M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Meros va hozirgi zamon

A ziz do'stlar!
Ishonaman, Islom Abdug'aniyevichning 
haykali qad rostlagan ushbu qutlug' masbarcha yoshlarimiz uchun Vatanga yuksak ~e~r i s s M l N
qat ko'rsatib yashashning chinakam tim sdea э 
згшШ. 
katta tarbiya va ibrat maktabi bo'lib xizrra: с aa
Oradanyillar,asrlaro'tadi, muhtaram Birncn 
&
и
£
зйш
Я  
timizning nomi va u kishi boshchiligida a~a r.; :\ г г и р и
buyuk ishiar yurtimizning shonli tarixaa 
a M B
bo'lib mangu qoladi.
E'tiboringiz uchun rahmat.


5
"O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG'ANIYEVICH KARIMOVNING
XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH TO'G'RISIDA"
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
Mustaqil O'zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o'zbek xalqining ulug' va ardoqli farzandi, mam- 
lakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, 
halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo'lboshchimiz g'oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og'ir 
qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O'zbekistonni jadal va barqaror sur'atlar bilan rivojlanayot- 
gan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
Islom Abdug'aniyevich Karimov o'zining serqiffa siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning 
ko'p asrlik tarixida o'chmas iz qoldirdi. U nafaqat O'zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro'-e'tiborga 
sazovor bo'lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.
Ko'p millatli O'zbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan Birinchi Prezidentimizning so'nmas xotirasini abadiy- 
lashtirish bo'yicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mam- 
lakatimiz fuqarolaridan ko'plab takliflar tushmoqda.
Xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi 
yo'lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O'zbekiston Qahra- 
moni Islom Abdug'aniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzilgani;
Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Farg'ona yo'li ko'chasida joylashgan jome masjidga "Islom ota jome mas- 
jidi" deb nom berilgani;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrda "Buyuk davlat va siyosat arbobi, O'zbekiston Respub­
likasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo'yicha xalqaro 
ijodiy tanlovni tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilingani ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini aba­
diylashtirish chora-tadbirlari rejasini o'rnatilgan tartibda ishlab chiqsin.
Shu munosabat bilan quyidagi vazifalar topshirilsin:*
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi, 
O'zbekiston Badiiy akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrida Islom Karimov 
dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
Islom Abdug'aniyevich Karimov siymosini yaratish bo'yicha xalqaro ijodiy tanlovda g'olib deb topilgan haykallarni 
mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tug'ilib o'sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar 
bo'lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o'rnatish;
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, O'zbekiston Fanlar 
akademiyasi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari birgalikda: Birin­
chi Prezidentimiz ko'p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (O'zbekiston 
ko'chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Re­
spublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo'yicha joylashtirish; Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini 
tashkil etish;
quyidagi muassasa va obyektlarga:
Toshkent davlat texnika universitetiga;
Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;
Farg'ona shahridagi San'at saroyiga;
Toshkent xalqaro aeroportiga;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko'chalarga (mahalliy davlat hokimiyati 
organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana - 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni 
sifatida yod etish. Ushbu sanalar munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida Islom Karimov hayoti va faoliyatini 
keng yoritish;
oliy o'quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish.
3. O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vosi- 
talari tomonidan O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning xotirasini aba­
diylashtirish bilan bog'liq tadbirlar keng yoritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuk- 
lansin.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə