M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Meros va hozirgi zamon

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Toshkent shahri, 20

7-yil 27-noyabr
Sh. MIRZIYOYEV


7


8
Temir Shirinov
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O'zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi llmiy-ma'rifiy yodgorlik majmua-
sining rahbari 
H urm atli o'quvchilar!
Sizlarga murojaat etar ekanman, ushbu nashrimiz 
orqali Sizlar mamlakatimizning shakllanishi va rivojla- 
nishi tarixining o'ziga xos xususiyatlari va butun hayo- 
tini Vatanimizga bag'ishlagan atoqli davlat va siyosat 
arbobi, o'zbek xalqining buyuk o'g'loni, mustaqil dav- 
latimiz asoschisi - O'zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov rahbarligida 
mamlakatimizda ro'y bergan ulkan o'zgarishlar bilan 
yanada yaqinroq tanishib olishingizga umid bildiraman.
Qiyinchiliklar va og'ir sinovlarga qaramasdan, tarixan 
qisqa davr ichida Islom Abdug'aniyevich rahbarligida 
mamlakatimiz zamonaviy,jadal va barqaror rivojlanayot- 
gan demokratik davlatga aylandi. Mamlakatimizning 
Birinchi Prezidentini ko'p qirrali ijtimoiy-siyosiy faoliyati 
O'zbekiston tarixida o'chmas iz qoldirdi.
2017-yil 
25-yanvarda 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomoni- 
dan "O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
Islom Abdug'aniyevich Karimovning xotirasini abadiy-
>
lashtirish to'g'risida"gi qaror qabul qilindi. Unga asosan 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Birinchi Prezident 
xotirasini abadiylashtirish bo'yicha tadbirlar Rejasi ishlab 
chiqildi va uning doirasida Samarqand shahrida Islom 
Karimov qabri hududida yodgorlik majmuasi barpo etil- 
di, Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida mus­
taqil mamlakatimizning asoschisi haykallari o'rnatildi.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 
nomi Toshkent davlat texnik universitetiga, Asaka 
shahridagi Avtomobil zavodiga, Farg'ona shahridagi 
San'at saroyiga, Toshkent xalqaro aeroportiga ham- 
da Nukus shahri, Toshkent shahri va O'zbekistonning 
boshqa shaharlarining markaziy ko'chalariga berildi.
2-sentyabr kuni esa Birinchi Prezident xotirasi kuni 
sifatida yod etilishi belgilandi. 2017-yilning shu kuni 
mamlakatning barcha ta'lim muassasalarida Islom 
Abdug'aniyevich 
Karimov xotirasiga 
bag'ishlangan 
darslar o'tkazildi, ularda uning hayoti va faoliyatiga 
bag'ishlab yaratilgan hujjatli film namoyish etildi.


9
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining te- 
gishli qarori bilan oliy ta'lim muassasalarining talabalari 
uchun Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi ta'sis 
etildi. O'zbekistonning Birinchi Prezidentining portreti 
aks ettirilgan maxsus pochta markalari chiqarildi. Dav- 
latimiz asoschisining hayoti va faoliyati haqida ilmiy va 
badiiy asarlar, hujjatli filmlar yaratilmoqda.
2017-yil 
25-aprelda 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Far- 
moniga muvofiq, mamlakatning Birinchi Prezidenti uzoq 
yillar davomida ishlab kelgan Oqsaroy qarorgohida 
Islom Karimov nomidagi 11 miy-ma'rifiy yodgorlik maj­
muasi tashkil etildi, u o'zining faoliyatini Islom Karimov 
nomidagi Respublika ijtimoiy xayriya fondi bilan ham- 
korlikda amalga oshirib kelmoqda.
Yodgorlik majmuasi tarkibiga Muzey, llmiy-tadqiqot 
va ta'lim markazi hamda, kutubxona kiradi.
Yodgorlik majmuasining asosiy vazifalariga qu- 
yidagilar kiradi:
- O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
xotirasini, uning mustaqillikka erishishdagi, mamla- 
katchilik qurilishidagi qo'shgan ulkan hissasini va Islom 
Karimov shaxsining tarixiy rolini, hamda uning merosini 
ommalashtirishni abadiylashtirish;
- Islom Karimovning buyuk shaxs, zamonaviy 
O'zbekistonning asoschisi, yaratuvchisi va arxitektori, 
mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi yutuqlari- 
ni yaratuvchisi, jahon hamjamiyatida mamlakat mavqei- 
ni mustahkamlashga asos soluvchisi sifatida hayoti va 
faoliyatini o'rganish;
- aholini, avvalambor yoshlarni va xorijiy mehmon- 
larni, O'zbekiston rivojlanishining birinchi qadamlari 
va keyingi yillarida mustaqillik tarixi bilan tanishtirish, 
respublikaning muvaffaqiyatlarini targ'ibot qilish;
- yosh avlodni tarixiy va siyosiy madaniyat, vatanpar- 
varlik va o'z Vataniga mas'uliyat hissida tarbiyalash.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti taval­
ludining 80 yilligi arafasida Yodgorlik majmuasi to­
monidan "Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan eng 
yaxshi ilmiy-ommabop maqola" tanlovi o'tkazilmoqda. 
Konkurs natijalari bo'yicha g'oliblar aniqlanadi va ularga: 
bitta bi- rinchi o'rin, ikkita ikkinchi o'rin va uchta uchin- 
chi o'rinlar taqdim etiladi.
G'oliblarni tantanali mukofotlash marosimi 2018-yil 
30-yanvar - Islom Abdug'aniyevich Karimovning taval- 
lud topgan kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Hozirgi kunda Muzey ekspozitsiyasini yaratish, Islom 
Karimov hayoti va faoliyati bilan bog'liq muzey buyum- 
lari va kolleksiyalari haqidagi ma'lumotlar bazasini 
shakllantirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Yodgorlik majmuasining rasmiy sayti (islomkarimov. 
uz) ochilgan bo'lib, ushbu sayt Islom Karimov rahbarli- 
gida O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida 
shakllanishi va mustahkamlanishining tarixi bilan tanish- 
tiradi hamda Majmuamiz faoliyatini yoritib boradi.
Ushbu tadbirlarning barchasi O'zbekiston Respub­
likasi 
Birinchi 
Prezidenti 
Islom 
Abdug'aniyevich 
Karimovning hayoti va faoliyati misolida yosh avlodni 
tarbiyalash, uning tarixiy va siyosiy madaniyati, vatan- 
parvarlik hissi va o'z Vatani uchun mas'uliyatini oshirish- 
ga qaratilgan.


10
YUNESKO nomidan Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmua- 
si xodimlarini "Meros va hozirgi zamon" byulletenining birinchi soni nashrdan 
chiqqani bilan tabriklashga ijozat bersangiz. Ushbu nashr keng ommaga mustaqil 
O'zbekistonning birinchi qadamlaridan boshlab to keyingi yillardagi rivojlanish ta- 
rixi, O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov biografiyasi, ishlari, hayoti va 
faoliyati bilan tanishish, yodgorlik majmuasi tomonidan o'tkazilayotgan turli ilmiy va 
ma'rifiy tadbirlar haqida ma'lumot olish imkoniyatini taqdim etadi.
Shuningdek, turli ko'rik-tanlovlar o'tkazib, yurtimiz va xorijiy mamlakatlardagi 
peshqadam universitetlarda tahsil olish uchun grantlar ajratish yo'li bilan iqtidor- 
li yoshlarga ko'maklashayotgan Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya ja- 
moatchilik fondi tomonidan amalga oshirilayotgan ishiar ham tahsinga sazovor 
ekanini ta'kidlash lozim.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga barcha tashab- 
buslari va ishlarida katta yutuqlar, "Meros va hozirgi zamon" byulleteniga esa doi- 
miy va sadoqatii mushtariylarga ega bo'lishni tilayman.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə