Laboratoriya ishi №1 radiorele aloqa liniyasining antenna-fider trakti elementlarini o‘rganish ishdan maqsad


Chastota bo‘yicha modulyatsiyalangan signallarning xususiyatlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə21/27
tarix30.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#166186
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
4.1Chastota bo‘yicha modulyatsiyalangan signallarning xususiyatlari

Chastota bo‘yicha modulyatsiyalashgan tebranish deb, doimiy (o‘zgarmas) amplitudali, chastotasi modulyatsiyalovchi kuchlanishning o‘zgarish qonuni bilan tebranadigan signanallarga aytiladi. Chastotasi modulyatsiyalangan tebranishni vaqt diagrammasi 4.1-rasmda ko‘rsatilgan.





4.1-rasm
Past chastotali tebranish U (rasm 4.1a) generatordan chiqayoggan yuqori chastotali Uω (rasm 1b) tebranishga ta’sir qiladi. Natijada yuqori chastotali signal vaqt bo‘yicha past chastotali signal o‘zgarish qonuni bilan amplitudasi doimiy qolgan-holda tebranadi (rasm 3.1v). Modulyatsiyalanuvchi yuqori chastotali tebranishlarning chastotasi musbat yarim davrda oshadi va manfiy yarim davrda kamayadi. 4.1g-rasmda modulyatsiyalanmagan va modulyatsiyalangan tebranishlar chastotalarining ∆f absolyut farqi ko‘rsatilgan. Bu farqi chastota og‘ishi deyiladi.
Turli xil indeksli modulyatsiyalangan ChM signali spektri 4.2-rasmda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki chastota og‘ishi signal amplitudasi o‘zgarishiga proporsial va uning kattaligiga bog‘liq.



4.2-rasm
Chastotasi modulyatsiyalangan signal spektrining haqiqiy kenglik nazariy jihatdan cheksiz keng bo‘lib, odatda spektrning kengligi aloqa tizimi turiga va sifat ko‘rsatkichiga bog‘liq. Agarda spektr tarkibidagi signal amplitudasi modulyatsiyalangan o‘rtacha f0 signal amplitudasidan 0,01 dan kam bo‘lmagan, holda garmonik modulyatsiyalangan signal spektrining kengligi quyidagicha aniqlanadi.
∆fo.chm = 2 Fmax(1+ψm- ) (4.1)
Bu yerda modulyatsiya indeksi maksimal og‘ish chastotasining maksimal modulsiyalovchi signal chastotasiga nisbati.
Demak modulyatsiya indeksi qanchalik katta bo‘lsa qabul qilgichning signallarni qabul qilish polosasi shunchalik keng bo‘ladi.
Kichik modulyatsiya indeksi holatida chastota bo‘yicha modulyatsiyalangan signal spektrining kengligi modulyatsiyalovchi signal eng katta chastotasi qiymatidan 2 barobar ko‘p qiymat bilan aniqlanadi.

Agarda bo‘lsa, signal spektrning kengligi og‘ish chastotasining ikki barobar ortiq qiymatida yakinlanadi.
Shunday qilib qabul qilgichning o‘tkazish polosasi modulyatsiya indeksi bilan quyidagicha bog‘liqlikga ega.
(4.2)
ChM signallari quyidagi sabablarga ko‘ra qo‘shimcha keraksiz amplituda modulyatsiyasi bilan uzatiladi:
- modulyatorning takomillashmaganligi;
- qabul nuqtasida signal strukturasining ko‘pnurliligi;
- qabul qilgichning kirish qismida shovqinlarning paydo bo‘lishi.
Bundan tashqari chastotasi modulyatsiyalangan signalni
qabul qilgichdan o‘tishida uning chastota xarakteristikasi notekisligi tufayli qo‘shimcha keraksiz amplituda modulyatsiyaga ega bo‘ladi. Agar ChM signal chastota xarakteristikasi 1.3-rasmda ko‘rsatilgan trakdan o‘tsa, unda signal chiqishida amplituda bo‘yicha ham modulyatsiyalangan bo‘ladi.
Chegaralagich kirish qismidagi yuqori chastotali tebranishning amplituda o‘zgarishi 4.3 rasmda ko‘rsatilgan.



4.3-rasm
RRL da qo‘shimcha keraksiz AM radiouzatish qurilma traktida ham sodir bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun qabul qilgichning kirishida signalda qo‘shimcha keraksiz AM sodir bo‘ladi. AM ni yo‘qotish uchun chastota detektori oldidan chegaralagichlar qo‘yiladi va ular qo‘shimcha keraksiz AM kelib chiqish sabablari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar uni pasaytiradi.
Agarda chegaralagich qo‘shimcha keraksiz AM ni butunlay pasaytirmasa chastota detektori chiqishi chik teng bo‘ladi:
(4.3)
bu yerda, qayta o‘zgartirish chastota detektori xarakteristikasining ko‘tarilish tikligi;
- kirishda signal amplitudasining oniy qiymati.
Shunday qilib ChM qabul qilgichlarining AM qabul qilgichidan bir qancha afzalliklari bor, bular: o‘tkazish polosasining kengligi, maxsus signal amplitudasining chegaralagichi va chastota detektori.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə