Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 7,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/257
tarix20.10.2023
ölçüsü7,76 Mb.
#128623
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   257
moliya-va-soliqlar

Regressiv
soliq 
stavkasi 
(регрессивная 
налоговая 
ставка/regressive tax rate) –
soliq bazasining ortishi bilan soliq 
stavkasi kamayadi (umumiy sotilgan mahsulot hajmida eksport ulushi 
ortib borishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi). 
Reinvestisiya 
(Реинвестиция/Reinvestment)
– 
turli 
korxonalarga takroran yoki qo‘shimcha sarmoya sarflash. Bunday tarzda 
qo‘shimcha mablag‘ sarflash olingan foyda hisobiga qo‘lga kiritilgan 
qog‘ozlar va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. 
Respublika byudjeti (республиканский бюджет/republican 
budget)
– Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni 
moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar 
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili 
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi 
yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi (O‘zRning “Byudjet tizimi 
to‘g‘risida”gi Qonuni). 
Soliq (налог/tax)
– 1) byudjetga majburiy badal bo‘lib, 
qonunchilikda belgi-langan tartibda soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy 
shaxslar tomonidan amalga oshiriladi; 2) soliqlar, o‘z moddiy mazmuniga 
ko‘ra, milliy daromadning xo‘jalik subyektlari va aholidan umumdavlat 
ehtiyojlari uchun undirilgan qismidir. 
Soliq (налог/tax) – 
muayyan miqdorlarda undiriladigan, 
muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘ araz xususiyatga ega bo‘lgan, 
byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari (O‘zRning Soliq 
kodeksi). 


497 
Soliq bazasi (налоговая база/Tax base) – 
soliq obyektining soliq 
stavkasi qo‘llaniladigan miqdori. 
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar (налог и объязательные 
платежи/tax and obligatory payments)
davlat tomonidan joriy 
qilingan va jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanishi 
majburiy bo‘lgan, doimiy tavsifdagi, miqdori avvaldan belgilangan to‘lov 
turlari. 

Yüklə 7,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə