53
-
O‗simlik yog‗lari – paxta, kungaboqar, zaytun, makkajo‗xori va boshqa
o‗simliklar yog‗lari;
-
Oddiy uglevodlar – shakar, asal, qiyom, mevalar, marmelad,
shokolad va
shirinliklar;
-
Murakkab uglevodlar – kartoshka, non, don, makaron maxsulotlari va
dukkaklilar;
-
O‗simliklar kletchatkalari – sabzavotlar, mevalar, don maxsulotlari;
-
Mineral moddalar;
-
Vitaminlar;
-
Suvlar.
Oqsillar –
energiya tashuvchi modda bo‗lish
bilan birga, to‗qimalarning
tiklash maxsuloti bo‗lib xizmat qiladi. Oqsillar organizm hujayralari va
to‗qimalarining tarkibiy qismi bo‗lib hisoblanadi. Oqsillar tana hajmining to‗rtdan
uch qismini tashkil etadi. Hayvon maxsulotlari go‗sht, baliq, tuxum va sutda
mavjud bo‗lgan oqsillar eng foydali oqsillar bo‗lib hisoblanadi. Ularda organizm
uchun zarur bo‗lgan barcha aminokislotalar bo‗ladi. Aminokislotalar o‗simliklar –
kartoshka, guruch, grechka,
dukkaklilar, makkajo‗xori, suli va yorma hamda
mag‗izlarda ham ko‗p uchraydi.
YOg‘lar –
energiya manba‘i bo‗lish bilan birga barcha to‗qimalar tarkibiga
kiradi. Ortiqcha yog‗ maxsulotlari yog‗ to‗qimalari shakllarida yog‗ depolarida
zaxira holatida to‗planadi. Bu zaxiralar energiya manba‘i bo‗lib hisoblanadi. Ular
ozuqa moddalari etishmovchiligida, uglevodlarning kamayib ketishida sarf etiladi.
YOg‗ to‗qimalari ichki
organlar yuzasini qoplab olib, ularni mexanik
zararlanishdan ham saqlaydi. Teri osti yog‗ qatlami organizmda issiq saqlanishini
ta‘minlaydi. Teri ustidagi yog‗ bezlari ishlab chiqgan yog‗ moddalari terini qurib
qolishdan va suv ta‘sirida namlanishidan saqlaydi. Inson organizmi har kuni ozuqa
moddalari tarkibida hayvon va o‗simlik yog‗lari qabul qilib turishi kerak. YOg‗lar
tarkibida ko‗plab vitaminlar ham mavjud. Organizmda yog‗ hosilalari oqsillar,
shuningdek uglevodlarni ko‗plab qabul qilish oqibatida ham vujudga keladi.
Uglevodlar –
organizmda asosiy energiya manba‘i bo‗lib hisoblanib, barcha
54
to‗qimalar tarkibiga kiradi. Ozuqa moddalari bilan qabul
qilinadigan uglevodlar
oddiy va murakkab uglevodlarga bo‗linadi. Uglevodlarni organizm o‗zlashtirishida
quyidagi holatlar yuzaga keladi:
-
Uglevodlar glikogen shaklida muskullar va jigarda to‗planadi;
-
Uglevodlar jadal aqliy va jismoniy faoliyat jarayonlarida tez sarf etiladi;
-
Oddiy uglevodlar qabul qilinganda organizmda tez o‗zlashtirilib qisqa vaqtli
quvvat hosil bo‗ladi;
-
Murakkab uglevodlar qabul qilinganda ular sekin o‗zlashtiriladi, lekin
ishchanlik qobiliyati uzoq muddat saqlanib turadi.
Ozuqa maxsulotlarida uglevodlar etishmasligi, ularni oqsillar va yog‗
moddalaridan hosil bo‗lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: