M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Meros va hozirgi zamon

Ravshan Nazarov
falsafa fanlari nomzodi


45
’ БУКЖ ХИЭМЛТЛЛРМ УЧУИ " ОРДЕ1Ш
'* Ь>К>К ЧИ1М АТЛАРН У Ч У Н " ОРДЕНИ
|
V f t
0
& | k - L \
wyt&*
С.
y iy / c . h
,ОС#ои
J0Hsi И Ш
{4~ *C<*J
М>а,».я»Ф И, А Кл^чшо»
? / А
г^ - г “
<*Ч. /
Г 
ь»
5
;>й
OCfrsg/'tXf, «,£wrr~Q7f*r
ОЛ 4 U f 
X
.
32 мм
Зл»Т-»
W w n # И A t>«fani»x 
7f '
l &
k£f>0*-
28 мм


46
"O'Z ISHLARIM DA MEN O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
BIRINCHI PREZIDENTINING G'OYALARINI GAVDALANTIRDIM"
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi Qaroriga 
muvofiq O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning haykalini 
yaratish bo'yicha xalqaro ijodiy tanlov tashkil qilingan edi.
Tanlovda O'zbekiston, Ukraina, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Germaniya, Italiya va Avstraliya- 
dan 58 nafar muallif ishtirok etdi. Tomoshabinlar e'tiboriga jam i 68 ta loyiha havola etildi.
Tanlovda mashhur haykaltarosh, O'zbekiston badiiy Akademiyasining haqiqiy a'zosi, 0 ‘zbekis- 
tonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, A. Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sohibi llhom Jabborov 
g'olib bo'ldi.
Biz undan tanlovdagi ishtiroki va Islom Karimovning haykalini yaratishga oid ijodiy jarayon 
to'g'risida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashishni iltimos qildik.

Eng avvalo, bunday nufuzli tanlovda qatnashish 
men uchun juda mas'uliyatli va ayni paytda olijanob ish 
bo'lganligini ta'kidlamoqchi edim. Tanlovning boshqa 
ishtirokchilariga nisbatan, menda bir afzallik bor edi
u ham bo'lsa shundan iboratki, men O'zbekiston Res­
publikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan yax- 
shi tanish bo'lganman va mustaqillikning qator yillari 
davomida o'z asarlarimda uning g'oyalarini gavdalan- 
tirgan edim. Hozir ushbu asarlarim butun respublika- 
miz bo'ylab o'rnatilgan.
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab men Islom Ab­
dug'aniyevich bilan bevosita hamkorlikda ish olib bor- 
dim. Ana shu yillar davomida men uni puxta o'rgandim, 
turli holatlarda qiyofasining tuzilishi, kayfiyati va harakat- 
larini kuzatdim, chunki yurtboshimiz bilan biryil davomi­
da o'rta hisobda uch-to'rt marta uchrashardim.
Mustaqillik yillarida yaratgan barcha ishlarim mam- 
lakatimiz Birinchi Prezidenti tomonidan bayon etilgan 
konseptual g'oyalar va kompozitsion yechimlarga il- 
homlanib va keng yondashib ularda fikr va g'oyalarini, 
yurtimiz tarixining turli davrlarida mashhur bo'lgan va 
jahon tarixida yorqin iz qoldirgan shaxslar haqidagi ba­
diiy tasavvurlarini aks ettiradi.
Islom Karimovga eng yaxshi haykali uchun konkurs 
e'lon qilinganda men Birinchi Prezidentimizning badiiy 
obrazlarini yaratish imkoniga alohida iliqlik, samimiylik 
bilan yondashdim. Uning tashqi ko'rinishida men ichki 
kechinmalarni, xalqqa bo'lgan mehrini va muhabbati- 
ni aks ettirishni xohlardim. Men Islom Abdug'aniyevich 
qiyofasini o'z xotiramda saqlanib qolgan hayotiy cheh-


47
ralarini qayta tiklab hamda foto va video materiallardan 
foydalanib gavdalantirishga qaror qildim.
Biz tanlovga ishning yettita namunasini taqdim etdik 
va ulardan ikkitasi qabul qilindi. Natijada menga birinchi 
o'rin nasib etdi va monumentni yaratish bo'yicha ishlarni 
boshlash haqida vazifa yuklatildi.
Hozir, haykalini "Oqsaroy" binosi oldiga o'rnatish 
ishlarini yodga olar ekanman, u o'rnatiladigan tagkur- 
sining balandligi haqida bir nechta fikrlar paydo bo'ldi. 
Fikrlar bo'lindi: men uning balandligi aniq bir balandlikda 
bo'lishi kerakligi haqidagi fikrimda turdim, ammo bosh- 
qalar esa, (ularning orasida Tatyana Akbarovna ham bor 
ed), tagkursi biroz pastroq bo'lishi kerakligi haqida taklif 
berishdi. Men haykalga turli tomonlardan nazar tashlab 
ko'rishni taklif qildim. Biz hammamiz birgalikda haykaldan 
uzoqlashib va yana yaqinlashib jo'shib u yoki boshqa 
balandliklardagi ko'rish samaralari to'g'risida bahs-mu- 
nozaralar olib bordik. Natijada men o'zimning dalil-isbot- 
larim to'g'ri ekanligiga hammani ishontirdim, chunki haykal 
muhtasham "Oqsaroy" binosi oldiga o'rnatilayotganligi va 
tagkursining pastroq balandlikda o'zining ulug'vorligini 
yo'qotishi mumkin edi. Pirovardida, men tomonimdan 
taklif qilingan tagkursining balandligi maqbulligi haqidagi 
fikrimga hamma qo'shildi. Bunda Tatyana Akbarovnaning 
tagkursini silindrik shaklda qilish "Oqsaroy" binosining 
shakli bilan juda uyg'unlikda mos kelishi haqidagi taklifi- 
ning muhimligini ta'kidlab o'tish joizdir. Shunday qilib biz 
oamaslahat tagkursining shakli va ba- landligini aniqlab 
oldik. Keyinchalik haykalni o'rnatish biz- ning umumiy qa- 
rorimiz to'g'ri ekanligini tasdiqladi.
Islom Abdug'aniyevichning haykali men uchun
- bu muqaddas burch va O'zbekistonning Birinchi 
Prezidentiga nisbatan hurmatdir, u bilan menda yaxshi 
munosabatlar paydo bo'lgan. Bunday buyuk insonning 
qiyofasini qayta yaratish bo'yicha ishlar, shak-shubha- 
siz, men uchun katta sharaf!
-

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə