M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Meros va hozirgi zamon

Hurmatli vatandoshlar!
Birinchi Prezidentimizning xotirasini abadiylashtirish 
uchun xalqimiz, keng jamoatchilikning xohish-istaklari va 
takliflarini inobatga olib amalga oshirayotgan ishlarimiz, 
o'ylaymanki, barchangizga yaxshi ma'lum.
Toshkent shahridagi xalqaro aeroport, Toshkent dav­
lat texnika universiteti, Asaka avtomobil zavodi, Farg'ona 
shahridagi San'at saroyi, poytaxtimiz va hududlarimizda- 
gi markaziy ko'chalar, Oqsaroy qarorgohida o'z faoliyati- 
ni boshlagan ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi, maxsus 
xayriyajamoat fondi Islom Abdug'aniyevichning muborak 
nomlari bilan ataldi.
2-sentyabr kuni xayrli ishlarimizning davomi sifatida 
Islom Abdug'aniyevich tug'ilib voyaga yetgan, mangu 
orom topgan azim Samarqand shahrida ulug' Yo'lbosh- 
chimizning haykali ochilishiga bag'ishlangan marosim 
o'tkaziladi.
Shuningdek, Qarshi shahrida haykal o'rnatish va Sa­
marqand shahrida yodgorlik majmuasini barpo etish 
bo'yicha boshlagan ishlarimizni to'liq yakunlab, u kishi- 
ning tug'ilgan kuniga 80 yil to'ladigan sana - 2018-yil 
30-yanvarda tantanali ochilish marosimini o'tkazamiz.
Muhtaram do'stlar!
Birinchi Prezidentimiz hayotining eng faol va jo'shqin 
paytini - talabalikdan boshlab umrining oxiriga qadar 
bo'lgan davrni azim Toshkent shahrida o'tkazdilar. O'zlari- 
ning bor bilim va salohiyatini, g'ayrat-shijoatini O'zbekis- 
tonimizning barcha hududlari qatori poytaxtimizning 
yanada obod va ko'rkam bo'lishiga, gullab-yashnashiga 
bag'ishladilar.
Islom Abdug'aniyevich Toshkentni Vatanimizning oltin 
ostonasi, deb atar edilar.

kishining 
"Toshkent timsolida 
O'zbekistonni, 
O'zbekiston timsolida Toshkentni ko'ramiz" degan chuqur 
ma'noli so'zlarini shu bugungi tarixiy kunda yana bir bor 
esga olish o'rinli, deb o'ylayman.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan barpo etilgan mana 
shu qarorgohda u kishining davlat rahbari sifatidagi faoli- 
yatining eng yorqin damlari o'tgan edi.
Aynan shu yerda xalqimiz, mamlakatimiz taqdiri va 
kelajagiga oid g'oyat muhim bo'lgan ko'plab farmon va 
qarorlar qabul qilingani sizlarga yaxshi ma'lum.
Bundan bir yil oldin boshimizga tushgan og'ir musibat
tufayli huvillab qolgan Oqsaroy qarorgohi bugun Islom 
akaning mehrli siymosi tufayli yanada ochilib, nurafshon 
bo'lib, el-yurtimizni o'z bag'riga chorlamoqda.
Bugun ushbu qarorgoh oldida xalqimiz, davlatimiz 
nomidan buyuk Yo'lboshchimizning xotirasiga hur- 
mat-ehtirom ko'rsatar ekanmiz, o'ylaymanki, barchamiz 
Islom Abdug'aniyevichning bu muazzam haykali shu 
maydonga alohida ulug'vorlik va salobat bag'ishlab tur- 
ganiga guvoh bo'lmoqdamiz.
Ishonchim komil, bugundan boshlab ushbu majmua 
butun xalqimiz uchun bir umrga qutlug' va tabarruk qa- 
damjo bo'lib qoladi, albatta.
Toshkent ahli, mamlakatimizning barcha shahar va 
qishloqlaridan keladigan vatandoshlarimiz, chet ellik 
mehmonlar, davlat va jamoat arboblari bu yerga tashrif 
buyurib, yodgorlik majmuasini ziyorat qilib, Birinchi 
Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltiradilar.
Bu maskanga qadam qo'ygan har bir inson muhtararr 
Islom Abdug'aniyevich yurgan yo'laklardan, xiyobor- 
lardan o'tib, muzey bilan yaqindan tanishib, istiqlolimiz 
me'mori va asoschisi bilan xayolan uchrashgandek, m„- 
loqot qilgandek bo'ladi.
Barchamizga yaxshi ma'lum, O'zbekistonning dunyo 
hamjamiyatidan munosib o'rin egallashida ham I storm 
Abdug'aniyevichning xizmatlari beqiyosdir.
Fursatdan foydalanib, bugungi marosimda ishtirot 
etayotgan, mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotga" *cr- 
jiy davlatlarning elchilari va diplomatik korpus va< a rc s
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga ко rsa3*ae- 
gan hurmat va e'tiborlari uchun chin qalbimca’— m * -
dorlik bildirishga ruxsat etgaysiz.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə