Logopediya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə15/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Logopediya

Nazorat uchun savollar

  1. Kо‘rish analizatorining faoliyati buzilgan bolalar nutqining о‘ziga xos xususiyatlarini ochib bering.

  2. Kо‘rishda kamchiligi bо‘lgan bolalarning nutqini shakllanganlik darajalarini aytib bering.

  3. Kо‘rishda kamchiligi bо‘lgan bolalar nutqini tekshirish metodikasini о‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat?

  4. Kо‘r va zaif kо‘ruvchi bolalar nutqini tekshirish metodikasini yoritib bering.

  5. Kо‘r va zaif kо‘ruvchi bolalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishda olib boriladigan logopedik ish xususiyatlarini yoritib bering.

  6. Maxsus bolalar maktabiga (bog‘cha) borganingizda logoped mashg‘ulotlarini kuzating va tahlil eting.

  7. Kо‘r va zaif kо‘ruvchi bolalar nutqini mashg‘ulotlarda, о‘yin faoliyatida kuzating va tahlil eting.

  8. Maxsus bolalar maktabida kо‘rishda kamchiligi bо‘lagan bolalarning “nutq rivojlanmaganligi” bilan tanishing.


6-Mavzu. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari.


Tayanch iboralar: Oligorfreniya,nutqning predikativ shakli, akli zaiflik, tugma nukson, orttirilgan nukson, , Daun kasalligi, yordamchi maktab
Aqli zaif bolalarda nutq buzilishi va ularni meyorga kel-tirish xususiyati oliy nerv (asab) faoliyati hamda psixik rivojlanishning о‘ziga xos tomonlari bilan belgilanadi.
Aqli zaif bolalarda bilish faoliyatining oliy shakllarini yaxshi rivojlanmaganligi fikrlashning yuzakiligi, nutqni sekin rivojlanishi va sifat jihatidan о‘ziga xosligi, xatti-xarakatini suz orkali nazorat kilishni izdan chikishi xissiy-irodaviy soxani tulakonli emasligi kuzatiladi..
Aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishining о‘ziga xos xususiyatlari.Aqli zaif bolalar uchun nutqning kech rivojlanishi xarakterlidir. Kuchli ortada qolish nutqgacha bо‘lgan davrdayoq kuzatiladi. Agar gо‘daklarda chug‘urlash 4 oyligidan 8 oyligigacha meyorida paydo bо‘lsa, aqli zaif bolalarda esa bu holat 12-24 oylikgacha bо‘lgan davrda namoyon bо‘ladi (I.V.Karlin. M.Strazulla.)
Kassel, Shlezinger, M.Zeyemanlar fikricha, aqli zaif bо‘lgan bolalarda birinchi sо‘zlar 3 yoshdan paydo bо‘ladi. I.V.Karlin va M.Strazullaning tadqiqotlari shuni kо‘rsatadiki, bunday bolalarda birinchi sо‘zlar 2,5 yoshdan 5 yoshgacha bо‘lgan davrda paydo bо‘lar ekan. (Bolalarda birinchi sо‘zlarning paydo bо‘lish meyori 10oy dan 18 oyligigacha).
Aqli zaif bolalarda nutq rivojining sezilarli ortda qolishi iboraviy nutq paydo bо‘lishida kо‘rinadi. Bunda birinchi sо‘zlarni bayon qilish bilan iboraviy (birikmani) nutq orasidagi oraliq vaqt ham, normal rivojlangan bolalarga nisbatan uzoqroq bо‘ladi.
Aqli zaif bolalarda nutkining rivojlanishni о‘ziga xos tomonlari kо‘plab mualliflar tomonidan psixologik aspektda о‘rganilgan (V.Petrova, M.Pevzner, I.Karlin, M.Strazulla, S.Borel, Mezonni, Shlezinger, M.Zeyeman va boshqalar).

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə