Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
392
huzuriga bormoqchi bo‘lganlar uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o‘tishlari zarurligini
aytadi. Qushlar Simurg‘ning zoti va sifotidan hikoya qilishni so'raydilar. Hudhud
uning
sifoti mingdan oshishi-yu, zotining yagona ekanligini aytadi. Simurg‘ ta’rifi
dostonda olti bobni (15—20-boblar) tashkil etadi. Hudhud To’ti, Bulbul, Qumri,
Kaklik, Tazarv, Durroj, Kabutar, Shohboz (qirg 'iy), Shunqor kabi qushlar bilan
individual ravishda suhbat qurar ekan, u bilan Simurg'ni bog‘lab turgan rishtadan gap
boshlaydi va ana o‘sha rishta tufayli ularning Simurg‘ga aloqadorligini, uning
visoliga qarab intilish darkorligini targ‘ib qiladi. Bu suhbat va targ‘ibot 10 bobni (21-
31-boblar) tashkil etadi.
Qushlar Hudhud boshchiligida yo‘lga tushadilar. Bir necha kun yo‘l yurgach,
mashaqqatli
safar ularni toliqtiradi, ortga qaytmoqchi bo‘ladilar va bir-ketin
Hudhudga o‘z uzrlarini ayta boshlaydilar. Dostonda yo‘l qiyinchiliklariga chidolmay,
uzr so‘ragan qushlar tartibi quyidagicha keltirilgan: To’ti, Tovus, Bulbul, Qumri,
Kabutar, Kabki dariy, Tazarv, Qarchig'ay , Shunqor, Burgut, Kuf (boyo‘g‘li),
Humoy , O’rdak va Tovuq. Dastlab To‘ti Hindistondek issiq o‘lkalarda yashashi,
ko‘zgu oldida nozaninlar so‘zini takrorlashi
uchun shakar yeb yurishi, umri rohat-
farog‘atda bo‘lgani sababli bu safarning mashaqqatiga chidolmasligini aytib, uzr
aytadi. Hudhud unga javoban “Hiylagarlikni kasb qilgan yashil chakmonli kishi”
bilan bog‘liq hikoyatni keltiradi. Unga ko‘ra, bir kishi bozordagi noz-u ne’matlarni
ko‘rib, yashil xirqa kiyib oladi va o‘zini shayx deb e’lon qiladi. Bozor ahli unga ixlos
qilib, uning kashkuliga turli-tuman oziq-ovqatlarni sola boshlaydilar. Haqiqiy bir orif
bu holni mushohada etib, riyokor shayxning oldiga
keladi va bozordan yiqqan
narsasini tutmog‘ini so‘raydi. Soxta shayx kashkulini to‘kib qarasa, ovqatlar aynib,
najosatga aylangan ekan. Piri komil qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan hiylagarga bir
hovuch tosh aralash tuproq berib, “bu bilan tirikchilik qiling” , deydi. Hiylagar
qo‘lidagi tuproq pirning barakotidan oltin va javohirga aylanadi. Hiylagarlik va
riyozatning oqibati turlicha ekanini ko‘rgan riyokor tavba qilib, to‘g‘ri yo‘lga kiradi.
To‘tidan so‘ng
Tovus uzr aytib, “Tangri meni atrofdagilar kо‘rib, husnimga tahsin
aytishlari uchun yaratgan, shunday ekan, menga bu safardan ne hojat?” , deydi.
Hudhud unga javoban masxaraboz bir hinduning o‘zini turli
naqsh-u nigorlar bilan
bezab, maydonda tomosha ko‘rsatgani, uning atrofi bir gala beboshlar to‘dasi bilan
to‘lgach, nazoratchilar tomonidan tutib olinib, darra bilan savalangani haqidagi
hikoyatni keltiradi. Undan so‘ng Bulbul uzr aytadi. U o‘z chamanidagi gulga
oshiqligini, undan ayriliqqa chiday olmasligi va bu safar
unga cheksiz hajr azobini
olib kelayotganligini aytadi. Hudhud unga bir podshohga oshiq bo‘lib qolgani haqida
lof urgan gado hikoyatini keltirib, haqiqiy go‘zallik Simurg’ dargohida ekanligini