M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik


  Vahhobiylik va uning 0 ‘zbekistondagi tashkiliy tizimi



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39

2. 
Vahhobiylik va uning 0 ‘zbekistondagi tashkiliy tizimi 
«O‘zbekiston islom  harakati»ning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi
Vahhobiylik  islom  dinining  hanbaliy  mazhabidagi  diniy-siyosiy 
oqim  bo‘lib,  18-asming  o ‘rtalarida  Markaziy  Arabistonning  Najd 
vohasida yuzaga  kelgan.  Asoschisi  Muhammad  ibn  Abdulvahhob  1703- 
yilda  tug‘ilgan.  Ustozi  Abdul loh  ibn  Sayfo  yosh  Abdulvahhobni 
hanbaliy  mazhabi  yo‘nalishida  vaxdoniyat  (yakkaxudolik)  aqidasi 
bo‘yicha  tarbiyalagan.  Uning  dunyoqarashida  mashxur  vaxdoniyatchi 
Ahmad  ibn  Taymiya  asarlari  katta  rol  o‘ynagan.  Natijada  u  Islom 
olamida  vaxdoniyatning  qattiq  himoyachisi,  tashviqotchisi  sifatida 
maydonga chiqdi.
Vahhobiylik  oqimining  yuzaga  kelib,  chuqur  ildiz  otib  mashxur 
bo‘lib  ketishida  ingliz  razvedkasi  katta  rol  o'ynagan.  Sababi  Islom 
halifaligi  1517-yildan  qudratli  Turk  sultonligi  qoMiga  o‘tib  ketgan  edi. 
Inglizlar  o ‘zlarining  yaqin  sharqdagi  siyosiy  raqiblari  bo‘lmish  Turk 
imperiyasini  zaiflashtirish,  payini  qirqish  uchun  vahhobiylik  harakatini 
har tomonlama qo‘llab turgan va undan  foydalangan.
Amir  Muhammad  ibn  Saud  Markaziy  Arabiston  yarim  orolidagi 
mayda  sulolalar  boshqargan  amirliklami  birlashtirishda  vahhobiylik 
ta’limotidan  foydalandi.  Muhammad  ibn  Saud va uning o ‘g‘li  Abdulaziz 
vahhobiylar  bayrog‘i  ostida  yarim  orolning  katta  qismini  kuch  bilan 
egallab,  birinchi  saudiylar davlatini barpo qildilar.
Vahhobiylarning  Sharqiy  Arabistonni  istilo  qilish  chog‘ida  1792- 
yili  Abdulvahhob  vafot  etdi.  Vahhobiylar  Arabistonni  birlashtirish, 
vaxdoniyatni 
targ‘ib 
etish 
bahonasida 
bosqinchilik, 
talon-taroj, 
vayrongarchilik  harkatlarini  olib  bordilar.  Vahhobiylarning  arablami 
Islomning  yashil  bayrog‘i  ostida  birlashtirish  g ‘oyasi  o'sha  vaqtlarda 
arab yerlarida hukumronlik qilayotgan  Turkiyaga qarshi qaratilgan edi.
0 ‘sha  davrda  inglizlaming  Yaqin  Sharqda  o‘z  ta’sir  doirasini 
kuchaytirishiga  Turkiya  to‘sqinlik  qilar  edi.  Shuning  uchun  inglizlar 
vahhobiylami 
qo‘llab-quvvatlash 
orqali 
Turkiyani 
zaiflashtirish 
siyosatini  yurgizdi.  Shu  bois  Turkiya  hukumati  vahhobiylarga  qarshi 
harbiy 
harakatlami 
boshlab 
yubordi. 
1811-yili 
Misr 
podshosi 
Muhammad  Alining  qo‘shinlari  vahhobiylarga qarshi jangga  kirishdi  va
76


1818  yilga  kelib  vahhobiylar  hukumatini  tor-mor  etdi.  Lekin  uni 
butunlay yo‘qotib tashlay olmadi.
Vahhobiylik  hozirga  qadar  Saudiya  Arabistonida  hukmron  g ‘oya 
sanaladi.  Bu  diniy-siyosiy  oqimning  izdoshlari  Osiyo  va  Afrika 
mamlakatlarida  mavjud.  Keyingi  davrda  bu  oqimga  ergashuvchilar 
Pokiston,  Afg'oniston  va  Tojikistonda  ham  paydo  bo‘ldi.  Shu  davlatlar 
orqali  vahhobiylik  XX  asming  80-yillar  oxiri,  90-yillar  boshlarida 
0 ‘zbekistonga  ham  kirib  kelib,  ayrim  dunyoqarashi  sayoz,  shakllanib 
ulgurmagan yoshlarimizni o ‘z domiga tortishga harakat qildi.
Vahhobiylik  oqimining  asoschisi  Muhammad  ibn  Abdulvahhob 
faqatgina yakkayu yagona Allohga  sig‘inishni targ'ib qilib,  musulmonlar 
faqat  Qur’on  va  sunna  (hadis)  ga  amal  qilishlari  kerak,  deb  Islomga 
kiritilayotgan  har  qanday  yangilik  (ijmo‘)larga  qarshi  chiqqan.  Islom 
amaliyoti  payg‘ambar  zamonlarida  qanday  bo‘lsa  shunday  bo‘lishi 
kerak,  degan  talabni  o‘rtaga  qo‘ygan.  Vahhobbiylar  «dinni  tozalashga, 
Muhammad davridagi asl holiga keltirish»ga harakat qilgan.
Abdulvahhob  m o‘min  kishi  faqat  yolg'iz  Allohga  sig‘inib  Undan 
panoh  tilashi,  madad  kutishi  mumkin.  Musulmonlar  muqaddas joylami 
ziyorat  qilishi,  aziz-avliyolar  duolaridan  shafoat,  yordam  tilashi,  hatto 
payg‘ambarlarga  ham  sig‘inishi  mumkin  emas.  Bu  Allohga  shirk 
keltirishdir,  deydi.  Vahhobiylar  hatto  payg'ambaming  Madinadagi 
maqbarasiga ziyorat uchun borish ham bid’at deb  aytadilar.  Vahhobiylar 
erkaklarga ipak kiyimlar kiyish,  oltin taqinchoqlar taqish, musiqa chalish 
va tinglash,  qo‘shiq aytish,  raqsga tushish,  rasm  chizish,  suratga tushish, 
katta  bayramlar  o ‘tkazish,  tumor,  ko‘zmunchoq  taqish,  duoxonlik, 
qabrlar  tepasiga  yodgorlik  toshlari  qo‘yish,  sham  yoqish  va  boshqalami 
bid’at deb, ularni taqiqlaydilar.
Ular  insoniyatni  kamolot  cho‘qqilariga  etaklovchi  tasaw ufga ham 
qarshi  turganlar.  Avliyo-mashoyihlarga  ixlos  qilislmi  kufr  va  gunoh  deb 
biladilar.  Mavlud kunlarini  nishonlash,  marxumlaming ruhlariga  Qur’on 
tilovat  qilishni,  aziz-avliyolar  yotgan  muqaddas joylami  ziyorat  qilishni 
rad  etib,  bular  ham  Allohga  shirk  keltirishdir,  gunohi  azimdir  deb 
qaraydilar.
Vahhobiylikda g ‘ayridinlarga,  «ilk islom ahkomlaridan chekingan» 
musulmonlarga  qarshi  kurash  alohida  o ‘rin  tutadi.  Ularning  da’vatini 
qabul qilmaganlaming barchasi go‘yo «kofir» dirlar.
77


Hozirgi  zamon  vahhobiylari  yuqoridagilardan  tashqari,  kino,  teatr, 
konsertlarga ham qarshidirlar.
Vahhobiylik  xatarli,  reaksion  diniy-siyosiy  oqimdir.  Ular  odatda 
terror  yoki  davlat  to‘ntarishi  yo‘li  bilan  hokimiyat  tepasiga  kelishga 
intiladilar.
Vahhobiylik  diniy-siyosiy  ekstremistik  oqimining  tashkiliy  tizimi 
bo'lm ish  « 0 ‘zbekiston  islom  harakati»  xalqaro  ekstremistik-terorchi 
oqimlari  «Tolibon  harakati»,  «al-Jihod»,  «Harakat  ul-Ansor»,  «al- 
Qoida»  va  boshqalar  bilan  til  biriktirib,  ularning  rahnamoligida  1990- 
1992-yillarda  tashkil  etilgan.  0 ‘zbekistonda  vahhobiylik  tuzog'iga 
ilinganlar birinchi  bo‘lib  1989-yilda Namangan  shahridagi «Otavalixon» 
masjidini  o ‘zlariga  qarorgoh  qilib  oldilar,  so‘ng  1989-1990-yillarda 
Q o'qon  va  Andijon  shaharlarida  «Jome»  masjidlami  zo‘ravonlik  yo‘li 
bilan  egalladilar.  1995-yilda  mazkur  jome  masjidlar  faoliyati  adliya 
boshqarmalari  tomonidan  tcTxtatilgach,  vahhobiylar  respublika  bo‘ylab 
yoyilib  ketdilar.  0 ‘zbekistondagi  vahhobiylar  uzun  soqol  qo‘yish, 
namozda  ikki  oyoqni  keng  kerib  qiyom  turish,  qo‘llarini  ko‘krakda 
bog‘lab  turish,  baland  ovozda  «omin»  deyish  bilan  hanafiylik  (Imom 
A ’zam) mazhabidagilardan ajralib turadilar.
Vahhobiylar  Islom  niqobi  ostida  kishilar  ongiga  ta’sir  ko‘rsatib, 
ulami  bu  yo‘lda  jonini  ham  tikib,  hatto  o ‘zlarining  ota-ona,  yaqinlari 
hayotini  ham  shu  yo‘lda  qurbon  qilish  ruhida  tarbiyalashga  harakat 
qiladilar. Ulaming maqsadi  yurtimizda amaldagi tuzumni ag‘darib,  Islom 
davlati  qurishdir.  Ana  shu  g'oyani  zo 'r berib  vahhobiylik  y o iig a  kirgan 
kishilar ongiga singdirishga intiladilar.
Hozirgi  vahhobiylar  o ‘zgaruvchan  zamon  talablarini,  zamona 
zaylini  mensimaydigan,  taraqqiyotning  ashaddiy  dushmani,  o‘taketgan 
mutaassib,  fanatik,  jaholatparast,  o ‘z  maslagiga  ko‘r-ko‘rona  yopishib 
olib,  uni  zo‘rlik  bilan  insonlarga  tiqishtirish  uchun  keskin  chora- 
tadbirlardan tap tortmaydigan johil, ekstremist, jangarilardir.
Ularning  bunday  harakatlari  dinimiz  birligiga  putur  etkazadi. 
Faoliyatlari  insonlar  uchun  hatarli  bo'lganligi  sababli  ko‘pgina  Islom 
davlatlarida vahhobiylik man etilgan.
Dinimizni  bunday  salbiy  oqim,  yo'l  kabi  tamioqlarga  boiinishi 
kishilami dunyoviy hayotdan chalg‘itadi, taraqqiyotni orqaga suradi.
78


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə