Laboratoriya mashg’uloti №-11 Mavzu: Biologiyadan yaratilgan elektron darsliklarni o’rganish va biologiya darslarida foydalanish bo’yicha dars ishlanmalarnini loyihalash. Ishdan madsad



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə3/3
tarix13.06.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#116874
1   2   3
11-Lab.Biol.dars.elekt.dars (4)

Dars ishlanma:
O‘quv fanining nomi: Biologiya
Dars mavzusi: Odamdagi irsiy kasalliklar.
Darsning ta’limiy maqsadi. O‘quvchilarni odamlarda uchraydigan irsiy
kasalliklar bilan tanishtirish. Odamda uchraydigan gen va xromosoma kasalliklari bo‘yicha tushuncha berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini
kengaytirish, o‘quvchilarga tibbiy-genetik maslahat berish, kasbga yo‘llash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. Daun sindromi, Klaynfelter sindromi,
Shersheviskiy-Terner sindromi haqida ma’lumot berish va o‘quvchilarning irsiyat va o‘zgaruvchanlik haqidagi tasavvurlarini yanada rivojlantirish hamda o‘zlari mustaqil ravishda qo‘shimcha adabiyotlar va darslik ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.
Darsni jihozlash. Darslik, turli xildagi mavzuga tegishli rasmlar, doska,
monitor, slayd.
Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars.
Darsda foydalanilgan texnologiya: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi.
Darsda qo‘llanilgan metodlar: “Savollar yomg‘iri” metodi, “Raqamlar
so‘zlaganda”, “Rasmlar so‘zlaganda” metodlari.
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Fenilketonuriya, albinizm,
daltonizm, gemofiliya, Daun sindromi. Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi.
Odamdagi irsiy kasalliklar” mavzusidagi hamkorlikda o‘qitish
texnologiyasidan foydalanilgan darsning texnologik xaritasi.

TEXNOLOGIK
BOSQICHLAR

O‘QITUVCHINING
FAOLIYATI

O‘QUVCHINING
FAOLIYATI



I. Tashkiliy qism
(4 daqiqa)

Salomlashadi, o‘quvchilarning
darsga tayyorligini, davomatni
aniqlaydi, o‘quvchilar diqqati
va e’tiborini darsga to‘la jalb
etadi, darsda amal qiladigan
qoidalarni eslatadi, o‘quvchi
larda darsga qiziqish uyg‘otish,
faollashtirish, o‘quvchilarni
dars mavzusi, maqsadi, borishi
bilan tanishtiradi.

Dars mavzusi, maqsadi,
borishi va unda
bajariladigan topshiriq
larni anglaydi. Topshiriq
larning didaktik maqsadi,
bajariladigan o‘quv
topshiriqlari yuzasidan
ko‘rsatmalarni anglaydi.

II. O‘tgan mavzu
bo‘yicha
o‘quvchilarning
bilimi nazorati
(12 daqiqa)

O‘tgan mavzu yuzasidan
og‘zaki ravishda o‘quvchi
lardan so‘raladi va “Savollar
yomg‘iri” metodidan foyda
langan holda savol-javob
qilinadi.

O‘quvchilar o‘qituvchi
tomonidan berilgan
topshiriqlarni bajaradi.

III. Bosqich. Yangi
mavzuni o‘rganish
(15 daqiqa)

Yangi mavzu reja asosida
slaydlar yordamida bayon
etiladi.

O‘quvchilar slaydlar
yordamida mavzuni
tushunib olishga harakat
qilishadi.

IV. Yangi mavzuni
qayta ishlash
(10 daqiqa)

O‘quvchilarning o‘zlashtirgan
bilimlarini nazorat qilish va
baholash maqsadida topshiriq
lar beradi. O‘quvchilarni teng
sonli 2 ta guruhga ajratiladi.
Guruhlarning birinchisiga
“Biolog tadqiqotchilar”,
ikkinchisiga “Shifokorlar”,
nomlari beriladi. Har bir

Egallagan bilimlarini
nazorat qilish va o‘z
o‘zini baholash maqsadida
topshiriqlarni bajaradi.
Har bir guruh o‘quvchilari
o‘zlariga berilgan
topshiriqlar bo‘yicha
tayyorlanib, tushuntirib
beradi.



guruhning javoblarini ting
laydi.

Mustaqil ishlarda ishtirok
etadi.




V. Darsni
yakunlash
(4 daqiqa)

Erishilgan natijani tahlil qiladi,
darsga yakun yasaydi. Uyga
vazifa beradi.

O‘z o‘quv faoliyati va
erishgan natijasini tahlil
qiladi va baholaydi.
Mustaqil va ijodiy ish
topshiriqlarini oladi.

O‘tgan mavzular yuzasidan o‘quvchilarning bilimini aniqlash uchun
“Savollar yomg‘iri” metodidan foydalaniladi. (O‘quvchilar savollarga og‘zaki
javob beradi).
Ta’rifi: O‘qituvchi tomonidan ism-familiyasi aytilgan o‘quvchi chiqadi va har bir o‘quvchi bittadan savol tayyorlaydi va ketma-ketlikda savollarini berishadi. Savollarga qo‘yiladigan talab: aniq va qisqa, o‘tilgan mavzu yuzasidan bo‘lishi lozim.
Foydalanish doiralari: Uy ishini tekshirish vaqtida foydalanish mumkin.
Afzalliklari: Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish
ko‘nikmasini ishlab chiqadi, barcha o‘quvchilarni faollashtiradi, o‘quvchilar bergan savollarni eslab qolishga harakat qilishadi, o‘qituvchiga o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi. Qiyinchiliklari: Sinfdagi darsga tayyor bo‘lmagan o‘quvchilarda savollar topishida qiyinchilik tug‘ilishi va ko‘proq vaqt sarflanishi mumkin. Savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Odam genetikasini o‘rganishda qo‘llaniladigan usullarga qaysilar kiradi?
2. Genelogik usulning ikkinchi nomi qanday?
3. Insonlardagi jingalak soch dominant belgimi yoki retssesiv?
4. Matematika va musiqaga bo‘lgan qobiliyatlar qaysi metod yordamida
o‘rganiladi?
5. Retssesiv holda nasldan-naslga o‘tadigan kasalliklar qaysilar?
6. Odamlarda egizaklar nechta xil bo‘ladi?
7. Bir xil jinsli va bir-biriga juda o‘xshash egizaklar nechta tuxum hujayradan rivojlanadi?
8. Qaysi usul yordamida xromosoma mutatsiyalarini aniqlash mumkin?
9. Biokimyoviy usulda qanday kasallik sabablari o‘rganilgan?
10.Qandli diabet kasalligi qaysi bez faoliyatining buzilishi oqibatida kelib
chiqadi?
Yangi mavzu bayoni. “Odam genetikasini o‘rganish usullari” mavzusini
takrorlab mustahkamlangandan keyin yangi “Odamdagi irsiy kasalliklar” mavzusi slaydlar yordamida bayon qilib o‘quvchilarga tushuntiriladi.
Genetika tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Odatdan
tashqari o‘zgarishlar va kasalliklar genotipga bog‘liqdir. Odamlar populyatsiyasida 2000 dan ortiq irsiy kasalliklar nasldan-naslga o‘tishi aniqlangan. Odamdagi irsiy kasalliklar va ularning paydo bo‘lish sabablarini hamda davolash usullarini tibbiyot genetikasi o‘rganadi.



Tibbiyot genetikasi irsiy kasalliklarni aniqlash va davolash uchun bir qator
tezkor immunologik, biokimyoviy, sitogenetik va boshqa usullarini ishlab chiqdi. Masalan, fenilketonuriya, raxit, polimiyelit kasalliklarini har xil dori-darmonlar yordamida davolash yo‘llari topildi.

Dominant gen kasalliklari fenotipda aniq yuzaga chiqadi. Odamda ayrim
normal genlarning mutatsion o‘zgarishi natijasida paydo bo‘luvchi irsiy kasalliklar yaxshi o‘rganilgan. Odamning autosomalari (jinsiy bo‘lmagan xromosomalari)da joylashgan genlar mutatsiyasi oqibatida yuzaga keladigan dominant holda nasldan-naslga o‘tadigan irsiy kasalliklar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: sindaktiliya – panjalarning tutashib ketishi(1-rasm), polidaktiliya – qo‘shimcha barmoqlarning hosil bo‘lishi(2-rasm), mikrosefaliya – kalla yuz qismining g‘ayritabiiy katta va bosh qismining esa juda kichik bo‘lishi(3-rasm), bu kasallikka duchor bo‘lgan shaxslar aqliy zaif bo‘ladi. Qayd etilgan gen kasalliklari dominant holatda irsiylanadi. Shuning uchun ularni erta, nisbatan osonlik bilan aniqlash mumkin. Bu esa zarur bo‘lgan davolash tadbirlarini vaqtida boshlash imkoniyatini beradi



Retsessiv gen kasalliklari geterozigota holda fenotipda namoyon bo‘lmay, yashirin holda faoliyatsiz bo‘lib, kasallik rivojlanmaydi. Retsessiv gen genotipda geterozigota holatida yashirincha saqlana borib, uning keyingi avlodlarida gomozigota holatiga kelib, gen kasalligini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Gen kasalliklariga fenilketonuriya, albinizm, gemofiliya, daltonizm kabilarni misol qilish mumkin. Fenilketonuriya yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 10000 tasidan bittasida uchraydi(4-rasm). Agar o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yib, chaqaloq ovqati tarkibidan fenilalanin ajratib tashlanmasa, miya shakllanishi buzilib, mikrosefaliya rivojlanadi, aqliy zaiflik belgilari paydo bo‘ladi. Albinizm kasalligi retsessiv genlarning gomozigota holatga o‘tishi natijasida paydo bo‘ladi(5-rasm). Bu kasallik odamlar orasida 10000 tadan yoki 200000 tadan bittasida uchrashi mumkin. Bu kasallik terida pigmentlar bo‘lmasligi, sochlari oq va ko‘rish qobiliyatida kamchiliklar bo‘lishi, quyosh nuriga juda ta’sirchan bo‘lishi bilan farqlanadi. Gemofiliya(6-rasm) va daltonizm(7-rasm) kasalliklari jinsiy X-xromosomaga birikkan holda nasldannaslga o‘tadigan gen kasalliklaridir.


Odamdagi xromosoma kasalliklari. Tibbiyot genetikasida sitogenetik
metodni samarali qo‘llash natijasida odamda xromosomalar soni hamda ular
tuzilishining o‘zgarishi bilan bog‘liq anchagina irsiy kasalliklar bor ekanligi
aniqlangan. Odam kariotipidagi ayrim juft – gomologik xromosomalar sonining o‘zgarishi (ortishi yoki kamayishi) oqibatida paydo bo‘luvchi odamdagi ba’zi xromosoma kasalliklari bilan tanishib chiqamiz. Autosomalar sonining o‘zgarishi natijasida sodir bo‘luvchi irsiy kasalliklar jinsga bog‘liq bo‘lmagan holda irsiylanadi. Bunga misol tariqasida odamda uchraydigan “Daun sindromi” irsiy kasalligini olish mumkin. Daun sindromida 21-juft gomologik xromosomaning
bittaga oshib ketishi, ya’ni trisomik bo‘lishi kuzatiladi. Buning oqibatida bemorning diploid holatidagi (2n) xromosomalari soni odatdagidek 46 ta emas, balki 47 ta bo‘ladi. “Daun sindromi” kasali ayollarda ham, erkaklarda ham uchraydi(8-rasm). Bu kasallikka uchragan bemorning boshi nisbatan kichik, yuzi keng, ko‘zlari kichik va bir-biriga yaqin joylashgan bo‘ladi. Og‘zi yarim ochiq, aqli zaif bo‘ladi. Ular odatda jinsiy zaif, bepusht bo‘ladi. Bu kasallikka ega farzandlarning tug‘ilishiga sabab, tashqi muhit omillarining salbiy ta’siri hamda ona organizmining yoshi hisoblanadi. Onaning farzand ko‘rgan vaqtdagi Yoshi 35–40 dan oshgan bo‘lsa, bunday kasalga chalingan farzandlar tug‘ilish ehtimoli 18–25 yoshdagi onalarga nisbatan 10 hissa ko‘payadi.


Odamlarda jinsiy xromosomalar soni o‘zgarishi tufayli paydo bo‘ladigan
kasalliklar ham aniqlangan. Bular jumlasiga “Klaynfelter sindromi” va
“Shershevskiy–Terner sindromi” kasalliklarini olish mumkin. Klaynfelter sindromi kasalligi faqat erkaklarda uchraydi. Klaynfelter sindromi kasalligiga duchor bo‘lgan shaxslar jinsiy xromosomalar bo‘yicha “XXY” genotipiga ega bo‘ladilar. Shuning hisobiga ulardagi diploid xromosomalar soni odatdagicha 46 ta emas, balki 47 ta bo‘ladi. Klaynfelter sindromi kasaliga duchor bo‘lgan shaxslarda jismoniy, aqliy va jinsiy jihatdan g‘ayritabiiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi(9-rasm). Ularda bo‘y, qo‘l va oyoqlar haddan tashqari uzun bo‘ladi. Yelka chanoqqa nisbatan tor bo‘lib, badanda ayollarnikiga o‘xshash yog‘ to‘planishga moyil bo‘ladi. Jinsiy bezlarning rivojlanishi buziladi. Balog‘atga yetish davridan boshlab, bir qadar aqliy qoloqlik yuzaga keladi. Bu kasallik o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 500 ta o‘g‘il boladan bittasida uchraydi.

Ayollarda jinsiy xromosomalar mutatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan,
Shershevskiy–Terner sindromi kasalligi uchraydi(10-rasm). Bu kasalikka duchor
bo‘lgan ayollarda juft gomologik jinsiy xromosomalar soni bittaga kamayadi.
Natijada, ulardagi jinsiy xromosomalar bo‘yicha genotip normadagi “XX”
xromosoma o‘rniga “X” holatida bo‘ladi. ularda diploid xromosomalar soni esa
odatdagicha 46 ta emas, balki 45 ta bo‘lib qoladi. Bunday ayollarning bo‘yi juda
past, bo‘yni qisqa bo‘ladi. Ularda jinsiy organ (tuxumdon) rivojlanmagan,
ikkilamchi jinsiy belgilar ham sust namoyon bo‘ladi. “Shershevskiy–Terner
sindromi” kasalligi o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 5000 qizdan bittasida uchraydi.

O‘qituvchi mavzuni tushuntirib bo‘lgandan keyin har bitta guruhga topshiriqlar
beradi. Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilar mustahkamlash va baholash.
Guruhlar uchun topshiriqlar. “Rasmlar so‘zlaganda” metodi.
Topshiriqning didaktik maqsadi. Odamdagi irsiy kasalliklar va ularning paydo
bo‘lish sabablarini o‘quvchilarga tushuntirish va tanishtirish.
1-guruh. Gen kasalliklari haqida tushuncha beradi.
2-guruh. Xromosoma kasalliklari haqida tushuncha beradi.
Bunda “Rasmlar so‘zlaganda” metodidan foydalaniladi.
Ta’rifi: O‘qituvchi tomonidan mavzuga doir turli xildagi rasmlar ikkita guruh
o‘quvchilariga taqdim etiladi va tayyorlanishi uchun qisqa vaqt beriladi. Qaysi guruh tayyor bo‘lsa, rasmlarni ta’riflashni boshlaydilar. Ikkila guruh ham rasmlarga qisqa va aniq ta’riflarni aytishi lozim.
Foydalanish doiralari: Yangi mavzuni mustahkamlash vaqtida foydalanish
mumkin.
Afzalliklari: Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish
ko‘nikmasini ishlab chiqadi, guruhda liderlarni ko‘rsatib beradi va o‘quvchilarda
mavzuni yana bir bora ko‘z xotirasi orqali eslab qolishlariga yordam beradi.
Qiyinchiliklari: O‘quvchilar tayyorgarlik ko‘rishlari uchun qisqa vaqt
berilganligi uchun rasmlarni ta’riflashda ba’zi xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Uyga vazifa.
1-topshiriq. Darslikda berilgan mavzuni o‘qib-o‘rganish,
quyidagi savollarga javob berish.
1. Tibbiyot genetikasining asosiy vazifasi nimadan iborat?
2. Odamdagi xromosoma kasalliklarining sababi nima?
3. “Daun sindromi”ning sabablari nima?
4. Klaynfelter sindromi belgilari va sababini tushuntiring.
5. “Shershevskiy–Terner sindromi” belgilarini ayting.
6. Odamda uchraydigan gen kasalliklariga misollar keltiring.

2-topshiriq. “Raqamlar so‘zlaganda” metodi asosida tuzilgan quyidagi
topshiriqqa javob yozish. Doiralar ichida yozilgan raqamlar nimalarni ifodalashini o‘rganib, topib kelish.

Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Daftaringizga ishni bajarish tartibini yozish, mavzu haqidagi fikrlaringizni xulosalash.

Nazorat savollari

  1. Elektron darsliklarni yaratish talablarini izohlang?

  2. Elektron darsliklarning bugungi kundagi ahamiyati qanday?

  3. Dars jarayoni qanday tashkil etiladi?

  4. Dars muqaddas asosida dars ishlanma qanday shakillantiriladi?

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə