M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Meros va hozirgi zamon

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING 
BMT DOIRASIDA TASHABBUSLARI VA ULARNING AMALGA OSHIRILISHI
Davlat faqatgina uning hukumati o'z ichki va tashqi 
siyosatini to'laligicha mustaqil olib bora olgandagina su- 
veren bo'lishi mumkin.
Shu munosabat bilan, har bir davlatning mustaqil­
lik qo'lga kiritilganidan so'ng eng muhim va kechiktirib 
bo'lmaydigan vazifalaridan biri, bu uning suveren davlat 
va xalqaro huquqning teng huquqli ob'ekti sifatida tan 
olinishi bo'yicha ishlarni olib borishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun ikkita asosiy yo'l 
bor. Bular alohida har bir davlat bilan diplomatik ishlarni 
olib borish yoki xalqaro tuzilmalar, masalan, Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti (BMT) singari global va nufuzli me- 
xanizm orqali tan olinishga erishishdir.
Birinchi yo'lni bosib o'tishda xalqaro huquqning aso­
siy sub'ektlari va xalqaro maydondagi ishtirokchilar - su­
veren davlatlar bilan aloqa qilish zarur. Shuning uchun 
bu yerda o'rnatiladigan aloqalar mustahkamroq bo'ladi, 
biroq ushbu jarayon rivojlangan tashqi siyosiy apparatni 
talab etadi hamda sezilarli darajadagi resurslar va vaqtni 
oladi.
Ikkinchi yo'l esa, bir qarashda, haddan tashqari 
umumiy va biroz yuzaki bo'lib tuyulishi mumkin, chunki 
BMT Bosh Assmbleyasining yakuniy qarori odatda davlat 
suvereniteti va mustaqilligini to'g'ridan-to'g'ri tan olish 
emas, balki uni Tashkilot a'zoligiga qabul qilish to'g'risi­
da qarorni qabul qilishdan iborat bo'ladi xolos.
Shu bilan birga, unutmaslik lozimki, u yoki bu dav­
latning mustaqilNqini har bir mamlakat o'zining milliy 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda qabul qiladi. Ayrim 
mamlakatlar tarixiy, madaniy, diniy umumiylik yoki o'zi­
ning siyosiy nnulohazalariga tayangan holda biron-bir 
yangi mamlakatning tan olinishini tezlashtiradi, biroq 
ko'plab mamlakatlar, odatda, betaraf pozitsiyani egal- 
laydi va o'zi uchun deyarli notanish bo'lgan yangi mam- 
lakatni tan olishga shoshilmaydi.
Aksariyat hollarda ko'pchilikni tashkil qiluvchi aynan 
shunday mamlakatlar uchun Birlashgan Millatlar Tashki- 
lotininq iiobiy qarori "yo'lchiroqninq yashil chiroq'i" vazi- 
fasini o'tab beradi.
O'zbekiston o'zining mustaqil davlat qurilishining 
boshidanoq ushbu nufuzli xalqaro tuzilmaga alohida 
ahamiyat bergan holda, o'zi uchun eng ustuvor vazifani 
belgilab olgan edi. O'zbekiston Respublikasining Birin­
chi Prezidenti I.A. Karimovning BMT Bosh kotibi Butros 
G'aliy nomiga o'z innauguratsiyasidan keyin bir kun o'tib
- 1992 yilning 6 yanvarida O'zbekiston Respublikasini 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zoligiga qabul qilishni 
so'rab yozilgan maktubni imzolagani buni isbotlaydi. 
Ya'niki, bu amalda yangi mustaqil davlatning prezidenti 
lavozimga kirishganidan keyin qo'ygan birinchi siyosiy 
qadami edi. Ta'kidlash lozimki, o'sha vaqtda O'zbekis- 
tondagi ichki va uning atrofidagi siyosiy vaziyat o'ta 
mavhum va notinch edi.
1992-yilning 2-martida BMT Bosh Assambleyasining 
82-yalpi yig'ilishida 46/226-sonli rezolyutsiya qabul 
qilinib, ushbu hujjat tarkibida O'zbekistonni Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti a'zoligiga qabul qilish to'g'risidagi qa- 
ror o'rin olgandi.
Ushbu voqea respublikaning rivojlanishida yangi 
bosqichning boshlanishini anglatib, faol xalqaro, ilmiy- 
texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni olib borish 
uchun keng imkoniyatlarni ochib berdi.
Vaqt o'tishi bilan O'zbekiston dunyoning 130 dan zi- 
yod mamlakati bilan diplomatik munosabatlarni o'rnat- 
di, 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'ldi. 
O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Ham- 
korlik Tashkiloti, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Yevropa- 
da Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar 
Hamdo'stligi va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalarning 
ishida faol ishtirok etib kelmoqda va mintaqaviy hamda 
global ahamiyatga ega bo'lgan ko'plab muammolarni 
hal etishda katta hissa qo'shmoqda.
Shu bilan birga, BMT barcha mamlakatlar uchun o'zi- 
ni namoyon etish, mintaqaviy muammolar va ularning 
yechimi bo'yicha bayonot berish uchun eng maqbul va 
qulay maydon bo'lib kelgan va shunday bo'lib qolmoq- 
da.
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti


31
bir necha marotaba BMT Bosh Assambleyasi va bosh- 
qa xalqaro tashkilotlarda nutq so'zlagan hamda xalqaro 
miqyosdagi dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan 
o'zining, ayrim hollarda, kutilmagan, biroq samimiy va 
xolisona yondoshuvlarini taklif etgan. Shu tariqa, BMT- 
ning eng yuqori minbaridan u birinchilar qatorida XXI 
asr "vabosi" - terrorizm va u bilan chambarchas bog'liq 
bo'lgan narkobiznesga qarshi birgalikda kurashish ma- 
salasini ko'tardi va Markaziy Osiyoda "xavfsizlik kama- 
ri"ni shakllantirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni taklif 
etdi. Ushbu tashabbuslar Narkotik moddalarni, psixo- 
trop vositalarni va ularning prekursorlarining noqonuniy 
aylanishiga qarshi kurashish bo'yicha Markaziy Osiyo 
mintaqaviy muvofiqlashtiruvchi axborot-tahlil markazi 
(MOMMAM)ni tashkil etishda hamda O'zbekistonda 
ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi qarorgohi- 
ning ochilishida o'zining amaliy ijrosini topdi.
Bundan tashqari, aynan BMT Markaziy Osiyoda 
yadro qurolidan xoli bo'lgan hududni shakllantirish- 
da muhim ahamiyatni kasb etdi. Uning tashabbuskori 
Islom Karimov edi. Demak, 2014-yilning 6-mayida BMT- 
ning bosh qarorgohida yadroviy qurolga ega davlatlar
- Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya to­
monidan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona 
to'g'risidagi shartnomaga qo'shimcha sifatida xavfsizlik 
kafolatlari bo'yicha Bayonnoma imzolandi.
Shu tariqa, nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari o'z 
hududlarida yadroviy qurolni joylashtirishdan voz ke- 
chishini ma'lum qildilar, balki yadro quroliga ega besh- 
ta davlatlar ham Markaziy Osiyoning yadroviy qurolsiz 
mintaqa maqomini hurmat qilish va mintaqa mamlakat- 
lariga nisbatan yadroviy qurolni qo'llamaslik hamda uni 
qo'llash bo'yicha tahdid solmaslik majburiyatini o'z zim- 
malariga oldilar. Bu bilan Markaziy Osiyoda yadro quro­
lidan xoli zonani yaratish jarayoni yakuniga yetdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tuzilmalari 
ham global, ham mintaqaviy darajadagi turli vazifalar 
va muammolarni hal etishda ko'maklashib keladi. Shu 
ma'noda O'zbekiston uchun BMTning qo'llab-quvvat- 
lashi nafaqat siyosiy, balki madaniy-gumanitar sohalar- 
da ham zarurdir. Bu kabi qo'llab-quvvatlash va ko'mak, 
avvallari, ya'ni sho'ro davrida O'zbekiston tarixi haqida, 
yumshoq qilib aytganda, deyarli ma'lumot berilma- 
ganini hisobga oladigan bo'lsak, yaqqol seziladi. Ushbu 
respublikaga "xom ashyoni yetkazib beruvchi" vazifasi 
yuklatilib, uning aholisi asosan qishloq xo'jaligi bilan 
shug'ullanishi lozim bo'lgan edi. Uning rahbariyati u 
yoki bu inshootni qurish bo'yicha mustaqil qaror qa-
bul qila olmasdi, hammasiga markazdan ruxsat olish 
kerak edi. Xomashyo zaxiralarini qazib chiqarish va ish­
lab chiqarish bo'yicha quvvatlarni rivojlantirish ustuvor 
yo'nalish sanalgani uchun respublikada biron-bir ilmiy 
yoki madaniy tuzilmani yaratish uchun ruxsatni olishga 
chin ma'noda "jang qilib" erishishga to'g'ri kelardi.
Axir bu zamin Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahirid- 
din Muhammad Bobur, Imom al-Buxoriy, Bahovuddin 
Naqshband, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, 
Muhammad Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Imom 
at-Termiziy, Imom al-Moturidiy, Alisher Navoiy, Mah­
mud az-Zamaxshariy va boshqalar kabi noyob "Sharqiy 
Renessans"ni yaratgan yetuk davlat arboblari va olim- 
larini, mutafakkirlarni, shoirlaru ma'rifatchilarni o'stirib 
ulg'aytirgan. Ular o'tmishda ilm-fan, ta'lim, ma'naviy 
madaniyat markazlariga aylangan va bugungi kunda 
Jahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan ko'rkam sha- 
harlarda yashab, ijod qilganlar.
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Preziden­
ti Islom Karimov xalqimizning ma'naviy qadriyatlari, 
an'analari va urf-odatlari, bebaho tarixiy merosiga hur­
mat bilan munosabatda bo'lishni davlat siyosati dara- 
jasiga olib chiqdi.
Shu bilan O'zbekistonning bugungi rivojlanishini 
ta'minlab kelayotgan ma'naviy yuksalish, milliy o'zini 
anglashni mustahkamlash, xalqning tarixiy xotirasini 
tiklash, uning ulkan ilmiy va madaniy salohiyatini asrab- 
avaylash jarayoni boshlandi.
BMT qoshidagi YUNESKO kabi nufuzli tuzilmaning 
tashabbusi hamda davlatimiz rahbari va jahon ham- 
jamiyatining qo'llab-quvvatlashi 
bilan Samarqand- 
ning 2750 yilligi, Qarshining 2700 yilligi, Buxoro, Xiva, 
Termizning 2500 yilligi, Marg'ilonning 2000 yilligi va 
O'zbekistondagi boshqa shaharlarning yubileylari keng 
nishonlandi.
Hozir butun dunyo hamjamiyati O'zbekiston zami- 
nida yashagan va ijod qilgan yetuk davlat arboblari va 
olimlar, shoirlar va ma'rifatchilarning Islom tsivilizatsi- 
yasi va jahon ilm-fani rivojiga qo'shgan ulkan hissasini 
e'tirof etmoqda. Ularning nomlari jahon sivilizatsiyasi 
tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan, ularning sharofati 
bilan dunyo O'zbekistonning o'zi haqida ham yanada 
ko'proq ma'lumotga ega bo'ldi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə