|
Lison ut-tayrOriental Renaissance: Innovative52 Dilora Tursunaliyeva Dilmuhammad qizi 390-396Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
393
ta’kidlaydi. Shu tariqa uzr aytgan qushlarga Hudhud mos holatda turli hikoyatlar
bilan javob qaytaradi.
Dostondagi axloqiy ruhdagi hikoyatlarning aksariyati mana shu boblarda aks
etgan. Ushbu munozaralar 41 bobni (32-73-boblar) tashkil etadi. Qushlar va Hudhud
munozarasining diqqatga sazovor tomoni shundaki, bu o‘rinda Navoiy qushlar
obrazidan mohirlik bilan foydalanib, ma’naviy kamolotga to‘sqinlik qiluvchi turli
axloqiy illatlarni tanqid ostiga oladi. Shu ma’noda To‘ti xudbinlik va
shaxsiyatparastlik timsoli, Tovus va Tazarv tashqi go'zallik bilan mag‘rurlanish,
Kabki dariy va Kuf shaxsiy boylik va mol-dunyo yig‘ishga mukkasidan ketish,
Qarchig‘ay johillik va shuhratparastlik kabi illatlarning majoziy timsollari
hisoblanadi. Hudhud ularni tanqid qilar ekan, kishilarni bu xil illatlardan qutulishga
chaqiradi. Hudhudning tanqidlari tufayli o‘z qusurlaridan ogoh bo'lgan qushlar
buncha kamchilik va ojizliklar bilan qanday qilib Simurg‘ga yetishish mumkinligi
haqida so'raydilar (74-76-boblar). Hudhud faqat Ishq ularni maqsad manziliga
yetkazishi mumkinligini aytib, dostondagi eng katta va alohida mavqega ega bo'lgan
Shayx San’on haqidagi hikoyatni so'zlab beradi (79-bob). Dostondagi shu o'rindan
boshlab, muallif qushlarning nomini aytmaydi, balki, hammasini “bir qush” tarzida
nomlaydi.
Dostondagi falsafiy hamda tarixiy shaxslar hayotidan olingan ibratli hikoyatlar
tasviri shu o'rindan boshlanadi. Bu savol-javoblar 68 bobni (80—148-boblar) tashkil
etadi. Qushlar va Hudhud o'rtasidagi savol-javoblar tasawuf ta’limoti bilan bog‘liq
ayrim nazariy va amaliy masalalar (pir va murid munosabatlari, tariqat va uni ado
etish, tavba va gunoh va b.) muhokamasiga bag'ishlanish bilan birga ularda axloqiy
illat va insoniy fazilatlar haqidagi qarashlar ham aks etadi. Xususan, nafsni tiyish,
mol-dunyo va siym-u zarga hirs qo’ymaslik , himmat, insof kabi inson ma’naviy
takomilida muhim o‘rin tutuvchi axloqiy xislatlarning Hudhud tilidan qilingan bayoni
mazmun jihatidan shoirning “Hayrat ul-abror” , “Saddi Iskandariy”, “Mahbub ul-
qulub” va boshqa asarlarida shu xususda keltirgan fikrlariga hamohangdir. Bu
hikoyatlarning ayrimlari Attor dostonida mavjud bo‘lsa-da, asosiy qismi arab
ishqnomalari, xalq og‘zaki ijodi, tasawufiy va diniy manbalar asosida yaratilgan.
Ba’zi syujetlarni Navoiyning o‘zi muayyan oyat yo hadisdagi g‘oyani ifodalash
uchun mustaqil tarzda yaratgan. Jumladan, dostonning 119-bobida shunday bir
hikoyat keltiriladi: Haq yo'liga kirgan Majnun al-Haq deb nomlangan bir devona bor
edi. U bir kuni o‘zi kabi bir “log‘ar eshak”ka minib, Ka’ba sari safarga otlanadi.
Qorong'u tushib, yomg‘ir yog‘a boshlaydi. Majnun al-Haq yo‘l bo‘yida bir vayronani
ko‘rib, o‘sha yerda tunamoqchi bo‘ladi va Xudodan eshagiga qarab turishini so‘rab,
o‘zi vayrona ichiga kirib uxlaydi. Tomdan chakka o‘tib, devonani uyg‘otadi va u
|
|
|