51
ishchanlikni ortirishning muhim vazifalaridan biri.
Organizmdagi barcha
to‗qimalar, organlar va funksional tizimlar o‗zlarining xususiy bioritmiga ega
bo‗ladi.
Biologik ritmlar – tirik organizmlarda bo‗ladigan biologik jarayonlar
o‗zgarishlarining jadalligi va xususiyatlari. Inson organizmi ba‘zi
tizimlari va
organlarining bioritmlari o‗zaro muvofiqlikda organlar faoliyatini bir maromda
tashkil etishni ta‘minlaydi. YUqori darajada ishchanlik qobiliyatini ta‘minlash
uchun bioritmlarning qonuniyatlari asosida kun tartibiga rioya qilish kerak. Ish
vaqti organizm hayotiy muhim funksiyalarining jadalligi ortishi vaqtiga to‗g‗ri
kelishi mexnat samaradorligini ortirishga katta yordam beradi. Masalan insonda
mexnat samaradorligi ertalabki soat 6 dan soat 12 gacha va tushdan keyin soat 17
dan soat 20 gacha yuqori darajada bo‗ladi. SHu
vaqtlarda organizm barcha
funksiyalari ham faollashgan bo‗ladi. Kechasi soat 2 dan soat 4 gacha va kunduzi
soat 13 dan soat 16 gacha mexnat samaradorligi pasayishi kuzatiladi.
Kun tartibida uyqu muhim ahamiyatga ega bo‗lib, uyqu organizm dam
olishining asosiy shakli hisoblanadi. Uyqu bosh miya po‗stlog‗ida tormozlanish
hisobiga yuzaga keladi. Tormozlanish nerv tolalarining zo‗riqish va toliqishdan
saqlaydi. Uyqu – ruhiy himoyaning muhim vositasi bo‗lib,
uyqu davomida
neyronlar tinchlanib, ularning faolligi tiklanadi. Uyqu ko‗plab organlar va tizimlar
faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Uyqu jarayonida arterial bosim, mukullar tonusi
me‘yorga keladi, teri qatlami tomirlari kengayib modda almashinuvi yaxshilanadi.
Kun davomidagi, haftadagi va yil davomidagi dam olishlar vazifasi –
jismoniy va asabiy – ruhiy zo‗riqishlarni bartaraf etish. Dam olish shakllari ikki hil
bo‗ladi: passiv dam olish – deyarli tinch holda dam olishni ko‗zda tutadi. Aktiv
dam olish – kam hajmdagi jismoniy harakatlar bajarish bilan tashkil etiladi. Ilmiy
tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, aktiv – faol dam
olishda ishchanlik qobiliyati,
passiv dam olishga nisbatan tez tiklanadi. SHunga asosan ishchanlik qobiliyatini
saqlash va ortirish uchun jismoniy tarbiya vositalaridan keng foydalanish tavsiya
etiladi.
Aqliy faoliyat jarayonlarida faol dam olish
vositalaridan foydalanish
52
tamoyillari mexnat samaradorligini yuqori darajada bo‗lishini ta‘minlaydi. Aqliy
mexnat jarayonlarida hamda ish faoliyatidan so‗ng jismoniy mashqlar bilan
shug‗ullanishni tashkil etish aqliy ishchanlik qobiliyatini
saqlashga, ortirishga va
tiklanishiga katta yordam beradi. Masalan tanaffuslarda jismoniy mashqlar bilan
shug‗ullanish, ishdan so‗ng sog‗lomlashtiruvchi sayrllari va sport mashg‗ulotlari
bilan band bo‗lish – aqliy mexnat hodimlarining aktiv dam olish shakllari bo‗lib
hisoblanadi. SHu bilan birga mexnat ta‘tillari davomida tashkil etiladigan faol dam
olish jarayonlarip ham sog‗likni saqlash va mexnat samaradorligini ortirishga asos
bo‗ladi.
Aqliy mexnat faoliyati davomida organizm jismoniy holatini yaxshilash
uchun diqqatni jalb etadigan mashqlar yoki harakatlar bajarish tavsiya etiladi.
Ishga e‘tiborni susayishi, diqqatni jamlay olmaslik, sababsiz kerishishlar bo‗lganda
ish shaklini o‗zgartirish yoki faol dam olish uchun tanaffuslar qilish kerak. Ishdan
so‗ng ham asabiylik, kayfiyatning tushkunligi va befarqlik saqlanib qolsa tinchlik
va miriqib uxlash tavsiya etiladi.
Mexnat jarayonlarini madaniy va ma‘naviy hordiq chiqarish - teatr, muzey
va
kinoga
tushish,
hayvonot bog‗i
yoki parklarda sayohat qilish,
sog‗lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish, musiqa tinglash va
raqs tushish bilan almashlab turish ishda muvaffaqiyatlarga erishish garovi bo‗lib
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: