Lison ut-tayr


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 309,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix11.12.2023
ölçüsü309,4 Kb.
#144080
1   2   3   4   5   6   7
52 Dilora Tursunaliyeva Dilmuhammad qizi 390-396

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(2), Feb., 2023 
395 
etgan bo‘lib, ularga yashil to‘n kiygan soxta darvesh, mazxaraboz hindu va bo‘yra 
shohi haqidagi, uquvsiz bog‘bon haqidagi, soxta zargar haqidagi, musht yeb kun 
ko'ruvchi tekinxo'r haqidagi, mechkay pahlavon haqidagi, vayronada ganj qidirgan 
kishi haqidagi, giyohvand darvesh haqidagi, suvga cho‘kib ketgan xasis haqidagi va 
hajga bormagan savdogar haqidagi hikoyatlarni kiritish mumkin. 2.Tarixiy shaxslar 
bilan bog'liq ibratli fikrlar aks etgan hikoyatlar. Bular qatoriga payg‘ambarlar va 
valiylar to‘g‘risidagi hikoyatlar kiradi. Jumladan, Odam Safiyulloh, Ibrohim 
alayhissalom, Sulaymon alayhissalom bilan bog‘liq, Muhammad payg‘ambar, to‘rt 
nafar sahoba - Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (r.a.) haqidagi hikoyatlar; tasavvuf 
namoyandalaridan Xoja Abdulloh Ansoriy, Boyazid Bistomiy, Ibrohim Adham, 
Abusaid Abuxayr, Abulhasan Xaraqoniy, Abu Bakr Nishopuriy, Mansur Halloj, Abul 
Abbos Qassob Omuliy, So‘fiyon Suriy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, 
Xoja Muhammad Porso va Xoja Abu Nasr, tilshunos olim Asma’iy, Mahmud va 
Ayoz to‘g‘risidagi hikoyatlarini keltirish mumkin. 3. Keyingi turdagi hikoyatlarga 
muallifning falsafiy-tasavvufiy fikrlarini bayon etish uchun keltirilgan hikoyatlarni 
kiritish mumkin. Bularga Simurg’ haqidagi, uning Chin shahriga tushgan pati 
to‘g‘risidagi, gulxanda yongan soxta oshiq haqidagi, husnini namoyish qilishga 
ko‘zguni vosita qilgan shoh haqidagi, shohga sovg'a tayyorlovchi oshiqlar haqidagi, 
shohga oshiq bo‘lib zindonda yotishga va itboqarlikka tayyor oshiqlar to‘g‘risidagi, 
Sidra daraxti shoxidagi qushlar to‘g‘risidagi, Iskandarning elchilikka borganligi 
haqidagi, Shayx San’on haqidagi, Arastuning shogirdi to‘g‘risidagi, g‘am chekuvchi 
misrlik to‘g‘risidagi, Majnun al Haq, fil va ko'rlar xususidagi, ikki shatranj chi 
haqidagi, hayrat zabun etgan ma’shuq yigit to‘g‘risidagi, parvonalar va sham’i 
haqiqiy zikridagi, Majnun haqidagi, devona oshiq va uning oqil ma’shuqi 
to‘g‘risidagi, Qaqnus haqidagi, podshohdan hech nima so'ramagan darvesh 
to‘g‘risidagi va yiqilgan devor haqidagi hikoyatlar misol bo‘la oladi. 
XULOSA 
“Lison ut-tayr” dostoni Alisher Navoiyning yuksak badiiy mahoratini ko'rsatib 
beruvchi asar bo‘lib, doston poetikasini ta’minlaydigan muhim unsurlardan biri uning 
mukammal 194 ishlangan kompozitsiyasidir. Dostonda qush tili va umuman qushlar 
bilan bog‘liq turli tushuncha hamda holatlardan doston muqaddimasi, qoliplovchi 
qissaning ibtidosi va xotimada ustalik bilan foydalanilgan. Xususan, dostondagi 
an’anaviy hamdning
Jon qushi chun mantiqi roz aylagay,
Tengri hamdi birla og'oz aylagay,
3
3
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. – Т., 2019. – В. 195. 



Yüklə 309,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə