M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39

0 ‘zbekiston  Respublikasining  jinoyatchilikka  qarshi 
kurash 
bo'yicha  davlat  siyosatini  quyidagi  bir  necha  yo‘nalishlarga  bo‘lish 
mumkin:
1)  0 ‘zbekiston  Respublikasida  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 
tizimini erkinlashtirish.
2)  Hozirgi  davr  talabi  asosida jinoyatchilikka  qarshi  kurash  bilan 
bog'liq  soha  qonunlariga  insonparvarlik  g ‘oyalarini  singdirish 
chorasini ko‘rish.
3)  Ijtimoiy adolatni, qonun ustivorligini ta ’minlash.
4)  Jinoyat  ishlarini  ko ‘rishga  ixtisoslashgan  sud  organlari 
faoliyatida  qonuniylikni  izchil  qaror  toptirish  va  oshkoralikni 
ta’minlash.
5)  Jinoyatlaming  oldini  olishda  nafaqat  huquqni  muhofaza 
qiluvchi  organlar,  balki jamoatchilikning,  fuqarolaming  o'zini- 
o ‘zi  boshqarish  organlarining  kuchiga  tayanish.  Ayni  vaqtda 
jamoatchilikning  havfsizligini  ta’minlash  bilan  bog‘liq  barcha 
choralarni ko‘rish.
6)  Ichki  ishlar,  Milliy  havfsizlik  xizmati,  tergov,  prokuratura 
organlari,  sudlar  va  boshqa  organlar  faoliyatining  bir-biridan 
tashkiliy  jihatdan  farq  qilishini  hisobga  olgan  holda,  mazkur 
sohalaming  har  birining  mustaqil  faoliyat  olib  borishini 
ta’minlash,  har  bir  organlaming jinoyatchilikka  qarshi  kurash 
borasidagi m a’suliyatini oshirish.
7)  Huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlaming  jinoyatchilikka 
qarshi  kurash  borasidagi  faoliyatlarini  muvofiqlashtirish 
mexanizmini  ishlab  chiqish va qonuniy  asosda mustahkamlash 
uchun prokuratura organning bu  boradagi  o ‘mini  «Prokuratura 
to‘g ‘risidagi» qonunda aks ettirish.
8)  Jinoyatchilikka qarshi kurashda fan yutuqlaridan, ilmiy-texnika 
vositalaridan  yanada  samarali  foydalanish  yo‘l-yo‘riqlari  va 
usullarini ishlab chiqish va amaliyotda joriy etish.
9)  Jinoyatchilikka  qarshi  kurashuvchi  organlar  xodimlarining 
kasb mahoratini oshirish.
Yuqoridagilarga 
asoslanib, 
aytish 
mumkinki, 
davlatning 
jinoyatchilikka  qarshi  kurash  borasidagi  siyosati  nihoyatda  ko‘pqirrali 
bo‘lib, uni amalga oshirish murakkab amaliy jarayonni o ‘z ichiga oladi.
100


Mamlakatimizda  terrorizmga  qarshi  kurashda  m a’naviy-ma’rifiy, 
mafkuraviy  tarbiya  orqali  olib  borishga  alohida  ahamiyat  berilmoqda. 
Bunda  esa,  avvalo  fuqarolarimizga  dunyoviy  mohiyatga  ega  din  haqida 
m a’lumot  berish  va  diniy  yo'nalishdagi  maktablar  va  machitlardagi 
suhbat  va  ma’ruzalarda  terrorchilikning  mohiyatini  ochib  tashlash 
yoMidan foydalanilmoqda.
Respublikamiz  fuqarolarining  erkinliklarini,  ulaming  ongida 
demokratik  qadriyatlarni  va  milliy  mafkurani  mustahkamlash  va 
rivojlantirish  hozirgi  paytda eng dolzarb vazifalardan  biri.  Yurtboshimiz 
ko‘rsatganidek,  «o‘z  haq-huquqini  taniydigan,  o ‘z  kuchi  va  qobiliyatiga 
tayanib  yashaydigan,  atrofida  ro‘y  berayotgan  voqea-hodisalarga 
mustaqil  munosabatda  bo'ladigan,  shu  bilan  birga,  o ‘z  shahsiy 
manfaatlarini  mamlakat  va  xalq  manfaatlari  bilan  uyg‘un  holda 
ko'radigan  erkin  shahsni  shakllantirish  uchun  barcha  shart-sharoitni 
yaratish 
darkor». 
Huquqiy 
davlat 
tuzish 
mohiyatini 
chuqur 
anglamaguncha,  uning qonun-qoidalarini  hurmat qilmaguncha taraqqiyot 
bo‘lishi  amrimahol.
Mamlakatimizning milliy  istiqlolini  mustahkamlash yo‘lida nafaqat 
murakkab  iqtisodiy  va siyosiy  masalalami  hal  qilishga to‘g‘ri  kelmoqda, 
shuningdek,  taraqqiyot  yo'nalishini  tanlash,  qurilajak  jamiyatning 
mazmun-mohiyati,  tashkiliy  va  boshqaruv  tamoyillari, jamiyat  va  inson 
munosabatlari  qanday  bo‘lishi  lozimligi  masalasini  xalqqa  tushuntirish, 
turli  yot.  soxta,  reaksion,  ekstremistik  qarashlardan  uni  himoya  qilishga 
zarurat tug‘ilmoqda.
Prezidentimiz  ta’kidlaganidek,  muholiflarimizning  eng  yovuz 
quroli  -   milliy  qadriyatlarimizga  to‘g‘ri  kelmaydigan,  eng  yomoni, 
ertaga  o ‘rnimizni  egallashi  lozim  bo‘lgan  yoki  avlodning  qalbi  va 
tafakkurini zaharlaydigan buzg‘unchi  mafkuradir.
G 'oyaga  qarshi  g ’oya,  jaholatga  qarshi  ma’rifat  bilan  kurashish, 
yosh  avlodni  milliy  g ‘oyada  aks  etadigan  millatning  haqiqiy  orzusi  -  
ozod  va  obod  Vatanda  erkin  va  to‘q  yashash  orzusiga  sadoqat  ruhida 
tarbiyalash  uchun farzandlarimiz yuragida ona Vatanga,  boy  tariximizga, 
ota-bobolarimizning  muqaddas  diniga  sogMom  munosabatni  qaror 
toptirishimiz,  ulaming mafkuraviy  immunitetini  kuchaytirishimiz zarur.
Turli  g'oyaviy  xurujlar  avj  olayotgan,  ular bizning  eng  muqaddas 
g‘oyalarimizga va maqsadlarimizga tahdid  solayotgan  bir paytda fojealar
101


sodir boMmasidan  ilgariroq  uning oldini  olishning  eng to ‘g ‘ri  va yagona 
yo‘li  -   begona  va  soxta  g'oyalarga  qarshi  g‘oyaviy  immunitetni 
kuchaytirish  lozim.
Milliy  istiqlol  mafkurasining shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi  eng 
katta sabab -  bu eski  aqidalardan xalos bo‘lishning og‘irligi.
Hozirgi  zamondagi  eng katta  havf -  insonlaming  qalbini  va ongini 
egallash  uchun  uzluksiz  davoni  etayotgan  mafkuraviy  kurashdir. 
Endilikda yadro  maydonlarida emas,  mafkura maydonlarida bo'layotgan 
kurashlar ko‘p narsani  hal qiladi.
Buni  Prezident  Islom  Karimov:  «Hozirgi  vaqtda  qudratli  davlatlar 
va muayyan  siyosiy  markazlar o‘z  maqsadlariga erishishi  uchun,  avvalo, 
zabt  etmoqchi,  o ‘z  ta’sir  doirasiga  olmoqchi  boMgan  mamlakatlaming 
aholisi ongini o ‘ziga qaram qilishga intiladi», - deb ta’riflaydi.
Jahon  siyosatida  mafkuraviy  ta’sir  o‘tkazish  orqali  xalqlarni, 
mamlakatlami  zabt  etish  tamoyili  kuchaymoqda.  G ‘oyaviy  tazyiqning 
bunday shakli -  turli tuman. Jumladan,  islom omilidan foydalanish, diniy 
ekstremizmni  kuchaytirish  orqali  diniy  terrorizmni  amalga  oshirishga 
intilish yuqori mavqega ega bo‘lmoqda.
Islom  dini  yuksak  madaniy,  axloq-odob,  ma’naviyat,  m a’rifat 
mezoni  sifatida  hayotimizdan  chuqur  o ‘rin  olgan.  Bizning  diniy 
aqidalarimiz  turmush  tarzimizning  mazmuniga  aylangan. 
Milliy 
an’analarimiz, urf-odatlarimiz islom dini qoidalari, talablari va mezonlari 
asosida 
shakllangan. 
Bizning 
dunyoqarashlarimizda, 
hayotga 
munosabatlarimizda,  turmush  tarzimizda  islom  dinining  ta’siri  va  o‘mi 
katta.  Buni  inkor  qilib  boMrnaydi.  Buni  inkor  qilishda  nomaqbul 
g‘ayriinsoniy  hodisani  yaqin  o ‘tmishimizda  ko‘rdik.  Kommunistik 
mafkuraning  «Din  -  afyundir»,  -  degan  shiori  Sobiq  Sho‘ro  musulmon 
xalqi  hayotini  xonavayron  qildi,  uning  ruhini  sindirdi,  m a’naviy jihatdan 
shikasta qilib qo‘ydi.
Mafkuradagi  bunday  nomaqbul  holat  hech  qachon  yashovchan 
bo‘lmaydi.  Chunki  odamlar o ‘z  sha’ni,  his-tuyg‘usi  va oriyatiga  aylanib 
ketgan  g‘oyalarga  qarshi  turgan  g ‘oyani  mutlaqo  qabul  qilmaydi.  Ular 
qalbi  va  ongiga  esa,  mafkurani  zo‘ravonlik,  tazyiq  va 
zulm  orqali 
singdirib  boMmaydi.  Agar  mafkura  chindan  ham  zo'ravonlik  yo‘lini 
tanlasa,  jamiyat  taraqqiyotiga  to‘g ‘anoq  bo‘ladi.  Chunki  hukmron 
g‘oyaning  quliga  aylangan  fuqaro  mutelik  va  tobelik  kayfiyati  bilan
102


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə