Logopediya


Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə5/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Logopediya

Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda nutqiy kamchiliklar turli xil , tuzilishi va ifodalanish darajasi bо‘yicha murakkab , bu esa ularda nutqni shakllantirish muammoli ekanligi bilan tushuntiriladi. Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalar logopedik abilitatsiyasi bosqichma-bosqich о‘tkaziladi.Nutq shakllanganligi darajasi xisobga olinib, re’lefli rasmlar, ularning taktil sezishlari uchun о‘yinchoqlarning maxsus tо‘plamlaridan foydalangan xolda о‘tkaziladi.Nutqiy kо‘nikmalarni rivojlantirish atrof-muxit xaqidagi real bilimlarni va tasavvurlarni chuqurlashtirish maqsadida motor kordinatsiyasini fazoda mо‘ljal olishni amalga oshirish bilan bog‘liq xolda о‘tkaziladi.Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalar maxsus logopedik reabilitatsiyasi sharoitida nutqning kompensatorlik roli oshadi, bolalarni maktab ta’limiga va ijtimoiy reabilitatsiyaga tayyorlash uchun mustaxkam baza ta’minlanadi.
Intellekti buzilgan bolalar. Nutqiy nuqsonning о‘ziga xosligi va ularning korreksiyasi ularning oliy nerv faoliyati va psixik rivojlanish xususiyatlarini belgilayli.Bunday bolalarda nutq buzilishi bilish faoliyatining qо‘pol buzilishi va psixikaning tо‘liq anomal rivojlanishi fonida yuzaga keladi.Nutqiy faoliyatining buzilishi sistemali xarakterga ega, ularning analiz qilish uchun differensial yondashuv talab qilinadi va katta mexnat bilan bartaraf qilinadi.
Nutqni rivojlantirish bо‘yicha ishning muxim yо‘nalishlari quyidagilar xisoblanadi : biron-bir faoliyat orqali (predmetli о‘yin va b.) nutqiy muloqot uchun sharoit yaratish; nutqni rivojlantirish bо‘yicha maxsus frontal mashg‘ulotlar о‘tish; xar bir bolaning nutqiy buzilish xususiyatlarini va ularning individual xususiyatlarini xisobga olish.Intelekti buzilgan bolalar bilan korreksion ishlarni olib borishda ularning amaliy tajribalari va kо‘rgazmali obrazli tasavvurlari о‘rtasida chambarchast aloqalarni nutqiy aqliy faoliyatga kiritish orqali shakllantirishga katta axamiyat beriladi.
Bolalar serebral falajida(BSF) davolov-pedagogik ta’sirni erta boshlash zarur, bu motorikani, nutqni kommunikativ xulqni rivojlantirishga yо‘naltirilgan. BSFda xarakat va nutqiy buzilishlarning aloqasi kuzatiladi. Nutq xarakat analizatorining organik jaroxatlanishi tovushlar talaffuzining buzulishiga, ovoz, nafas bо‘limining, prosodikaning buzilishiga olib keladi.Serebral falajli bolalarda psixik va nutqiy rivojlanishni ta’lim va tarbiyani erta stimullashtirish qо‘llaniladi.BSFda logopedik korreksiya dizartriya shaklidan, nutqiy rivojlanish darajasidan, bolaning yosh va individual xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
BSF da logopedik ishlarning asosiy vazifalari quyidagilar xisoblanadi:artikulyatsiya holati va xarakatini xis qilishni rivojlantirish ; dispraksiyani ogoxlantirish va bartaraf etish; umumiy motorikani rivojlantirish logopedik korreksiyaning о‘ziga xosligi differensial artikulyatsion massaj va gimnastikaning, logopedik ritmika, davolovchi jismoniy tarbiya , fizioterapiya va medikomentoz davolashning birga olib borilishi hisoblanadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə