M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Meros va hozirgi zamon

esa hayratga cho'mar edi/ar. Qor qoplagan daraxtlar, 
xususan, qarag'ay va qoraqarag'ayni zavq ila tomosha 
qilardilar. Qayinlar esa ko'rkamligi va muloyimligi bilan 
uni maftun etardi. Kashtan, eman, lola daraxti hamda 
qayinlarni xush ko'rardilar.
Bir gal ikkitagina laylak qishlagani keldi, keyinroq 
ular soni yetmish-saksonga yetdi. "Qo'shni"larimiz o'ta 
nozikta'b emasmi, Islom Abdug'aniyevich avvalo o'zi 
qushlarga ehtiyotkor munosabatda bo'lar va boshqa-


25


26
lardan ham shuni talab qilar edi. Deylik, birov laylaklar 
yoniga borib ularni qo'rqitsa, qattiq ranjir edilar. Axir, 
ular o'ta sezgir va nafis mavjudotlarda. Kechki qorong'i 
osmonda oppoq laylaklarning parvozi hayratomuz 
manzara edi, albatta.
Islom Abdug'aniyevich uchun oppog qushlar tinch­
lik, ezgulik, baxtu saodat va osoyishtalik timsoli edi. Na- 
faqat o'zi, balki butun mamlakat uchun laylaklar o'ziga 
xos ramzga aylangani bejiz emas. Bu keyingi yillarda 
bunyod etilgan me'moriy obidalarda ham aks etgan. 
Toshkent markazidagi "Ezgulik" arkasi hamda Anju- 
manlar saroyi ustidagi parvoz etayotgan kumushrang 
qushlar timsolini ko'rib, bunga amin bo'lish mumkin.
Qattiqqo'l, ammo adolatli inson edilar. O'zlariga 
ham, atrofdagilarga ham talabchan edilar. U kishining 
hayot tarzini, ta'bir joiz bo'lsa, zohidona deb sifatlash 
mumkin. Taom tanovul qilishda qanoatli, bo'shashib
ketishga also yo'l qo'ymas edilar. Yoshliklaridan sport- 
ga oshno yashaganlar. Hamisha yaxshi sport forma- 
sida bo'lishga intilganlar. Hayotining so'nggi kunla- 
riga qadar mashq zaliga borishni kanda qilmaganlar. 
Qolaversa, suzish va tennis bilan shug'ullanganlar.
U kishi hamisha tin olmasdan ishiar, safar va dam 
olish uchun vaqt sarflashni lozim topmas edi. Nega- 
ki, muammolarning oxiri yo'q edi. Ammo favqulodda 
imkon tug'ilib qolgan kezlarda yilda bir necha mar- 
ta toqqa, Toshkent yaqinidagi Qaynarsoy maska- 
niga ikki-uch kunga chiqar edik. U yerda Islom Ab­
dug'aniyevich bir zumga nafas rostlab olishi mumkin 
edi. U kishi mahalliy manzaralarni yaxshi ko'rar, yur- 
timiz tabiati go'zalligini benazir deb hisoblar edi.
Shifokorlarga murojaatqilishnixush ko'rmasedilarva 
u kishinibirortibbiy ko'rikka borish uchun ko'ndirishoson 
bo'lmas edi. Butun fikru xayollari ish bilan band bo'lardi.


27

Birinchi Prezidentimiz qanday ota, qanday bobo 
bo'lgan lari haqida ham so'zlab bersangiz.
-
Islom Abdug'aniyevich qorni, alalxusus, birinchi 
qorni juda yaxshi ko'rardi. Qorda farzandlar, keyinroq 
nabiralar bilan sayr qilish uchun hamisha vaqt topish- 
ga intilardilar. Islom 
Abdug'aniyevich bolalarni suzish, 
ao'rqmay suv tubiga sho'ng'ish, velosiped 
minishga 
хтзагэ
Kenja zzimiz
Lola kichkinaligida uni chanada uchi- 
Itflr a cforbobo yasash uchun ko'chaga olib chiqar edi- 
■r 
25raxt
barglarini to'plardik, o'sha gerbariylar
hozirgacha saqlanadi. Yakshanba kunlari esa bog'-hovli- 
da velosipedda uchardik.
Keyinroq Islom Abdug'aniyevich bog'-hovli hududi- 
da 
o'shanday tuganmas
zavq 
ila nabiralar
bilan sayr qildi, 
u)arga hamsuz’/sh, velosiped m inish  
his etishni o'rgatdi. Bolalar skeytbord va rolikda ucha- 
yotganini tomosha qilishni yaxshi ko'rardilar. Ularning 
abjirligidan hayratga tushardilar, bu boradagina oddiy 
kuzatuvchi edilar.


28
kr
nm
t. 
Pm
I


29
slom Abdug'aniyevich Prezident bo'lganlaridan ke­
yin ishga yanada ko'proq diqqat-e’tibor qaratdilar va 
oila uchun yanada kamroq vaqt qolgan edi. Biz deyar- 
6 biror yerga bormasdik. Asosan biznikiga keiishardi. 
Uch-to'rt oila bilan do'stona aloqalarimiz bo'lib, ular 
bilan gohida bayramlarda ko'rishardik.
Taqdir menga butun umr Islom Abdug'aniyevichga 
xizmat qilishni nasib etdi. Men turmush o'rtog'im ish- 
lashi uchun, xususan, Prezident bo'lganlaridan keyin 
imkon qadar kerakli shart-sharoit yaratishga intildim. 
Negaki, Islom Abdug'aniyevich uchun ish juda ham 
muhim ekanini yaxshi bilar edim.
U kishi kuchli iroda va xarakter sohibi bo'lib, ko'p va 
xo'b ishiar edilar. Biz oila qurgan kezlarimizda allaqa-
chon kamolga yetgan yigit edilar. Men o'shandayoq u 
kishining shaxsiyati ko'lamini anglagan, o'ta murakkab
lekin sharafli biryo'lni bosib o'tajagini his etgan edim.
Men hamisha Islom Abdug'aniyevichga hamnafas 
bo'ldim. Mendan butun umr izlanish, o'sish, matonatli 
bo'lish va tushunishga odatlanish, takomillashish yo'li- 
dan yurmoq talab etildi. Negaki, umr yo'ldoshim mu- 
dom o'qib-izlanib yuksak cho'qqilar sari talpinardi. Mu- 
habbat bizni bir tanu birjonga aylantirdi, butun hayot 
yo'limizni yoritdi...
L. Mahmudova va Yu. Sirsova suhbatlashdi


30

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə