M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Meros va hozirgi zamon

Islom Abdug'aniyevich bilan ko'p yillar birga hayot ke- 
chirdingiz. Umr yo'lingiz, birgalikda qanday qiyinchiliklarni 
yengib o'tganingiz xususida ham so'zlab bersangiz.

To'ydan keyin Toshkentdagi ikki xonali kvartirada 
juda oddiy hayot kechira boshladik. Bu kvartirani Islom 
Abdug'aniyevich Davlat plan komiteti raisining yor- 
damchisi bo'lgan kezlarda olganlar. Tinch-totuv yasha- 
ganmiz, maoshimiz barcha ehtiyojlarimizga yetmagani 
bois ta'mirlash ishlarini o'zimiz qilganmiz. Bo'yoq olib 
kelib, o'zimiz xona oqlaganmiz, eshik bo'yaganmiz, 
polni loklaganmiz, balkon derazasiga oyna solganmiz. 
Hech qachon ta'mir ishidan qochmaganmiz! Odatda, 
Islom Abdug'aniyevich uydagi ta'mir yumushlarini o'zi 
qilardi. Barcha ishlari baroridan kelar edi. Sirasini ayt- 
ganda, u barini o'z qo'li bilan qilishni yaxshi ko'rardi. 
Kerak paytda qidirib qolmasdik, uyimizda turli asboblar 
solingan butun boshli jomadon bo'lardi. Parma, bo'yoq 
cho'tkasi, qisqich, ombur, buragich, bolg'a va boshqa 
birtalay asboblar zarur paytda jonga oro kirardi.
Bir gal Islom Abdug'aniyevich pol bo'yayotib lok 
hididan qattiq zaharlandi. Kuchli astma xuruji boshlan- 
di, lekin "tez yordam" chaqirishga izn bermadilar. Tuni
bilan sut ichirdim. O'sha zaharlanishdan keyin bo'yoq 
hidini xushlamaydigan bo'lib qoldilar.
Islom Abdug'aniyevich shanba va yakshanba kunlari 
odatda soat 3-4 ga qadar ishlar, keyin zarur bo'lsa bir­
galikda oqlash va bo'yash yumushlarini qilardik.
Islom Abdug'aniyevich qanday lavozimda ishla- 
masin, hech qachon xizmat vazifasidan foydalanma- 
gani, vakolatini suiiste'mol qilmaganiga guvohman. 
Undan pastroq darajadagi mansabdorlar ham bosh- 
qacha yashar va gohida tanlagan hayot tarzimiz bois 
ustimizdan kulisharedi.
Hatto davlat bog'-hovlisida yashaganimizda ham 
avvalgidek aksar ishlarni o'zi qilishni afzal bilardi. Ma- 
salan, kechqurun ishdan keyin devorga kartina osish 
yoki mebel o'rnini o'zgartirish fikri tug'ilib qolardi. Gar- 
chi men e'tiroz bildirib, bu ishni ertasi kuni xizmatchi- 
lar bilan qilishini so'rasam-da, Islom Abdug'aniyevich 
kutib o'tirmay o'zi ishga kirishib ketardi.


■ 
24

Birinchi Prezidentimiz hayotiga doir biz bilmagan 
yana qandayjihatiar bor?

Faqat yaqinlari ko'rgan jihatiar - Islom Abdug'ani­
yevichning ayrim shaxsiy fazilatlari, yaqinlariga, umu- 
man, hayotga munosabati xususida ham so'zlab ber- 
sam.
U gul sovg'a qilishni xush ko'rar edi. Oila qurgani- 
mizning dastlabki kezlarida ham, keyinchalik Prezident 
bo'lganlaridan so'ng ham. Hatto bog'-hovlida sayrqilib 
yurganimizda Islom Abdug'aniyevich hamisha biror 
gullagan novda yoki chechak topib, menga tuhfa etar 
edi. Bu xotiralarni qalbim to'rida saqlayman...
Ko'klam payti, dam olish kunlari tennis kortidagi 
mashg'ulotlardan keyin bog'-hovlida sayr qilib yur- 
ganlarida Islom Abdug'aniyevich sheriklari rafiqalariga 
olib borishi uchun xushbo'y shumurtdan guldasta qilib 
berishni yaxshi ko'rar edi. Yozda esa shumurt o'rniga 
o 'zi sevgart rayhon gullaridan hadya etardi. Ham isha 
odamlar ko'ngliga yorug'lik ulashishni istardilar.
Islom Abdug'aniyevich osongina buyumlarning 
bahridan o'tardi. Sovg'a ulashishni yoqtirardilar-da. 
Uyimizda hamisha ko'plab suvenirlar bo'lar edi. Uyga 
mehmon kelib, kuzatayotganimizda qo'llariga tush- 
gan buyumni hadya qilib yuborardilar. Yashirib nima 
qildim, men olib qolishni istagan buyumni sovg'a qilib 
yuborsalar ranjigan paytlarim ham bo'lgan. Islom Ab-
d-ug'aniyevich istaganini tuhfa etib yuborishi 
mumkin 
edi. Muhimi sovg'a mehmonga yoqsa bas.
Bundan esa bir olam mamnuniyat tuyardilar.
Islom Abdug'aniyevich tabiatni yaxshi ko'rar, bor- 
liqni tinglay olar, his qila bilar edi. Bu zavqni o'zi his 
etib qolmay, yon-atrofidagilar ham undan bahra olishi- 
ni istardi. Hatto bunday his-tuyg'ulardan yiroq odamlar 
ham vaqt o'tishi bilan, qayerda bo'lmasin, xiyobonda- 
mi, bog'-hovlidami, tog'dami - tabiatdagi o'zgarishlarni 
kuzatish, undan hayrat tuyishni o'rgandi. Ayniqsa, gul­
lagan daraxtni ko'rganida Islom Abdug'aniyevichning 
kayfiyati ko'tarilardi. Uning uchun oppoq paxta kabi 
qiyg'os gullaydigan gilos va olchadan chiroylisi yo'q 
edi. Daraxtlar ko'klamda ilk barg chiqarganini ko'rgan- 
da xursand bo'lib ketar, kuzda arg'uvon tusga kirganida 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə