Logopediya


Nutq buzilishining umumiy tavsifi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə17/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Logopediya

Nutq buzilishining umumiy tavsifi.Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi tizimli (sistemali) xarakterga ega. Ularda nutqiy faoliyat bilan bog‘liq barcha harakatlarning u yoki bu darajada shakllanmaganligi namoyon bо‘ladi-ki, bular mativatsiyaning zaifligi, nutqiy muno-sabatga bо‘lgan talabning pasayishi, nutq faoliyatining programmalashtirishning qо‘pol buzilishi, nutqiy xarakatlarning ichki programmasi nutkiy programmani kullanishi nutk ustidan nazorat oldindan faoliyat sabab bilan bog‘lash kabilardir.
Aqli zaif bolalar nutqiy bayon qilish turli darajada bu-ziladi (mazmunan, til jihatidan, sensomotor darajada). Eng ri-vojlanmaganlari murakkab darajalar (mazmun, tilga oid) hisoblanadi. Ular yuqori darajada shakllangan tahlil harakat-lari, sintez, umumlashmalikni talab etadi. Bunday bolalarda nutqning sensomotor darajasi turlicha kechadi. Yuqori sinflarga borib kо‘pchilik о‘quvchilarda nutqning fonetik nuqsonlari, motor darajalarining buzilishlarining yо‘qolishi rо‘y beradi. Shu bilan bir vaqtda bu bolalarda til va semantik darajalarning rivojlanishi meyorga (normaga) yetmay qoladi.
Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi turli kо‘rinishlarda bо‘ladi va ularni tahlil etishda differensial yondoshishni talab etiladi. Simtomatika (kasallik belgilarining yig‘indisi) va nutq buzilishining mexanizmi faqatgina miya sistemasining umumiy rivojlanmay qolishidagina emas, balki, nutqqa bevosita aloqador bо‘lgan sistemaning lokal patologiyasi tomonidan belgilanadi. Bu esa aqli zaif bolalarda nutq buzilishlari kо‘rinishini yanada murakkablashtiradi. Shu sababli oligofreniyaning ikki guruhi ajratib kо‘rsatiladi (G.YE.Suxaryova, R.I.Belova-David): 1)nutq rivojlanmagan oligofreniya; 2)nutq kamchiliklari bilan murakkablashgan, atipik oligofreniY.
Normal bolalardagi singari, aqli zaif bolalarda ham nutq buzilishining barcha shakllari uchraydi (dislaliya, rinolaliya, dizartriya, alaliya, disleksiya, disgrafiya, duduqlanish, afaziya va boshqalar). Nutq buzilishi tizimining strukturasida semantik nuqson (defekt) asosiy о‘rinni egallaydi.
Aqli zaif bolalarda nutq buzilishi о‘zining uzoq vaqt saqlanishi bilan xarakterlanadi va yordamchi maktablarning yuqori sinflargacha bо‘lgan davr oralig‘ida saqlanib, qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə