Labaratoriya



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#161409
1   2   3
9-sinf.Labaratoriya,Amaliy,NAZORAT ISHI

Nazorat ishi o’tkazilgan sana

Nazorat ishi-7.


    1. Odamda qo‘yko‘zlik dominant,ko‘kko‘zlik retsessiv belgi.Nikohlangan yigit va qizning biri gomozigota qo‘yko‘z,ikkinchisi ko‘kko‘z bo‘lsa ularning

farzandlarining ko‘zi qanday rangda bo‘ladi?

      1. Barcha farzandlar qo‘yko‘z.

      2. Barcha farzandlar ko‘kko‘z.

  1. 3:1 nisbatda qo‘yko‘z va ko‘kko‘z.

  2. 50% qo‘yko‘z va 50% ko‘kko‘z.

    1. Organizmning barcha genlari yig‘indisi nima deb ataladi?

      1. Fenotip. B. Genotip. D. Kariotip. E. Allel genlar. 3.Mendelning birinchi qonuni qanday ataladi?

  1. Dominatlik qonuni. B. Bir xillik qonuni.

D. Ajralish qonuni. E. A va B javoblar to‘g‘ri.

  1. Monoduragay chatishtirishda F2 da fenotip bo‘yicha nisbat qanday bo‘ladi?

    1. 1:1. B. 1:2:1. D. 9:3:3:1. E. 3:1.

  2. Embrional divergensiya nima?

    1. Embrional rivojlanish jarayonida belgilarning hosil bo‘lishi.

    2. Embrional rivojlanish jarayonida belgilarning ajralishi.

  1. Postembrional rivojlanish jarayonida belgilarning ozgarishi. .

  2. O‘sish ,rivojlanish.

  1. Odamlarda sochning jingalak bo‘lishi (J), tekis bo‘lishi (j) geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotalilarning sochi to‘lqinsimon bo‘ladi. Sochlari to‘lqinsimon bo‘lgan ayol jingalak sochli yigitga turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotipi va genotipini aniqlang.

  1. 100% to‘lqinsimon; Jj

  2. 75% jingalak va 25% silliq; JJ, Jj,jj

  1. 25% jingalak, 50% to‘lqiiisimon va 25% silliq,JJ, Jj, jj

  2. 50% jingalak va 50% to‘lqinsimon; J J, Jj

  1. Diduragay chatishtirishda fenotip va genotip bo‘yicha qanday nisbatda ajralish kuzatiladi?

    1. 9:3:3:1; 9:6:1; 9:7 va 1:2:2:4:1:2:1:2:1.

    2. 9:3:3:1; 3:1; va 13:1; 12:3:1.

  1. 9:3:3:1 va 1:2:2:4:1:2:1:2:1.

  2. 13:3; 12:3:1 va 1:2:2:4:1:2:1:2:1

  1. No‘xot o‘simligining qaysi belgisi retsessiv holda irsiylanadi?

    1. Gul rangining qizil bo‘Iishi. B. Don shaklining silliq bo‘lishi.

D. Poyasining uzun bo‘lishi. E. Dukkagining bo‘g'imliligi.

  1. Drozofila meva pashshasida normal qanot dominant,egilgan qanot retsessiv gen ta’sirida rivojlanadi.Naslda 3:1 nisbat olish uchun qanday genotipdagi

pashshalarni o‘zaro chatishtirish kerak?

    1. AA x aa. B. Aa x Aa. D. Aa x aa. E. AA x AA.

  1. Fеnotip nima?

    1. Organizmning xromosomalar yig‘indisi.

    2. Organizmlarning tashqi va ichki bеlgi-xossalarini yig‘indisi.

  1. Organizmning gеnlar yig‘indisi.

  2. Duragay organizmlar yig‘indisi.

  1. Gamеtalarning sofligi gipotezasining mohiyati nima?

    1. Bir bеlgi ikkinchi bеlgi ustidan dominantlik qiladi.

    2. Organizm gеnotipi bir xil allеldan tashkil topadi.

  1. Organizm gomozigotali bo‘ladi.

  2. Gamеtalarda ikkita allеldan bittasi bo‘ladi.

  1. Mеndеlning ikkinchi qonunini toping?

    1. Bеlgilarning ajralib kеtish qonuni.

    2. Dominantlik qonuni.

  1. Gamеtalarning sofligi qonuni.

  2. Bеlgilarning mustaqil holda irsiylanish qonuni.

  1. Digеtеrozigota organizmning gеnotipi qanday yoziladi?

    1. Aabb. B. AABb. D. AaBb. E. aaBB.

  2. Diduragay chatishtirishda Mеndеlning qaysi qonuni namoyon bo‘ladi?

    1. Bеlgilarning ajralib kеtish qonuni.

    2. Dominantlik qilish qonuni.

  1. Gamеtalarning sofligi qonuni.

  2. Bеlgilarning mustaqil holda irsiylanishi qonuni.

  1. Diduragay chatishtirishda fеnotip bo‘yicha qanday nisbatlarda ajralish kuzatiladi?

    1. 3:1, B. 9:3:3:1, D. 1:2:2:4:1:2:1:2:1 E. 9:6:1

  1. Digеtеrozigotali duragay qanday gamеtalarni hosil qiladi?

    1. A, a, B, b B. AB, ab D. AA, BB, aa, bb E. AB,Ab, aB, ab

  2. Diduragay chatishtirishda gеnotip bo‘yicha qanday nisbatlarda ajralish kuzatiladi?

    1. 3:1, B. 9:3:3:1, D. 1:2:2:4:1:2:1:2:1 E. 9:6:1




Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Javob














































Tekshirish














































To‘g‘ri javob: Ball: O‘qituvchining imzosi: Sana


  1. amaliy mashg‘ulot.




Birikkan holda irsiylanish va jins bilan bog‘liq holda irsiylanishga doir masalalar yechish





      1. Pomidor o‘simligida shoxlarining uzunligi bilan mevasining shaklini ifodalovchi genlar birikkan bo‘lib, bir xromosomada joylashgan. Seleksioner uzun poyali (h) va yumaloq mevali (R) gomozigota pomidor bilan kalta poyali (h) va noksimon mevali (r) pomidorni chatishtirib, F 1 da 110 ta, F2 da 1200 ta o‘simlik yetishtirgan:

        1. F2 da uzun poyali va yumaloq mevasi qancha?

        2. F1 da necha xil gameta hosil bo‘ladi?

  1. F2 da necha xil genotipik sinf yuzaga keladi?

  2. F2 da necha o‘simlik kalta poyali noksimon mevali bo‘ladi?












      1. Xitoy primulasi gulining ustunchasi va og‘izcha rangini belgilovchi genlar bitta xromosomada joylashgan. Gul ustunchasining

kaltaligi (L) dominant, uzunligi (l) retsessiv, ustuncha og‘izchasining yashil rangi (R) qizil rangi (r) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ustunchasi qisqa gomozigota, og‘izchasi qizil bo‘lgan o‘simlik uzun ustunchali yashil og‘izchali o‘simlik bilan chatishtirilib, F1 da 100 ta, F 2 da 990 ta duragay olingan:

        1. F2 da necha xil gameta hosil bo‘ladi?

        2. F2 da nechta o‘simlik kalta ustunchali va yashil og‘izchali?

d) F2 da necha xil genotip hosil bo‘ladi.











      1. Makkajo‘xori donining silliqligi burishganligi ustidan, rangliligi rangsizligi ustidan dominantlik qiladi. Makkajo‘xorining doni silliq va rangli navi, doni burishgan va rangsiz navi bilan chatishtirilib, F1 da 4152 ta doni silliq va rangli, 149 ta doni burishgan va rangli, 152 ta doni silliq va rangsiz, 4163 ta doni burishgan va rangsiz formalar olingan. Genlar orasidagi masofani aniqlang.











Jinsga bog‘liq holda irsiylanishga doir masalalar yechish





  1. Drozofila meva pashshasida ko‘zning qizil rangini ifodalovchi

allel – W, oq rangini ifodalovchi allel – w ustidan dominantlik qiladi. ular jinsiy xromosomalarda joylashgan. Tajribada qizil ko‘zli gomozigota urg‘ochi drozofila oq ko‘zli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. olingan F1 dagi erkak va urg‘ochi formalar o‘zaro chatishtirilib, F2 da 300 ta drozofila olingan:

    1. ulardan nechtasi erkak va nechtasi urg‘ochi;

    2. erkak drozofilalarning qanchasi qizil ko‘zli, qanchasi oq ko‘zli bo‘lgan?












  1. Odamda gemofiliyani keltirib chiqaruvchi h geni X-xromosomada joylashgan. Otasi gemofiliya bilan kasallangan qiz sog‘lom yigitga turmushga chiqqan. ular 8 ta farzand ko‘rishgan: a) farzandlarining

nechtasi sog‘lom? b) qizlarining nechtasi sog‘lom? d) gemofiliya bilan kasallangan o‘g‘il bolalar nechta?









  1. Viandot tovuqlarda chipor patning ba’zilari oltin rangda, ba’zilari kumush rangda tovlanadi. oltin rangli chipor belgi retsessiv, kumush rangli chipor belgi dominant bo‘ladi. kumushrang chipor patli tovuqni oltin rang chipor patli xo‘roz bilan chatishtirib 30 ta jo‘ja olingan:

    1. ulardan nechtasi tovuq?

    2. F1 da necha xil genotip olingan?

  1. jo‘jalarning nechtasi kumushrang chipor patli bo‘ladi?

  2. xo‘rozlarning nechtasi kumushrang chipor patli bo‘ladi?

  3. tovuqlarning nechtasi oltin rang chipor patli bo‘ladi?











8- laboratoriya mashg‘uloti.

Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini o‘rganish


Mavzuning maqsadi: reaksiya me’yori, organizmlarning moslanuvchanlik chegarasi haqidagi o‘quvchilarning bilimini chuqurlashtirish. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlari to‘g‘risida bilimlarni shakllantirish, belgilarning


o‘zgaruvchanligini variatsion qatori, tajriba yo‘li bilan variatsion qator olish va reaksiya me’yorining egri chizig‘ini hosil qilish. Laboratoriya mashg‘ulotining asosiy qoidalarini mustahkamlash. organizm belgilarini tashqi muhit omillari ta’sirida o‘zgarishi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlari. organizmda o‘rtacha belgilarning ko‘p uchrashi sabablarini o‘rganish.

Jihozlar (har bir stolga): biologik obyektlar yig‘indisi: loviya urug‘i, dukkak, bug‘doy boshoqlari, olma barglari, akatsiya barglari va boshqalar. har biri 100 donadan kam bo‘lmasligi kerak.


Uslubiy tavsiyalar: O‘qituvchi modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlari, namoyish qilinayotgan obyektlar haqida qisqacha ma’lumot beradi.


Mashg‘ulotning borishi.


  1. Laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazishning maqsadi, vazifasi, olinadigan xulosalar haqida ko‘rsatmalar berish.

  2. Mashg‘ulotni o‘tkazish.

  3. Laboratoriya mashg‘ulotining yakuni haqida umumlashtiruvchi suhbat.



Instruktiv kartochka:


    1. bitta o‘simlik bargi, urug‘i, dukkagi va boshoqlarining uzunligiga qarab ketma-ket terib chiqing;

    2. barg uzunligini o‘lchang, olingan ma’lumotlarni daftaringizga yozing.

d) o‘zgaruvchanlikni grafik jihatdan aks ettiruvchi variatsion egri chiziqni chizing.














Nazorat ishi o’tkazilgan sana

Nazorat ishi-8.


  1. Fenotipik o‘zgaruvchanlikning xususiyatlarini ko‘rsating.

1.Irsiylanish xususiyatiga ega emas. 2.Irsiylanish xususiyatiga ega. 3.O‘zgarishlar guruhli xarakteriga ega.4.O‘zgarish tashqi muhit ta’siriga bog’liq. 5.O‘zgarish tashqi muhit ta’siriga bog’liq emas.6.O‘zgaruvchanlik chegarasi genotip bilan aniqlanadi.
A. 1,2,3,4,6. B.1,3,4,5,6. D.1,3,4,6. E. 1,2,5,6

  1. 21 –juft autosomalar sonining bittaga ortishi natijasida sodir bo‘luvchi irsiy kasallikni ko‘rsating.

    1. Sindaktiliya. B) Shershevskiy- Terner sindromi.

D) Daun sindromi. E) Klaynfilter terner sindromi.

  1. Jinsiy xromosomalarning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘luvchi irsiy kasalliklarni ko‘rsating.

    1. Daun sindromi, klaynfilter sindromi.

    2. Klaynfilter sindromi, Shershevskiy -Terner sindromi.

  1. Polidaktiliya, gemofiliya

  2. Kalta barmoqlilik, sil kasalligiga moyillik.

  1. Qaysi mutatsiya “generativ” deyiladi?

    1. Autosoma xromosomalarda sodir bo‘ladigan.

    2. Somatik hujayralarda sodir bo‘ladigan.

  1. Jinsiy hujayralarda sodir bo‘ladigan.

  2. Jinsiy xromosomalarda sodir bo‘ladigan.

  1. To‘satdan vujudga keladigan va qat’iy ravishda nasldan- naslga o‘tadigan mutatsiyalarni aniqlang.

1. Xushbo‘y no‘xotning kalta poyali navlari. 2. Qat-qat tojibarg hosil qiladigan o‘simliklar. 3. Odamlarda oltita barmoq bo‘lishi. 4. Terida pigmentlarning
bo‘lmasligi. 5. Xo‘rozlarning bo‘yin qismida pat bo‘lmasligi.
A. 1,4,5. B. 3,5. D. 2,4,5. E. 1,2.

  1. Tovuqning nasi qoldirish xususiyati va hayotchanligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan belgini toping.

A.No‘xotsimon tojli bo‘lishi B. Oddiy tojli bo‘lishi
D. Patning silliq bo‘lishi E. Patning jingalak bo‘lishi

  1. Klaynfelter sindromida jinsiy xromosomalar holatini belgilang.

A. XO, XXY. B. XXX , XXXY. D. ХУУ, XY. E. XXY,

  1. Odam hujayrasidagi xromosoma soni va tuzilishini o‘rganishda qaysi hujayradan foydalaniladi va ularni necha gradusli muhitda o‘stiriladi?

A. Leykotsitlardan, 37°. B. Eritrotsitlardan, 360 .
D. Epiteliy hujayrasidan, 370 . E. Trombotsitjardan, 250 .

  1. Retsessiv holda irsiylanuvchi kasallikni belgilang.

A. Gemofiliya. B. Polidaktliya. D. Mikrotsefaliya. E. Braxidaktiliya.

  1. Xromosoma kasalligini aniqlang.

A. Polidaktliya. B. Gemofiliya. D. Daun sindromi. E. Daltonizm.

  1. Himolay quyonlarini 30°G li muhitda boqilsa, uning juni qanday rangda bo‘ladi?

  1. Hamma juni qora rangda

  2. Hamma juni oq rangda

  1. Hulog'i, oyoqlari, dumi - oq rangda, tanasi -qora rangda

  2. Qulog'i, oyoqlari, dumi - qora raogda, tanasi oq rangda

  1. Suv yong'og'ida suv osti (1) va suv usti (2) barglarining shakli qanday bo‘lishini toping,

a) ingichka lansetsimon; b) patsimon qirqilgan; c) voronkasimon; d) yaxlit
A) l-b,2-d. B) l-a,2-c. C) 1-d, 2-b. D) 1-b, 2-a.

  1. Odamlarda uchraydigan gen kasalliklarini aniqlang.

1. Gemofiliya. 2. Daltonizm. 3. Polidaktliya. 4. Braxidaktiliya. 5. Daun sindromi. 6. Klaynfelter sindromi. 7. Shershevskiy -Terner sindromi.
A. 1,2,3,4. B. 5,6,7. D. 1,3,5,7. E. 2,4,6.

  1. Odamlarda uchraydigan xromosoma kasalliklarini aniqlang.

1. Gemofiliya. 2. Daltonizm. 3. Polidaktliya. 4. Braxidaktiliya.
5. Daun sindromi. 6. Klaynfelter sindromi. 7. Shershevskiy -Terner sindromi.
A. 1,2,3,4. B. 5,6,7. D. 1,3,5,7. E. 2,4,6.

  1. Odamdagi dominant belgilarni aniqlang.

1. Jingalak soch. 2. To‘g‘ri soch. 3. Qo‘y ko‘z. 4. Sepkillar. 5. Malla soch. 6. Polidaktiliya. 7. Ko‘k ko‘z.
A. 1,2,5,6. B. 2,3,4,7. D. 1,3,4,5. E. 1,3,4,6.



Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Javob














































Tekshirish
















































To‘g‘ri javob: Ball: O‘qituvchining imzosi: Sana
Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə