Logopediya


Psixoterapiya va psixokorreksiyani surdologiyada qо‘llanilishi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə11/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Logopediya

Psixoterapiya va psixokorreksiyani surdologiyada qо‘llanilishi
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bemorlarda muloqat imkoniyatlarining cheklanganligi ikkilamchi nerotik va nevrozga о‘xshash buzilishlarni rivojlanishiga sabab bо‘ladi. Bemorlarda eshitish organining nero-sensor nuqsonlarida paronoid buzilishlar, karlikdagi talvasalar, gallyusinatsiyali psixozlar rivojlanadi. Eshitishning buzilishi bemorlada ichki siqilishlar, azoblanishlarga olib keladi, natijada ular о‘ziga ishonchni yо‘qotadi, muloqatdagi muvoffaqiyatsizliklar ularni ezadi va agressiv reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
Eshitishida nuqsoni bulgan bemorlarda psixoterapiya о‘ziga xos xususiyatlarga ega va mustaqil ravishda u xali ohirigacha ishlab chiqilmagan fan sifatida namoyon bо‘ladi .Surdologiyaga psixoterapiyani keng qamrovli kiritishga asosiy tо‘siq bu toifa bemorlar bilan verbal muloqatning qiyinligidir . Eshitishning funksional buzilishlarida pisixoterapiya uning qayta tiklanishiga , organik jaroxatlarda esa ikkilamchi nevrotik va nevrozga о‘xshasha buzilishlarni bartaraf etishga xizmat qiladi .
V.M.Raxmonov stotsionar sharoitida 500 ta turli nerv –psixik buzilishlarga ega bemorlarni о‘rgandi . Quloqlardagi shovqindan va eshitish pasayishidan 155 nafar bemor shikoyat qildi . Pisixoterapevtik davolash(gipnoterapiya ,autogentrenerovka ,ratsionalpsixoterapiya ) о‘tkazilgandan keyin 135 nafar bemorlarda eshitish tо‘liq meyorga keldi .
Eshitishi neyrotsensor nuqsonli bemorlarda nevrotik va nevrozga о‘xshash buzilishlarning namoyen bulishi ularning yoshiga bog‘liq . Maktabgacha yeshdagi bolalarda injiqlik , yig‘loqilik , ta’sirchanlik , ovqatlanishdan bosh tortish , qо‘rquv , negatvizim , kuzatiladi . Maktabgacha yoshdagi bolalarda esa xissiy no turg‘unlik quzgaluvchanlikning no turg‘unligi muloqat va ta’limdagi qiyinchiliklar о‘zining tо‘laqonli emasligia urg‘u berish , agressivlik kuzatiladi . Katta maktab yoshidagi о‘quvchilar odatda о‘zlarining tо‘la qonli emasligini anglaydilar va shu bois qattiq siqiladilar , ularda xissiy irodaviy soxasidagi buzilishlar depretssiv va subdepretssiv xolatlar kuzatiladi .
Funksional eshitish buzilishining barcha turlaridagi kasalliklar simptomatikasi va rivojlanish sabablarini xisobga olgan xolda ularni turt guruhga ajratish mumkin :
1) psixogen sabablarga kura eshituv buzilishi : isterik karlik , isterik kar sokovlik , surdomutizim .
2) nopisixogen eshitish buzilishlari : funksional nerv –psixik buzilishlarida somatik va nevrolagik kasalliklarda idiopatik funksional gipo va giper akuziyada ;
3) taqlidiy eshituv buzilishlari : bolalardagi taqlidiy karlik , о‘zini karlikka solish ,shaxslarda xavotirli soxta karlik :
4) endogen psixik kasalliklar va psixik rivojlanmashganlikdagi eshitish buzilishlari .
Funksional va organik eshitish buzilishlarini differensial tadqiq qilishda audiometrik ma’lumotlardan tashkari bemorning subektiv xolatini shaxsiy ta’sirlanish xususiyatlarini xisobga olish , iloji boricha psixologik tekshirish va psixiyator kо‘rigidan о‘tkazish zarur . Bemorlarda davolovchi pedagogik ta’sir maqsadida psixoterapevtik davolashni о‘tkazishda bolalarning individual xususiyatlarini , uning ruxiy rivojlanishini sustlashganini xisobga olish kerak . Davolovchi pedagogik tadbirlarning vazifalari quyidagilardan iborat : bemorlarni mustaqil fikrlashga о‘rgatish ; nutqiy faollikni rivojlantirish , shuningdek tо‘g‘ri gapirish muloqat kobiliyatini rivojlantirish ; bemorlarda eshitishni rivojlantirishga faol munosabatni tarbiyalash , Ularni sodir bulayotgan yaxshilinishga nisbatan xursand bulishga о‘rgatish ; bemorlarda о‘zlarining tо‘la qonli emasligi haqidagi fikrlarni yо‘qotish .
Psixoterapevtik davolovchi –reabilitatsion tadbirlarda defektologlar , psixologlar pedagoglar faol ishtirok etishi kerak.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə