Labaratoriya



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#161409
1   2   3
9-sinf.Labaratoriya,Amaliy,NAZORAT ISHI

Ishning borishi. 1. Ikkita quruq probirka olamiz. 2. Birinchi probirkaga 1–2 ml suv va 1–2 ml kraxmal eritmasi quyiladi va yaxshilab
aralashtiriladi. uning ustiga 1 tomchi yod tomiziladi. ko‘k rang hosil bo‘ladi. 3. Ikkinchi probirkaga 1–2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1–2 ml kraxmal eritmasidan quyamiz va 5 daqiqa o‘tgandan keyin
1 tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko‘k rang emas, balki qizg‘ish yoki sariq rang paydo bo‘ladi. Bu kraxmalni ferment ta’sirida parchalanganidan darak beradi.

Xulosa.












Nazorat ishi o’tkazilgan sana

Nazorat ishi-3.Test.


  1. Uglevodlar tarkibiga qanday elementlar kiradi?

    1. C, H2, O2. B. N2, C, H2. D. N2, C, O2. E. H2, O2, S.

  2. Katta issiqlik sig’imiga va issiqlikni yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lganmoddani belgilang.

    1. Oqsil B.Lipid D.Suv E.Uglevod.

  3. Nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv molekulasiga o‘xshashligdan kelib chiqqan moddani.

    1. Oqsil B.Uglevod D.Nuklein kislota. E.Moylar

  4. Paxta tolasi qanday moddadan iborat?

    1. Sellyuloza B.Kraxmal D.Glikogen E.Xitin.

  5. Tuganakli o‘simliklardagi zaxira sifatida to‘planadigan uglevodni belgilang.

    1. Fruktoza. B.Kraxmal D.Glikogen E. Pektin

  6. Uzum shakari deb ataladigan uglevodni toping. A.Laktoza B.Glyukoza D.Fruktoza E.Riboza

  7. RNK tarkibiga kiruvchi uglevodni belgilang. A.Dezoksiriboza. B.Glyukoza D.Fruktoza E.Riboza

  8. DNK tarkibiga kiruvchi uglevodni belgilang.

    1. Dezoksiriboza. B.Glyukoza D.Fruktoza E.Riboza

  9. 1g uglevod parchalanganda qancha energiya sarflanadi? A.19,7 kj. B.39,8kj. C.40kj. D.17,6kj. E.16.8kj.

  10. 1g yog’ning to‘liq parchalanishi natijasida qancha energiya ajraladi?

A. 30,6 kj. B.36,7kj. C.39,8kj. D.38,9kj. E36,9kj.

  1. Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o‘zgarib turishi nima deb ataladi ?

A. Metabolizm. B. Anabolizm. C. Katabolizm. D. Energiya almashinuvi

  1. Glyukozaning parchalanish reaksiyalarida ajralgan energiya nimaga sarf bo‘ladi ?

A. Oqsil biosinteziga. B. ATF sinteziga.
D. Fotosintezga. E) Hammasi to‘g’ri

  1. Moyli o‘simliklarni aniqlang.

1.Kungaboqar 2.Makkajo‘xori 3.Zig’ir 4.G’o‘za 5.Soya 6.Loviya 7.Kunjut
8.Zaytun 9.Bug’doy
A.1,2,4,6,8,9 B. 1,3,4,5,7,8 C.2,3,5,7,8,9 D.1,3,5,6,8,9 E.1,2,3,4,6,8

  1. Polisaxaridlarning monomerlari nima deb ataladi?

A.Disaxarid. B.Monosaxarid. D.Aminokislota. E.Nukleotidlar.

Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Javob














































Tekshirish














































To‘g‘ri javob: Ball: O‘qituvchining imzosi: Sana


  1. laboratoriya mashg‘uloti




O‘simlik bargida organik moddalarning hosil bo‘lishini o‘rganish


Ma’lumki, o‘simlik barglarida hosil bo‘ladigan asosiy organik modda kraxmaldir. u quyosh nuri ta’sirida hosil bo‘ladi. Agar


biron-bir usul bilan bargning ma’lum qismiga quyosh nurining
ta’siri to‘sib qo‘yilsa, o‘sha joyda kraxmal hosil bo‘lmaydi. Bu hodisani quyidagi tajribada tekshirib ko‘rish mumkin.

Asbob va materiallar: etil spirti, yodning 1 % li eritmasi, yorongul xona o‘simligi, ochiq joyda o‘sayotgan barg sathi katta birorta o‘simlik (otquloq yoki chinor daraxti).




Ish tartibi:


  1. o‘simlik bargini ostki va ustki tomonini to‘sadigan qora qog‘oz olib, har ikkala tomonidan bir xil ko‘rinishga ega shakl

(uchburchak, to‘rtburchak) kesib olinadi va u bilan bargga qistirg‘ichlar yordamida biriktirib qo‘yiladi.

  1. oradan 2 soat o‘tgandan keyin barg kesib olinadi, qog‘oz

olib tashlanadi va qaynab turgan suvda 2–3 daqiqa ushlanadi, so‘ngra pigmentlardan tozalash uchun spirtga solinadi, keyin
spirtdan olib suvda yuviladi.

  1. So‘ngra bargni yod eritmasi solingan idishga olamiz.

Shisha tayoqcha yordamida barg tekislansa bargning ochiq joyida ko‘k rangli dog‘ hosil bo‘lganini ko‘ramiz. Bargni yopib qo‘yilgan joylari rangsiz bo‘ladi, chunki kraxmal hosil bo‘lmaydi.

Xulosa.










Berilgan 10 ta ta`rif qarshisidagi bo‘sh kataklarga jadvalning o‘ng tomonda berilgan mos atamalarning raqamlarini yozing.


1.Bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo‘lgan tayyorgarlik davri



To’g’ri javoblar
4

Noto’g’ri javoblar
1



Profaza

2.DNK sinteziga tayyorgarlik bosqichi

9

2

Anafaza

3.DNK sintezi davri

3

3

S davri

4.Mitozga tayyorgarlik tugallanadigan davr

7

4

Interfaza

5.Mitozning birinchi bosqichi

1

5

Sitokinez

6.Mitozning oxirgi bosqichi

8

6

Mitoz

7.Xromosomalar ekvator tekisligida joylashadigan bosqich

10

7

G2 davri

8.Xromatidalar mustaqil xromosomalarga aylanadigan bosqich

2

8

Telofaza

9.Sitoplazmaning ikkiga ajralishi

5

9

G1 davri

10.Interfazadan so‘ng boshlanadigan jarayon

6

10

Metafaza

To‘g‘ri javob: Ball: O‘qituvchining imzosi: Sana


Nazorat ishi o’tkazilgan sana

Nazorat ishi-6.


  1. Urug’langan tuxum hujayra nima deb ataladi?

A.Zigota. B. Gameta. D. Murtak. E. Endosperm.

  1. Tuxum hujayraning rivojlanishi nima deb ataladi?

    1. Gametogenez. B. Ovogenez. D. Spermatogenez. E. Ontogenez.

  2. Qaysi hujayra chang naychasini hosil qiladi?

    1. Generativ hujayra. B. Tuxum hujayra.

D. Vegetativ hujayra. E. Markaziy hujayra.

  1. Qo‘sh urug’lanishda qaysi hujayralar urug’lanadi?

    1. Generativ hujayra va vegetativ hujayra.

    2. Tuxum hujayra va markaziy hujayra.

  1. Generativ hujayra va markaziy hujayra.

  2. Tuxum hujayra va vegetativ hujayra.

  1. Organizmlarning individual rivojlanishi nima deb ataladi?

    1. Gametogenez. B. Ovogenez. D. Spermatogenez. E. Ontogenez.

  2. Murtakning tashqi qavati nima deb ataladi?

    1. Mezoderma. B. Endoderma. D. Ektoderma. E. Blastosel.

  3. Endodermadan qaysi a’zolar hosil bo‘ladi?

1. O‘rta ichak epiteliysi.2. Hazm bezlari. 3. O‘pka epiteliysi. 4. Muskul to‘qimasi.
5. Biriktiruvchi to‘qima. 6.Yurak qon – tomir sistemasi. 7. Ayirish sistemasi.

  1. Jabra epiteliysi.

    1. 1,2,3,8. B. 4,5,6,7. D. 1,3,5,7. E. 2,4,6,8.

  1. Mezodermadan qanday organlar rivojlanadi?

    1. 1,2,3,8. B. 4,5,6,7. D. 1,3,5,7. E. 2,4,6,8.

  2. Postembrional rivojlanishning qanday turlari mavjud?

    1. To‘g‘ri va noto‘g‘ri. B. Chala va to‘liq.

D. Metamorfoz bilan va metamorfozsiz. E. A va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Qaysi organizmlar butun umri davomida o‘sadi?

1.O‘simliklar. 2. Sudralib yuruvchilar. 3. Ayrim mollyuskalar.

  1. Ayrim baliqlar. 5. Yomg‘ir chuvalchangi. 6. Lentasimon chuvalchanglar.

A. 1,2,3,4. B. 2,4,5,6. D. 1,3,5. E. 1,3,4,6.

  1. Organizm rivojlanish jarayonining bir hujayralik davri nima deb ataladi?

A.Zigota. B. Gameta. D. Murtak. E. Endosperm.

  1. Embrionlarning o‘xshashlik qonunini yaratgan olimni aniqlang.

    1. K. Ber. B. F. Myuller. D. E. Gekkel. E. G. Mendel. 13.Organizmning barcha genlari yig‘indisi nima deb ataladi?

  1. Fenotip. B. Genotip. D. Kariotip. E. Allel genlar. 14.Mendelning birinchi qonuni qanday ataladi?

  1. Dominatlik qonuni.

  2. Bir xillik qonuni.

D. Ajralish qonuni.
E. A va B javoblar to‘g‘ri.

  1. Monoduragay chatishtirishda F2 da fenotip bo‘yicha nisbat qanday bo‘ladi?

    1. 1:1. B. 1:2:1. D. 9:3:3:1. E. 3:1.


Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Javob














































Tekshirish














































To‘g‘ri javob: Ball: O‘qituvchining imzosi: Sana


6 -laboratoriya mashg‘uloti.

Monoduragay chatishtirishga doir masalalar yechish





      1. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj retsessiv (a). Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo‘rozlar bilan chatishtirildi. F1 duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo‘ladi?

        1. agar F1 o‘zaro chatishtirilsa, F2da qanday natija kutish mumkin?

        2. F1 oddiy tojli xo‘rozlar bilan qayta chatishtirilsa-chi?










      1. Quyonlarda yungning normal uzunligi dominant (B), qisqaligi retsessiv belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi?

Вb x Вb; ВВ x bb; Вb x ВВ.









      1. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada urug‘chi va changchi organizmlar qizil rangga ega edi, lekin ular chatishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq pomidor hosil bo‘ladi. ota-onaning va F1 duragaylarning genotipini aniqlang.














      1. Gomozigota g‘o‘zaning hosil shoxi cheklanmagan (S) va cheklangan

(s) formalari o‘zaro chatishtirildi. F1 va F2 avlodning genotipini va fenotipini aniqlang.










  1. amaliy mashg‘ulot.

Diduragay chatishtirishga doir masalalar yechish





  1. Pomidor mevasining yumaloq shakli (A) noksimon shakli

(a) qizil rangi (B) sariq rangi (b) ustidan dominantlik qiladi. Quyidagi genotipli pomidorlar qanday gametalar hosil qiladi? a) AABB;
b) AaBB; d) aaBB; e) AABb; f) AaBb; g) Aabb h) aabb.











  1. G‘o‘zaning hosil shoxi cheklanmangan (S), gultojibarglari sariq- limon rangdagi (У) formasi hosil shoxi cheklangan (s), gultojibarglari och-sariq rangli (у) formasi bilan chatishtirilganda, 1/4 qism

cheklanmagan hosil shoxi, gultojibarglari sariq-limon rangli, 1/4 qism cheklangan hosil shoxi, gultojibarglari sariq-limon rangli, 1/4 qism cheklanmagan hosil shoxi, gultojibarglari och sariq rangli va 1/4 qism cheklangan hosil shoxi, gultojibarglari och sariq rangli o‘simliklar olingan. Chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona formalarning genotipini aniqlang.












  1. No‘xatning uzun poyali, oq gultojibargli formasi kalta poyali, qizil gultojibargli formasi bilan chatishtirilgan, F1 da 120 ta uzun

poyali, qizil gultojibargli, F2 da 720 ta o‘simlik hosil bo‘ldi:

    1. F1 necha xil genotipga ega bo‘ladi? b) F1 necha xil gameta hosil qiladi? c) F2 dagi o‘simliklarning nechtasi uzun poyali, qizil

gultojibargli bo‘ladi? d) F2 dagi o‘simliklarning nechtasi uzun poyali, oq gultojibargli bo‘ladi?











  1. Tarvuzning mevasi yumaloq shakli uzunchoq shakli ustidan,

yashil po‘choqlisi chipor po‘choqlisi ustidan dominantlik qiladi. uning yumaloq chipor formasi bilan uzunchoq yashil formasi chatishtirilgan. F 1 da 120 ta, F2 da 960 o‘simlik hosil bo‘ldi:

    1. ota-onaning, F1 va F2 ning genotipini va fenotipini aniqlang;

    2. F2 necha xil fenotip hosil qiladi?

d) ular orasida yumaloq yashil, uzunchoq chipori nechta?









  1. No‘xat donining sariq rangi (A) yashil rangi (a), tekisligi (B) burishganligi (b), gultojibargining qizil rangi (C) oq rangi (c) ustidan dominantlik qiladi. Quyidagicha genotipga ega formalarni chatishtirish natijasida hosil bo‘lgan no‘xatning fenotipini aniqlang:

а) AaBbCc aabbcc
б) АаВbСС ааВВСс;










7- laboratoriya mashg‘uloti.




G‘o‘za, pomidor, nomozshomgulning chatishtirish natijasini gerbariy asosida o‘rganish


Ishning maqsadi: o‘quvchilarga irsiylanishga oid bilimlarni gerbariylar asosida mustahkamlash.


Kerakli jihozlar: g‘o‘za, pomidor, nomozshomgulning har xil navlaridan tayyorlangan gerbariylar, g‘o‘zaning oq, qo‘ng‘ir, mallarang, novvotrang tolalari, pomidorning turli shakl va rangdagi mevalari.

Ishning borishi: o‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadi. har bir guruh alohida o‘simliklar ustida ishlab, ish natijalarini e’lon qilib, himoya qiladi.



  1. Pomidor o‘simligining har xil navlari gerbariylarini o‘rganib chiqing. Dominant, retsessiv belgilarini aniqlang, poya, barg, meva shakllarini o‘rganib chiqing va taqqoslang.

  2. G‘o‘za o‘simligini har xil navlaridan tayyorlangan gerbariylarni o‘rganib chiqing. Dominant, retsessiv, oraliq belgilarini aniqlang. Тola ranglarini turlicha bo‘lish sababini o‘rganing.

  3. Nomozshomgul o‘simligini qizil, oq, pushti gulli navlarini gerbariylar asosida o‘rganing. Poya, barg, gul tuzilishini taqqoslang.

Ish natijalari asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring.


Xulosa










  1. amaliy mashg‘ulot.




Noallel genlarning o‘zaro ta’siriga doir masalalar yechish





  1. Tovuqning yong‘oqsimon tojli formalari oddiy tojli xo‘roz bilan chatishtirilganda quyidagicha natija olingan:

а) tovuq, xo‘rozlarning 50 % yong‘oqsimon, 50 % gulsimon tojli;
b) hamma tovuq va xo‘rozlar yong‘oqsimon tojli; d) tovuq va xo‘rozlarning 50 % yong‘oqsimon, 50 % no‘xatsimon tojli; e) tovuq va xo‘rozlarning 25 % gulsimon, 25 % no‘xatsimon, 25 % yong‘oqsimon, 25 % oddiy tojli bo‘lgan. Chatishtirishda qatnashgan tovuq va xo‘rozlar va F1 durgaylarning genotipini aniqlang.











  1. Xushbo‘y no‘xat o‘simligi gultojibarglarining qizil bo‘lishi ikki

allel bo‘lmagan dominant gen ta’sirida ro‘y beradi. Digeterozigota qizil gulli xushbo‘y no‘xat ikkita allel bo‘lmagan gen bo‘yicha gomozigota bo‘lgan oq gulli retsessiv xushbo‘y no‘xat bilan chatishtirilgan.
hosil bo‘lgan F1 ning genotipi va fenotipini aniqlang.











  1. Tovuqlar patining rangli bo‘lishi С geniga bog‘liq. Bu genning retsessivi с esa rang hosil qilmaydi. Boshqa xromosomada joylashgan I gen С gen ustidan dominantlik qilgani sababli pat oq rangli

bo‘ladi. i geni esa С geniga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Quyidagicha genotipli tovuq va xo‘rozlar chatishtirilsa, F1 da tovuqlarning pati qanday rangda bo‘ladi?
IiCc Х iicc; IICC X IiСс,









  1. G‘o‘zaning malla va yashil tolali liniyalari chatishtirildi. F1 da

malla tolali duragaylar yetishdi. F1 duragay o‘z-o‘zidan changlanganda F2 dа asosan malla, qisman yashil tola va juda oz miqdorda oq tolali
o‘simliklar hosil bo‘lgan. Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin?









  1. Makkajo‘xorining so‘tasi 20 va 8 cm uzunlikda bo‘lgan ikkita

navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so‘tani 5 cm, retsessiv gen 2 cm uzunligini namoyon etsa, u holda: a) F1 da so‘taning uzunligi qancha bo‘ladi? b) 3 ta dominant genli formalar F2 dagi 960 ta
o‘simlikdan necha qismini tashkil etadi?













Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə