38
ISLOM KARIMOVNING O'ZBEKISTON XALQI MA'NAVIY
MEROSI TIKLAN ISHIG A QO'SHGAN HISSASI
"Tarix haqiqati shuni ko'rsatadiki, tomirida milliy g'urur, Vatan ishqi jo'sh urgan
odamgina buyuk ishlarga qodir bo'ladi. Biz shunday ma'naviy muhit yaratishimiz
kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida
Vatandan faxrlanish hissl ko'zimizni, qalbimizni yashnatib tursin"[1].
Xalqimizning qadimgi boy madaniyati va tirixi-
ga murojaat qilar ekanmiz, me'moriy inshootlar milliy
san'atimiz durdonalari orasida alohida o'rin tutganiga
ishonch hosil qilamiz. Buni Samarqand, Buxoro, Tosh-
kent, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Termiz kabi dunyoga
mashhur bo'lgan shaharlarimizning qiyofasini bezab
turgan betakror va o'lmas tarixiy yodgorliklar yorqin
tasdiqlab turibdi. Shak-shubhasiz, jahonda bunday boy
va bebaho merosga ega bo'lgan mamlakatlarjuda kam.
Shu bilan birga, bunday
noyob merosning munosib
vorislari bo'lish, uni kelajak avlodlar uchun tegishli-
cha asrab-avaylash, milliy an'analar va sohaning ijodiy
rivojlanishini izchillik bilan davom ettirish bizdan ulkan
mas'uliyatni talab etuvchi dolzarb vazifalardir. Mustaqil-
likning ilk kunlaridanoq mamlakatimizda me'moriy va
monumental san'atni rivojlantirish davlat siyosatining
ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. O'tgan yillarda
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Kari-
movning shaxsiy tashabbusi va amaliy sa'y-harakatlari
evaziga bu sohalar nafaqat tiklandi, balki yangi, yanayam
yuqori darajaga ko'tarildi. Ko'z oldimizda mamlatimizda
nisbatan qisqa davr ichida ulkan ishlar amalga oshiril-
di: milliy o'zlikni anglash, dunyoga mashhur ajdodari-
mizning sharafli nomlarini tiklash va xotirasini abadiy-
lashtirishga yordam beradigan me'moriy majmualar va
maqbaralar qad ko'tardi va tiklandi. Ushbu barcha maj
mualar milliy ruh va tabiat, xalqimizning
ishonchi, hayo-
tiy qarashlari va intilishlariga mos tarzda har bir min-
taqaning o'ziga xos xususiyatlari, shaharsozlik talablari
va landshaft dizayni bilan uyg'un holda yaratildi. Aynan
shuning uchun ham mamlakatimizning turli hududlari va
shaharlarida bunyod etilgan ajoyib me'moriy majmualar
nafaqat hamyurtlarimizning, balki xorijlik mehmonlar va
sayyohlarning chinakam hayrati va tahsiniga sazovor
bo'lmoqda. Davlatimiz rahbari me'morlar va quruvchi-
lar e'tiborini shu kabi ustuvor vazifalarga qaratar ekan,
mamlakatimiz uchun muhim ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy
ahamiyat kasb etgan betakror xotira majmualarini qu-
rishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish va amalga os-
hirishda bevosita rahbarga aylandi. Har bir yirik maj-
muaning me'moriy loyihasini yaratish va uning qurilishi
shaxsan O'zbekiston Prezidentining g'oyalari va takliflari
asosida amalga oshirildi.
1998-yilning 23-oktyabrida
Samarqand yaqinida
Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi sharafiga uning maq-
barasi ochildi. Majmua olimning ulkan obro'si va beqiyos
maqomiga mos tarzda bunyod etildi. Maqbara maho-
bati va betakror me'moriy g'oyalari bilan barchada zavq
uyg'otadi. Davlatimiz rahbari I.A. Karimov majmuaning
ochilish marosimida ta'kidlaganidek, "bu qutlug' mas-
kanni bunyod etgan ustalarimizning mehnati har qa-
ncha tahsinga arziydi... Bir so'z bilan aytganda, uning
bunyodkori butun O'zbekistondir".
Mazkur xotira majmuasining bunyod etilish tarixi
uning loyihasi mamlakat Prezidentining chuqur mu-
lohazalari asosida yaratilganidan dalolat beradi. Dav
latimiz rahbari keyinchalik ham ushbu mavzuga bir
necha marotaba qaytib, loyihani yangi g'oyalar va tak-
liflar bilan boyitdi. U maxsus qurilish maydonchasiga ke-
lib, diqqat bilan ishlarning
ketish jarayonini kuzatdi, har
41
1
bir inshootni sinchiklab ko'zdan kechirdi, favvoralar qan-
day bo'lishi, maqbara hovlisidagi qadimgi hovuzni o'zi-
ning tabiiy holatini saqlab qolgan holda qanday tiklash,
qabrdan maqbaragacha tushish uchun yo'lakni qanday
qurish, qanday qandillarni o'rnatish, marmartoshni sifati
va rangiga qarab qanday tanlash kerakligi va boshqalar
xususida qimmatli maslahatlar va ko'rsatmalarini berdi.
2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi tantanali
nishonlandi. Surxon vohasi dunyoda jahon sivilizatsiya-
sining beshiklaridan biri sifatida tan olingan. Uning me'
moriy yodgorliklari va arxeologik topilmalari bu o'lka
haqiqatan ham qadimgi madaniyat o'chog'i ekanini
tasdiqlamoqda. Hakim at-Termiziy maqbarasi aynan
shunday so'nmas tarixiy yodgorliklardan biridir. Xalq
tilida ushbu inshoot Termiz-ota
maqbarasi, deb ham
ataiadi va haqli ravishda janubiy vohaning durdonasi
sifatida tan olingan. Majmuani kelajak avlodlar uchun
asrab-avaylash maqsadida bu yerda Davlatimiz rahbari
I.A. Karimovning bevosita rahbarligi ostida ulkan qurilish,
ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriidi.
Natijada maqbara ajoyib betakror qiyofaga ega bo'ldi.
Birinchi Prezidentimiz 2002-yilning 2-aprelida Termiz
shahrining yubileyiga bag'ishlangan
tantanali marosim-
da ta'kidlaganidek, "Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Sul-
ton Saodat, Qirq qiz maqbaralarining tubdan tiklanishi...
nafaqat Termiz shahri, balki butun Surxon vohasining
qiyofasini sezilarli tarzda o'zgartirib yubordi".
Davlatimiz rahbarining 2003 yilning 27 noyabrida
muqaddas Buxoro zaminidagi Bahovuddin Naqshband
maqbarasi ulug'vor me'moriy majmuasining ochilish
marosimida aytib o'tgan quyidagi so'zlari madaniy va
ma'naviy qadriyatlarimizning keng qatlamini tushunib
yetishga asoslangan milliy o'zligimizni anglash g'oyasiga
bo'lgan doimiy qiziqishning yorqin tasdig'i bo'la oladi:
'Sizlarga ochiq aytsam, Bahovuddin Naqshband bobo-
mizning mana shu muqaddas qadamjosini obod qilish
fikri ko'p yillardan buyon xayolimni band etib kelardi.
Har safar shu muqaddas dargohni ziyorat qilganimda
shu buyuk zotning ruhi oldida qandaydir o'zimni qarz-
dor deb his etardim... Va o'tgan
yilning oktyabr oyida
ana shu niyatda atay vaqt ajratib Toshkentdan bu yer-
ga maxsus keldim. Bu ishga daxldor bo'lgan rahbarlar,
loyihachilar va quruvchilar bilan yodgorlik majmuasini
yangitdan bunyod etish masalasini shu joyning o'zida
muhokama qilganimizda boshqa inshootlar bilan birga,
mana shu yangi ayvonnnig qaerda va qanday shaklda
bo'lishini o'z qo'lim bilan chizib bergan edim. Odam-
ni hayratga soladigan tomoni shundaki, quruvchilar
shu loyiha bo'yicha ish boshlaganida aynan shu payt-
da belgilab bosilgan joydan ilgari mavjud bo'lgan eski
ayvonning ko'milib ketgan poydevori chiqibdi. Bularning
barchasi mana shu maskanning ilohiy xosiyatidan, Baho
vuddin Naqshdand bobomizning ruhi barhayotligidan
yana bir dalolatdir, desam, o'ylaymanki, sizlar ham bu
fikrga qo'shilasizlar"[2].
Toshkentdagi Hazrati Imom me'moriy majmuasi xal
qimizning boy ma'naviy merosining bir qismi bo'lib, un-
da Hazrati Usmonning amri bilan yozilgan Qur'onning
nusxalaridan biri saqlanadi. Bugungi kunda bu yer mu
qaddas majmua bo'lib, musulmon olamida katta nufuzga
ega. Uning tarkibiga kiruvchi tarixiy yodgorliklar - Kaffol
Shoshiy maqbarasi, Tilla Shayx va Namozgoh masjidlari
xalqimiz tomonidan asrlar davomida har tomonlama
asrab kelinmoqda va muhofaza qilinmoqda. O'zbekis
ton Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2007-yil
20-fevraldagi "Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik
jamg'armasini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi qaroridan
kelib chiqib, qisqa muddatda bu yerda keng ko'lamli qu
rilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari bajarildi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda chuqur o'ylangan va
ilmiy asoslangan yondoshuvlar negizida yaratilgan har
bir memorial majmua chinakam milliy ahamiyat kasb
etib, har bir hamyurtimizning qalbi va yuragidan mu-
nosib joy egalladi. Yurtimizda tarixiy va me'moriy yod-
gorliklarni qurish, ta'mirlash va tiklash bo'yicha olib bo-
rilayotgan keng ko'lamdagi ishlar nafaqat xalqimizning,
balki dunyo hamjamiyatining ham e'tibori va e'tirofiga
loyiqdir. Xususan, Ta'lim, fan va madaniyat masalalari
bo'yicha Islom tashkiloti (AYSYeSKO) 2007-yilda Tash
kent shahrini "Islom madaniyati poytaxti" deb e'lon qildi.
Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar va zi-
yoratchilarning soni yildan yilga ortib bormoqda.
Monumental san'atning o'ziga xos xususiyati shun-
dan iboratki, u "tipik" me'morchilikdan farqli o'laroq,
o'zining mumtozligi va betakrorligini namoyish etadi,
ijtimoiy hayotning ma'naviy rivojlanishini ta'minlash-
da ulkan xizmat ko'rsatadi. Mustaqillikning
ilk kunlari-
dayoq davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov
tomonidan e'lon qilingan "Bizdan ozod va obod Vatan
qolsin!" shiori millionlab hamyurtlarimizning qalblaridan
joy olib, ularni yangi marralarni zabt etish yo'lida yanada
jipslashtirdi.
42
Respublikada amalga oshgan va bo'lib o'tayotgan
o'zgarishlar hamda yangilanish jarayonlari haqida ko'p
yozish mumkin. Biroq biz faqatgina arxitekturaviy-me-
morial majmualar qurilishi sohasida amalga oshirilgan,
ulkan tarixiy va ma'naviy ahamiyat kasb etgan kat-
ta hajmdagi ishiar haqida so'z yuritmoqdamiz, xolos.
Shubhasiz, bir sohada erishilgan yutuqlar butun mam
lakat miqyosidagi yaratuvchilik ishlarining katta hajm-
larini har tomonlama tasavvur etish imkoniyatini bera-
di. Nisbatan qisqa tarixiy davr ichida mamlakatimizda
mustahkam o'rnashgan do'stlik va yuksak ma'naviyat
an'analari asosida insonlarning qalbiga yo'l ochildi. Bu
o'zbek haykaltaroshlik san'atining mustaqillik yillarida
erishgan eng yuksak yutug'idir.
Mazkur maqolani biz O'zbekistonda mustaqillik
yillarida bunyod etilgan ayrim arxitekturaviy-me-
morial majmualarga bag'ishladik xolos. Shubhasiz,
barcha majmualarning to'liq
qiyofasi, chuqur ma'nosi
va mazmunini ochib berish kitoblarni yaratish va yan-
gi ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish uchun mavzu vazifasini
o'tab beradi.
1.
Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas
kuch". - Toshkent: Ma'naviyat, 2008.
2.
Karimov I.A. Buyuk ajdodimizga sharaflar
bo'lsin. 2003-yilning 27-noyabrida Bahovuddin Naqsh-
dandiy xotira majmuasidagi tantanalarda so'zlagan
nutqi.
Dostları ilə paylaş: