Laboratoriya ishi №1 radiorele aloqa liniyasining antenna-fider trakti elementlarini o‘rganish ishdan maqsad



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə17/27
tarix30.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#166186
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Saks= 20lg(Uaks / Ux), dB (3.3)

Bunda, Ux - QQning haqiqiy sezgirlik kuchlanishi.


O‘lchashni eng yuqori chastotada - 73MGs da olib borish kerak.

Ilova.



Nazariy qism
SUPERGETERODINLI QABUL QILGICHLARNI TO‘G‘RI KUCHAYTIRISH QABUL QILGICHLARI BILAN TAQQOSLASH

3.1-rasmda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirgichli qabul qilgichning (QQ) soddalashtirilgan sxemasi va 3.2-rasmda supergeterodinli QQning sxemasi keltirilgan. Ularning tuzilishi to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar (1.4) da berilgan.


To‘g‘ri kuchaytirgichli QQning asosiy xususiyatlaridan biri uning, soddaligi va qo‘shimcha qabul kanalarining yo‘qligi. Ammo ular bir qancha kamchiliklarga ega:
Signal chastotasining o‘zgarishi tanlab qabul qilish xususiyatiga tasiri;
Chastota oshishi bilan kuchaytirgich lampa va tranzistorlar parametrlari yomonlashuvi natijasida kuchaytirish koeffitsentining pasayishi;
QQning qabul qilish chastotasida katta kuchaytirish koefffitsenti tufayli, o‘z-o‘zidan uyg‘onish;
Bir vaqtning o‘zida boshqarilishi ko‘p bo‘lgan elementlar.
Keltirilgan kamchiliklar supergeterodinli QQlarda yo‘qligi tufayli ular amaliyotda keng qo‘llaniladi.
Supergeterodinli QQlar to‘g‘ri kuchaytirgichli QQlarga nisbatan quydagi avzaliklarga ega(1):
1.Oraliq chastotaning doimiyligi OChK da sozlashni talab qiladigan induktiv g‘altaklari va kondensatorlarni kamaytirish imkoniyatini beradi, o‘z navbatida sxemani sodalashtirib uning barqarorligini oshiradi. Undan tashqari polosa filtrlarning belgilangan chastotaga sozlanish tufayli OChK o‘zgarmas AChX va kuchaytirish koeffitsentiga ega.
Signallarni kuchaytirish asosan OChKda bo‘lganligi va uning signalni o‘tkazish polosasi kirish kaskadlari polosasidan tor bo‘lganligi sababli umumiy AChX va QQning kirish qismidan to detektorgacha kuchaytirish koeffitsenti chastota o‘zgarishiga deyarli bog‘liq emas.
2. Supergeterodinli QQlarda optimal tor o‘tkazish polosasi olish, qo‘shni kanalardan yuqori talab olish xususiyatini oshiradi. Bu yuqori sifatli kontur uchun K = fo / P fo - konturning rezonans chastotasi, P - o‘tkazish polosasi) oraliq chastotaga nisbatan pastligi, kerakli top polosa olish mumkin.


Poch = foch /QK (3.4)

To‘g‘ri kuchaytirgichli QQlarda tor polosa olish konturlar soni va sifatini oshirish bilan bog‘liq.





3.1-rasm To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirgichli radioqabul qilgichning strukturaviy sxemasi


3. To‘g‘ri kuchaytirgichli QQlarda qabul qilishning yomonlashishi yoki o‘z - o‘zidan uyg‘onishi sababi radiosignallarni kirish va chiqish traktidagi parazit bog‘lanishidir.
Bu xususiyat oraliq chastotasi pastroq signallarda kuchsizroq bo‘ladi.
Supergeterodin QQlarni kamchiligi ularda parazit kanalarning mavjudligi va qabul antenalarning parazit nurlanishidir.
To‘g‘ri kuchaytirgichli QQlar nisbatan sodda va arzon bo‘lib, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarga ega. Shuning uchun hozirda deyarli hamma QQlar supergeterodin QQstrukturasida loyixalanadi.
Oraliq chastota ffoch quyidagicha tanlab olinadi.
1. U odatda kirish radiosignali chastotasidan fkir past bo‘lishi shart, ya’ni foch << fkir
2. Boshka tamondan u yukori modulyatsiya chastotasidan katta, ya’ni foch >>Fyu.
3.Oraliq chastota QQning o‘tkazish polosasidan kamida 2 marta katta bo‘lishi kerak. ChM signalli QQning o‘tkazish polasasi Karson formulasi bilan aniqlanadi


P = 2Fyu + 2 Δfchiq (3.5)
Δfchiq - chastota o‘zgarishining absalyut qiymati.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə