Laboratoriya ishi №1 radiorele aloqa liniyasining antenna-fider trakti elementlarini o‘rganish ishdan maqsad



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə18/27
tarix30.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#166186
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
RADIOQABUL QILGICHLARNING ASOSIY
XARAKTERISTIKALARI


Qabul qilgichning haqiqiy sezgirligi.
QQning sezgirligi deb past signallarni qabul qilish qobilyatiga aytiladi va uning kattaligi “xaqiqiy sezgirligi” bilan baholanadi.
QQning haqiqiy sezgirligi uning chiqishida 50mVt quvvat kirish qismidagi eng kichik radisignal sathi bilan hosil qilinib, QQ chiqishida signal shovqin nisbati 26 dB yoki Us.ef/Ush.ef =20 db. Bu ko‘rsatkich qanchalik kichik bo‘lsa QQning xaqiqiy sezgirligi shunchalik kattadir, uni oshirish uchun kirish qismidagi kaskadlarni shovqinsiz elementlardan terish, sovitish va boshqa taraddudlar ko‘rish zarur. Haqiqiy sezgirlikning o‘lchov birligi mikrovoltda bo‘ladi.


Qabul qilgichning shovqin koeffitsenti.
Bu koeffitsentini aniqlashda ideal shovqinsiz QQ iborasidan foydalanamiz. Bunday QQlarda ichki shovqin mutlaqo bo‘lmaydi faqat ularda tashqi muhitdan shovqin tasir qiladi deb hisoblanadi.
Har qanday QQlardagi shovqinlar ichki va tashqi shovqinlarga ajratiladi.
Demodulyator oldidagi ichki shovqin quvvatining Psh QQ tashqi shovqin quvvatiga Pshl nisbati qanchalik kichik bo‘lsa,ideal QQga yaqinlashadi.
Shovqin koeffitsenti deb haqiqiy QQ shovqini quvvatining Pshx ideal QQ shovqin quvvati Psh nisbatiga aytiladi. QQ kirish qismi kelishtirilgan qarshilikka ulangan bo‘lishi kerak.
Sh=Pshx /Pshab=(Psha + Pshpr ) / Psha =1+Pshpr /Psha (3.6)


Pshx=Psha+Pshpr Pshpd=Psha
(1) dan


Pshpr=Psha(Sh-1)


Pshx=Psh+Pshpr=Psha Sh (3.7)
Amaliyotda QQ tashqi va ichki shovqinlar quvvatlarining kirish qismiga keltirilgan qiymatidan foydalaniladi.


Pkir.shx=Pkir.sha+Pkir.sh.pr (3.8)

Ma’lumki




Pkir.sha=kTTsh (3.9)


Pkir.shx=Pkir.prSh=kTTshSh (3.10)

(2.5) formulaning belgilari 4.2 qisimda berilgan.


Shovqin koeffitsientini o‘lchashning bir qancha uslublari mavjud.
Ushbu ishda keltirilgan shovqin koeffitsientini formula yordamida aniqlanadi.


Sh = Pkir.shx/kTTsh (3.11)

Qabul qilgichning shovqin polosasi aniq deb hisoblanadi T= 300K Psh.kir maxsus o‘lchagich asboblar talab qilmay quydagicha o‘lchanadi. Avval oraliq chastota trakti kirish qismida signal bo‘lmaganda uning chiqish qismdagi shovqin kuchlanishi sathi o‘lchanadi.


Keyin QQning kirish qismiga qabul trakti nuqtasidagi effektiv shovqin satxidan shovqin va signal yig‘indisi 2 marta ko‘p garmonik signal beriladi. Mos ravishda signal va shovqin quvvatidan 2 marta ko‘p bo‘ladi. Signal va shovqin quvvatlari yig‘indilari bir-birlariga bog‘liq bo‘lmagan hollarda signal quvvati demodulyator kirish qismida shovqin quvvatiga tengdir.
Shuningdek QQning kirish qismida signal quvvati Pkir QQning kirish qismiga keltirilgan ichki va tashqi shovqinlar yig‘indisiga Pkir sh x teng.


Pkir.s=Us2/Pkir=Pkir.sh.x (3.12)
(3.6)formulani (3.7) joylab Sh ni topamiz (3.2ga qaralsin)


Qabul qilichning to‘lqinlarni tanlab qabul qilishi
Tanlab qabul qilish deb QQ antennasi qabul qilayotgan ko‘p radiosignallardan foydali signalni ajratib boshqa keraksiz kanallardan kelayotgan signallar mikdorini kamaytirish xususiyatiga aytiladi.
Keraksiz qabul kanali deb, foydali radiosignal polosasidan farqli jihati polasada paydo bo‘lishi, qabul qilayotgan signalning buzilishiga yoki signal yo‘qligida QQning chiqishidagi kuchlanish sathining o‘zgarishiga olib keladi.
Keraksiz kanallarning asosiy ko‘rinishlari quyidagicha:
Qo‘shni kanal - keraksiz qabul kanali bo‘lib, foydali qabul radio signalning asosiy chastotasidan eng kam buzilgan chastota fc qiymatiga ega:
Ko‘zguli kanal - keraksiz qabul kanali bo‘lib, signal chastotasi QQning foydali signal oraliq chastotasidan ikki barobar ko‘p ( rasm 3a).
Supergeterodinli QQda oraliq chastotali signal qabul qilinayotgan fc chastotali radiosignal va fa chastota bilan tebranayotgan geterodin to‘lqinlarning o‘zaro tasiri natijasiga hosil bo‘ladi.


foch= ׀fc- fg׀ (3.13)

Geterodin chastotasiga simmetrik chastota - aks chastota deb aytiladi.




׀fkch- fg׀ =foch ׀fkch –fs׀ = 2 foch (3.14)

Agar QQ kirish qismiga o‘rtacha fkk chastota bilan signal kirayotgan bo‘lsa, u kirish zanjirining tanlash xususiyati (rasm 3a, b) natijasida biroz susayadi va chastota o‘zgarishsiz keladi ( rasm 2 qaralsin ).


Geterodin tebranishi bilan oralik chastotali halakit beruvchi tebranish hosil bo‘ladi, chunki


׀fkk-fg׀ = foch (3.15)

Bu halaqit beruvchi tebranishni aks kanal bo‘yicha to‘siq deb ataladi va u oraliq chastota traktida foydali signal bilan qo‘shiladi. Aks kanal to‘sig‘ini kaskadlarning AChX qiyaligini oshirish yoki oraliq chastotani oshirish bilan kamaytirish mumkin.


Aks kanalni ba’zan qo‘shimcha qabul kanali keraksiz qabul kanali deb aytiladi.
Qo‘shimcha kanallar chastotasi quydagicha aniqlanadi.


m fqq+nfg=foch (3.16)

Bu formulada, m,n - musbat va manfiy sonlar; fkk- qo‘shimcha qabul kanali chastotasi; fg - geteradin chastotasi; foch- oraliq chastota.


Masalan, geterodin chastotasi QQ sozlangan chastotadan yuqori bo‘lsa, ko‘zguli kanal uchun m =1 , n=1
Fqq - fg = foch (3.17)

Supergeterodinli QQlarda bundan tashqari bir qancha keraksiz qabul kanallari mavjud.


Keraksiz qo‘shimcha qabul kanallarning mavjudligi supergeterodinli QQlarning asosiy kamchiligidir.
Qo‘shni kanal to‘g‘ri kuchaytirgichli QQlarda ham mavjud 1.3-rasmda qo‘shni kanal chastotasi fkk, belgilangan. Yuqori chastotalarda traktning optimal amplituda chastota xarakteristikasini olish ancha murakkab. Shuning uchun qo‘shni kanal orqali halaqit berayotgan radiosignalni yuqori chastotali traktda pasaytirish qiyin. Bu masala oraliq chastota traktida AChX ni optimal ko‘rinishga yaqinroq olish mumkin.
Shunday qilib aks kanal bo‘yicha tanlash QQning yuqori chastota traktida, qo‘shni kanal bo‘yicha tanlash oraliq chastota traktida amalga oshiriladi.
QQning signal eshitirish ishonchlariga egri chizig‘i.



g




ChM QQning eshittirish ishonchliligi QQ kirishida ChM signal amplitudasi va chastota og‘ish doimiyligida chiqish kuchlanish amplitudasini modulyatsiya chastotasiga bog‘likligiga aytiladi.


QQning past chastotali trakti egri chizig‘i AChX ning tekisligidir. Ideal ChM QQning ishonchliligi gorizantal to‘g‘ri chiziqdir.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə