bir xil
natija bo‘ladi. Lekin, matritsali hisob kitoblarda
bunday emas. Bunda, agar zarrachaning joylashuvini
bir matritsa bilan,
uning impulsini esa boshqa
matritsa bilan berilgan bo‘lsa, unda, mazkur ikki
matritsaning qanday tartibda ko‘paytirilishidan kelib
chiqib, ko‘paytirish natijasi har xil bo‘lib chiqadi.
Ushbu turli xil natijalar orasida tafovut mavjudligi
fanda Geyzenberg noaniqlik
tamoyilining kelib
chiqishiga sabab bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: