Logopediya


Birinchi bо‘lim- tashxislovchi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə9/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Logopediya

Birinchi bо‘lim- tashxislovchi.
Maqsadalar:
- psixologik havf –xatar omillarini tashxislash ;
- har bir oilada psixologik havf –xatar omillarini shakllanishini;
- psixologik korreksiyaning umumiy dasturini shakllantirishni.
Ikkinchi bо‘lim- amalga oshiruvchi .
Maqsadalar:

  • yengillashtiruvchi va bо‘shashtiruvchi samaraga erishish;

  • ota onalarda bolaning hatti harakatlarida va oilaviy munosabatlarda ijobiy о‘zgarishlarga erishish imkoniyatiga ishonchni orttirish ;

  • psixologik korreksiya maqsadlari, talablarini qayta ishlash;

  • faol psixokorretsion ishlarni amalga oshirishga sharoit yaratish.

Uchinchi bо‘lim- korreksion.
Maqsadlar:
- bolani rivojlanish jarayonini faollashtirish;
- inqirozli davrning negativ fazasidan ijobiy fazasiga о‘tishga erishish;
- о‘yin faoliyatini jadallashtirish;
- о‘z “ Men” ini ochishga erishish;
- oiladagi inqirozni bartaraf etish;
- tarbiya motivlarini anglash sohasini kengaytirish;
- yetakchi motivlar о‘rtasidagi qarama qarshiliklarni bartarf etish;
-ota onalarning pozitsiyalarini о‘zgartirish, ota onalarni bola bilan muloqat qilishning yangi shakllariga о‘rgatish, oilaviy tarbiyaning psixologiyasi haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Tо‘rtinchi bо‘lim- samaradorlikni baholash.
Maqsadlar:
- korreksiya jarayonida psixologik havf xatar omillarini о‘zgarishini baholash;
- korreksiya samarasini baholash.
Psixoterapiya – defektologiyada, xususan, logopediyada duduqlanishni bartaraf etishda rivojlangan.
Ammo, keyingi yillarda surdopedagogika va oligofrenopedagogikada ham psixoterapevtik korreksiya bо‘yicha tadqiqotlar paydo bо‘ldi.
Psixoterapiya metodlarini logopediyada qо‘llanilishi.
Duduqlanish bilan aziyat chekadigan bemorlarni klinik о‘rganish va ularga psixoterapevtik ta’sir kо‘rsatish о‘zining ildizlari bilan XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlariga borib taqaladi. Psixoterapiya -davolovchi- sog‘lomlashtiruvchi vositalardan biri sifatida bolalar va о‘smirlarda duduqlanishni bartaraf etishdagi kompleks ta’sir etish metodlariga kiradi. Bunda B.Z. Drapkin duduqlanishni bartarf etishda psixoterapiyaning autotrening, ratsional yoki tushuntiruvchi psixoterapiya, suggestiv psixoterapiya usullarini qо‘llashni taklif etadi.
Masalan, psixofizik hotirjam holatida guruhli ishontirish jarayonida bemorlarga о‘zini yaxshi his qilayotganligi, kayfiyatlarining yaxshiligi, hotirjamlik, uyqu va xotirasining yaxshilanganligiga ishontiriladi, shuningdek, sog‘ayib ketishlariga umid, qо‘yilgan maqsadida qatiyatlilik, nutqiy muloqotga hohish, faollik, yangi nutq shakklarini oson egallashga ishonch uyg‘otiladi. Davolash davomiyligi taxminan 1 soat, shu vaqt ichida uch tо‘rtta ishontirishni о‘tkazish mumkin. Davolanish kursi о‘z ichiga 10 -15 seansini qamarab oladi.
Maxsus tayyorgarlikdan о‘tgan shifokorlar tomonidan о‘tkaziladigan giposuggestiya va gipnotik uyqu holatidagi davomli dam olish umunevrotik va fobik buzilishlarni davolashda juda samarali. Duduqlanishni davolashdagi samarali psixoterapevtik metod K.M.Dubrovskiy tomonidan ishlab chiqilgan bardamlik holatiga ishontiruvchi hissiy – stressli ishontirishdir. Ishontirishning bu metodi bemorning hissiy bosim holatlarini ongdagi ustun о‘chog‘ida paydo bо‘lish imkoniyatiga tayanadi: “ Men duduqlanishdan qutuldim, men sog‘lomman, men hamma narsa qila olaman!”. Sog‘ayib ketishga bо‘lgan ishonchning ustunligi kо‘p hollarda tо‘liq sog‘ayib ketishga yoki duduqlanishni sezilarli darajasda kamayishiga olib keladi.
Nafas ustida ishlash psixoterapevtik tizimlarning kо‘pchiligida ahamiyatli о‘rinni egallaydi. Asosan, A.N. strelnikova tomonidan ishlab chiqilgan nafas mashqlaridan foydalanilib, ular past qovurg‘ali nafasni avtomatlashishiga olib keladi, turg‘un nafas buzilishlarini bartarf qiladi, bemorlarga kuchli hissiy- ijobiy ta’sir kо‘rsatadi, olingan nafasda nutqni avtomatlashtiradi.
YE.Y.Rau maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarga hissiy – stressli terapiyani boshqacha variantda qо‘llab , о‘yinli psixoterapiya , xususan, rolli о‘yinlar orqali ta’sir etib shaxsni tо‘liq qayta qurishni amalga oshirishni taklif etadi.
Rolli о‘yinlarni tо‘g‘ri tanlash taxminiy psixologik – pedagogik tashxisni amalga oshirishni ta’minlaydi. Rolli xarakterlar mashhur baddiy asarlardan olingan: A.S.Pushkinning “ Shoh Sultan haqidan ertagi” dagi Oqqush malika, YE.L. Shvarsning “ Zolushka ” ertagidagi Pari, Buratino va boshqalar. Bolalar badiiy obrazdlar bilan tanishadilar, о‘zlari tanlagan rollarga kirishadilar, va oxir oqibat rolga kirishishlarida hissiy – stressli terapiya seansi amalga oshadi.
Y.B.Nekrasova duduqlanishni baratarf etishdagi psixoterapevtik metodiklardan biri sifatida biblioterapiyani taklif etadi, bu sо‘zli terapiya sifatida psixologiya va psixoterapiyaning kitobxonlik bilan badiiylikning uyg‘ulashgan shaklidir. Biblioterapiya asosan duduqlanuvchilarni ijtimoiy reabilitatsiyasining tayyorlov bosqichida har bir bemor uchun tanlangan baddiy adabiyotlarni о‘qish va tahlil qilish kо‘rinishida tashkil etiladi. Biblioterapiya metodikasi diagnostik, psixoterapevtik, modellashtiruvchi va kommunikativ funksiyalarga ega.
L.Z. Andronova –Arutyunyan duduqlanishga turg‘un patologik holat deb qaraydi va davolashni uni hissiy – stressli psixoterapiya vositalaridan foydalanib tashkil etadi. Davolanish jarayonida duduqlanuvchilarning о‘zlari ongli ravishda shu jarayonda ishtirok etishadi. Duduqlanuvchilar va logoped о‘rtasida teng huquqli munosabatlar va о‘zaro javobgarlik о‘rnatiladi. Bunda logopedning vazifasi – bemorlarga davolanish yо‘llarini kо‘rsatish, duduqlanishlarning vazifasi esa- bu yо‘lni mustaqil bosib о‘tishdan iborat.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə