Logopediya


Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə16/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Logopediya

Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi.Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi logopediya doirasida M.Xvatsev, R.YE.Levina, G.A.Kashe D.I.Orlova, M.A.Savchenko YE.F.Sobottovich, R.I.Lalayeva, K.K.Karlep tomonidan urganilgan. Bu tadqiqotlar natijasiga kо‘ra yordamchi maktabning boshlangich sinflarida anik nuksonlar 40-60% bolalarda kuzatilar ekan. Yordamchi maktabning birinchi sinflarida M.YE.Xvatsev, G.A.Kashe ma’lumotlariga kо‘ra, yordamchi maktabning birinchi sinflarida nutq kamchiliklariga ega bolalarning soni birmuncha yukori.
S.Y.Rubinshteynning fikricha, aqli zaif bolalarda nutq rivojlanmasligining sababi «miya pо‘stlog‘i faoliyatining zaifligi, barcha analizatorlarda yangi differensial aloqalarning sekinlik bilan ishlab chiqilishidadir». Nutqiy eshitish analizatorlari doirasida differensial shartli aloqalarning asta rivojlanishi munosabati bilan aqli zaif bola ancha vaqt nutq tovushlarini ajrata olmaydi, atrofdagilar aytgan sо‘zlarini aniq anglamaydi.
Motorikannng, shu jumladan, nutqiy motorikaning rivojlanishi aqli zaif bolalarda sekinlik bilan kechadi. Nutqiy harakatlarning aniqligi ikki tomonlama nazorat orqali ta’minlanadi. Eshitish singari kinestetik nazorat ham noaniq bо‘lib rivojlanadi.
Aqli zaif bolalar nutqining о‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida 1.Rubingiteyin S.Y. Psixologiya umstvenno otstalogo shkolnika.-M.1970-S106. V.G.Petrova ularning nutq buzilishlari sabablari hisoblangan kо‘pgina faktorlar yig‘indisini,ajratib, aqli zaif bolalar nutqining buzilishi va anomal rivojlanishning asosiy sababi bilish faoliyatining rivojlanmaganligidir, deb e’tirof etadi.
Analitik – sintetik faoliyat darajasining pasayishi nutq tovushlarini differensiallashtiruvchi murakkab psixik (ruhiy) faoliyat, fonematik qabul qilishning buzilishida namoyon bо‘ladi. Bilish faoliyatining buzilishi tilning semantik tomondan о‘zlashtirishda qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun, aqli zaif bolalar semantik jihatdan murakkab bо‘lgan sо‘zlarni (mavhum, umumlashgan) va grammatik shakllarni (masalan, maqsad va sabab, ergash gapli qо‘shma gaplar) qiyinchilik bilan egallaydilar.
Analitik-sintetik faoliyatning umumiy ravishda rivojlanmay qolishi sababli, til umumlashmalarining shakllanishi, til qoidalarining о‘zlashtirilishi meyorda rivojlangan bolalarga nisbatan о‘laroq, qiyinchilik bilan kechadi.
Atrofdagi olam haqidagi tasavvurning cheklanganligi, nutqiy aloqaning zaifligi, qiziqishning yetilmaganligi, nutqiy munosabatga bо‘lgan talabning pasayishi aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishining sekinlashishi bilan ifodalanadi. Bular bilan bir katorda ularda nutk buzilishlariga olib keluvchi boshka faktorlar xam sabab buladi yani nutk apparati tuzilishdagi kamchiliklar natijasida rinolamiya mexanik dislaliya; bosh miya pustlok osti kismining ba’zi bulimlarini zararlanishi okibatida yuz beradigan organik duduklanish va dizartriY.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə