Lizosomalar


Birlamchi va ikkilamchi lizososmalar



Yüklə 62,9 Kb.
səhifə7/7
tarix27.12.2023
ölçüsü62,9 Kb.
#163604
1   2   3   4   5   6   7
Lizosomlar

5. Birlamchi va ikkilamchi lizososmalar
Birlamchi, ikkilamchi (fagolizasomalar va autofagosomalar) lizosomalar va qoldiq tanachalar farq qilinadi. Birlamchi lizosomalar strukturasiz modda bilan to`lgan, gidrolazalar, jumladan faol kislotali fosfataza saqlovchi pufakchalardir. Fårmånt granulyar sitoplazmatik to`rda hosil bo`lib, plastinkali komplåks orqali birlamchi lizosomaga o`tadi. Ikkilamchi lizosomalar hujayra ichi hazm qilish vakuolalari hisoblanib, birlamchi lizosomalarning fagotsitoz va pinotsitoz vakuolalari bilan qo`shilishidan hosil bo`ladi. Ikkilamchi lizosomalarning maxsus turi - autofagosomalar o`zgargan va parchalanishi lozim bo`lgan hujayra organållalarining birlamchi lizosomalar bilan qo`shilishining natijasidir. Lizosomalar ichida turli biopolimårlarning batamom parchalanmasligi natijasida, bunday mahsulotlar to`planishidan qoldiq tanachalar (tålolizosomalar) paydo bo`lishi mumkin. Ba`zan lizosomalar ishtirokida hujayra sintåzlagan moddalar modifikatsiyaga uchraydi. Masalan, qalqonsimon båz hujayralarida tiroglobulin gidrolizlanib tiroksin gormoniga aylanadi.

Lizosomalar 0,5-2mkm kattalikdagi yumaloq bir qavat membrana bilan o‘ralgan ichi quyiq donador suyuqlik bilan to‘lgan organellalar. Uni suyuqligida hujayradagi barcha makromolekulalarni eritish xususiyatiga ega bo‘lgan gidrolitik fermetlari bo‘ladi.
Lizosomalarning asosiy vazifasi hujayra ichidagi hazmni amalga oshirish hisoblanadi. Lizosomalar o‘simliklarda ribosomalari bo‘lmagan silliq endoplazmatik to‘rdan yuzaga keladi. Lizosomada ro‘y beradigan jarayonlar hujayrani noqulay sharoitlardan asosan oziq moddalar vaqtincha yetishmaganda sitoplazmadagi tarkibiy qismni tashkil qilgan oziqdan foydalanib turish deb qaraladi. Lizosomalarni boshqa vazifasidan o‘z faoliyatini tugatgan organellalar masalan, plastidlar, mitoxondriy kabilarni yo‘qotish hamdir. Ayrim hujayralarda masalan, o‘tkazish vazifasini bajariga kirishadiganlarda uning barcha borlig‘ini eritib yuboradi.
Ko’p eukariot hujayralarda muhim ahamiyatga ega organoid. Ular asosan fagositoz, pinositozni amalga oshiradi.lizasoma oddiy bir qavat membranaga ega bo’lgan organizm. Ular tarkibida oqsil, nuklein kislotalar, polisaxaridlar va lipidlarni parchalaydigan gidrolitik fermentlar mavjud. Ularda RN past bo’ladi. Hayvon hujayralarida ular dumaloq shaklda bo’lib 0.2-0.5 mkm kattalikda bo’lib, gomogen strukturaga ega bo’lgan, ola – bo’la pufakchalardan iborat.
Morfologiyasi turlicha bo’lgan bo’lakchalarga qarab asosan 4 xil tipda uchraydi:

  1. Dastlabki yoki birlamchi lizosomalar – hujayrada oziklarni va xazm bo’lishida qatnashmaydi.

  2. Ikkinchi lizosomalar yoki ovkat xazm qiluvchi vakuola ular lizosomalarni fagosoma yoki pinositoz hujayrasi bilan tuknashi natijasida vujudga keladi.

  3. Qoldik tanacha tashqariga modda chiqaradi.

  4. Sitolizosoma yoki sanitar lizosoma. Ular hujayra tanasi nobud bo’lgan struktura elementlaridan tozalab turish vazifasini bajaradi.

Lizosomalar barcha tirik organizm hujayralarida uchraydi. O’simlik hujayralarida lizosoma vazifasini yirik vakuolalar bajarishi mumkin. Lizosoma fermentlari donador end turda sintezlanib transportirovka qilinadi. Unda gol’dji kompleksini roli bor.
Lizosomalar pufaksimon shakldagi 0,2-0,5 mkm kattalikka ega bo`lgan bir (yakka) membrana bilan o`ralgan tuzilmalardir. Ularning xarakterli belgisi turli biopolimerlarni gidrolizlovchi fermentlar (proteinazalar, nukleazalar, glyukozidazalar, fosfatazalar, lipazalar) saqlashidir. Birlamchi, ikkilamchi (fagolizasomalar va autofagosomalar) lizosomalar va qoldiq tanachalar farq qilinadi. Birlamchi lizosomalar strukturasiz modda bilan to`lgan, gidrolazalar, jumladan faol kislotali fosfataza saqlovchi pufakchalardir. Ferment granulyar sitoplazmatik to`rda hosil bo`lib, plastinkali kompleks orqali birlamchi lizosomaga o`tadi. Ikkilamchi lizosomalar hujayra ichi hazm qilish vakuolalari hisoblanib, birlamchi lizosomalarning fagotsitoz va pinotsitoz vakuolalari bilan qo`shilishidan hosil bo`ladi. Ikkilamchi lizosomalarning maxsus turi - autofagosomalar o`zgargan va parchalanishi lozim bo`lgan hujayra organellalarining birlamchi lizosomalar bilan qo`shilishining natijasidir.
Xulosa
Lizosomalar pufaksimon shakldagi 0,2-0,5 mkm kattalikka ega bo`lgan bir (yakka) måmbrana bilan o`ralgan tuzilmalardir. Ularning xaraktårli bålgisi turli biopolimårlarni gidrolizlovchi fårmåntlar (protåinazalar, nuklåazalar, glyukozidazalar, fosfatazalar, lipazalar) saqlashidir.
Lizosomalarni fermentlar o’zi turgan hujayrani ham xazm qilib yuborishi mumkin. Olimlarni fakricha hujayralarni “o’zini xazm bo’lib ketishidan” lizosomalarni membranalari saqlaydi. Bu membranani bir butunligini buzilsa hujayra va uning organoidlari xazm bo’lib ketishi mumkin. Lizosamalar hozirgi vaqtda barcha hujayralarda topilgan.
Oxirgi vaqtda mikronaychalarni tuzilishi xaqida juda ko’p ishlar paydo buldi. Ular turli o’simlik va hayvon hujayralarida bayon qilindi. Mikronaychalar nerv hujayralarini, epiteliya hujayralarini, kon tomirlarni endoteliyalarini, silliq va kundalang yo’lli muskul to’kimalari hujayralarini, Sodda hayvonlarni, oshkozokni subepidermal hujayralarini, tarvuzni, elodeyaning barglarini va boshqa o’simliklarni elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida ochildi. Ular ko’pchilik hujayralarda topilgani uchun hujayra organoidlarga kiritildi. Har bir mikronaycha 2,5mk atrofida bo’lib, diametri 200-300 A. Mikronaychalar shoxlanmaydi. Ular 3 kvatli membranalarga ega. Mikronaychalar ko’proq hujayra membranasiga yakin joylashadi. Mikronaychalar undan tashqari hujayra organoidlari bilan ham yakindan aloqada bo’ladi. Kimyoviy tuzilishi hozircha noaniq. Ba’zi olimlar ularni tayanch vazifasini bajarsa kerak deb, ya’ni sitosklet deb qarashadi. Mikronaychalarni boshqa organoidlar bilan aloqasi ularni kanallarida suyuqliklar sirkulyatsiya qilsa kerak deb taxmin qilishga asos bulmoqda.


oydalanilgan adabiyotlar

1.Yu.S. Chensov. Obhaya sitologiya M. izd. MGU 1984


2.Т. Boykobilov v.b. Sitologiya. Тoshkent O’qituvchi, 1980.
3.Biologicheskiy ensiklopedicheskiy slovar. M. Sovetskaya ensiklopediya, 1986
4. N. Grin i dr. Biologiya M. Izd. “Mir”,1990.
5. K. Svenson i dr. Kletka. M. izd. “Mir”,1980.
6. Badalxo’jayev I. Sitologiya(ma’ruza matnlari). Andijon, 2013.
7. www.Ziyo net
8. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yüklə 62,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə