Logopediya


Rivojlanishda nuqsoni bо‘lgan bolalarning oilalari bilan olib yuboriladigan psixoterapevtik ishlar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə12/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Logopediya

Rivojlanishda nuqsoni bо‘lgan bolalarning oilalari bilan olib yuboriladigan psixoterapevtik ishlar .
Zaif , kasal bolaning tugilishi odatda oiladagi psixologik muxitni о‘zgartiradi . Barcha oila a’zolari , ayniqsa ona xissiy stress xolatiga tushadi va bu oila a’zolarining yuqori darajadag i ta’sirchanligiga olib keladi , oqibatida er xotinlar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar murakkablashadi , bu bolaning psixik saloamatligiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bunday sharoitda kо‘pincha bola tarbiyasining noqobil variyantlari tanlanadi , bu uning xolatini chuqurlashtiradi va ikkilamchi nevrotik buzilishlarini shakllanishiga olib keladi .
Ta’sirchanlik va bosimning ortishi ichki qarama qarshilik , о‘ziga ishonmaslik ,ota onalarning munosabati bolaning xissiy shaxsiiy rivojlanishida aks etadi . Shuning uchun psixolog va pedagog nafaqat bolani , balki butun oila a’zolarini va eng avvalo ota onalarni davolashi va о‘qitishi kerak .
Oila a’zolariga psixologik maslaxatning maqsadi oila ichidagi о‘zaro munosabatlarni ota onalarni farzandiga nisbatan munosabati orkali bir biriga bulgan munosabatini optimallashtirish , ota onalarni bola bilan muloqat qilishga о‘rgatish va uni jamiyat talabidagi xulq atvor meyorlariga mos tarbiyalashga о‘rgatishdir .
Asosiy psixoterapevtik ishni psixoterapevt olib boradi . Ammo boshlang‘ich bosqichda oila uchun ancha qiyin bо‘lgan psixoterapevtik bosimni davolovchi vrach oladi , pedagog defektolog , logoped shuningdek boshqa mutaxassislar kasal bolaga yordam berish uchun albatta birinchi navbatda keladi .Bu ishni olib borishda albatta oila a’zolarining xarakter xususiyatlari , ularning xar birini stressli xolatini xususiyatlari va namoyen bulishi xisobga olinadi .
Psixoterapevtik ishlarning asosiy vazifasi oila ichida о‘zaro munosabatlarni meyorlashtirish bola muammosini tо‘g‘ri tushunish xisoblanadi . Eng avvalo onani о‘z farzandini rivojlanishini diqqat bilan kuzatishga , о‘rgatish kerak. Bolani parvarishlashni ba’zi usullarini egallashga uni tarbiyalash va о‘qitish metodlariga о‘rgatish kerak . Xar bir oila a’zosi bola bilan ishlayetgan mutaxassisdan ma’lum vazifalar olishi kerak .
Oilaviy tarbiya xususiyatlarini taxlil qilish quyidagi mezonlar bо‘yicha oilaviy tarbiya turlarini belgilash kerak : rad etish , befarqlik , xaddan tashkari kayg‘urish , talabchanlik , yaxshi kо‘rish . Kasallik sabali tarbiyalashda bolaning shaxsiy rivojlanishida va butun oilaning psixologik muxitida salbiy xolatlar aks etadi .
Oila bilan psixoterapevtik ish olib borish shuningdek , ota onalik maxorati darajasini oshirish va ota onalarni bola ta’limi va tarbiyasidagi rolini faollashtirishga xam yо‘naltirilgan . Ota onalar bilan psixoterapevtik ishning asosiy mazmuni ota onalarning pedagogik ta’limini maxsus dasturlarini ishlab chiqishdan iborat . Xozirgi kunda ota onalar bilan ishlashda turli xil psixoterapevtik dasturlar taklif etilib , ularning kо‘pchiligida guruhli psixoterapiyani о‘tkazishga katta о‘rin ajratilgan .




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə