M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39

Muhammad  alayhissalom  dunyoga  kelgan.  Uning  dini  esa,  Islom. 
Islomning  mohiyati  yagona  Ollohga  sig'inish,  rost  gapirish,  hidoyatga 
yoMlash.
3-talaba:  Lekin  har  kim  har  xil  talqin  qiladi.  Tabiatan  odam  bolasi 
dunyoni  o‘zining  qarichi  bilan  oMchaydi.  Shuning  uchun  ham,  garchi 
Islom muqim turgan boMsa-da, daraxt tanasidan chiqqan shoxlarday, turli 
qarash  va  turli  oqimlar  paydo  boMgan,  ayrim  kimsalar  esa,  saltanatni 
qoMga  kiritish  niyatidagi  sa’y-harakatini  Islom  vositasida  niqobladi  va 
oqibatda ular m o‘minlarni  turli  guruhlarga ajratib yubordi.  Ba'zilari  esa, 
o'zlarining  g‘arazli  niyatlarini  amalga  oshirish  uchun  dinga  yolg'onni 
qo‘shdilar,  munofiqlar  o“zlarining  buzuq  fikrlarini  oyat  yoki  hadislar 
bilan  isbotlashga  harakat  qilib  musulmonlarni  aldadilar  va  Islomdan 
buzg‘unchilik yoMida foydalandilar.
4-talaba:  Aslida  Islom  dunyosida  Qur’oni  Karim  va  Hadisi 
shariflardan  kelib  chiqqan  turmush  tarzi  Movaraunnahr  hududidagi 
barcha  musulmonlaming  kundalik  hayotiy  turmush  tarzi  sifatida 
qadrlanadi.  Uning  asosiy  qadriyatlari  Iyd  ramazon,  Qurbon  hayit, 
payg‘ambarlarni 
ulugMash, 
Islom 
saltanatini 
mustahkamlash 
va 
abadiylashtirishda  xizmat  qilgan  buyuk  allomalami,  an’analar  va  urf- 
odatlami  qadrlash  ularning  kundalik  ehtiyojiga  aylanib  qoldi.  Bugungi 
kunda o‘zini  musulmon  hisoblagan har bir insonni  ana shu qadriyatlarsiz 
va  musulmon  turmush  tarzisiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Ma'lumki,  mazkur 
turmush  tarzi  kishilaming  halol,  sof,  imonli  boMishlarida  katta  rol 
o ‘ynaydi.  Umuman  olganda,  Islom  axloqiy  pok  insonlarni  tarbiyalashda 
juda  katta  ahamiyatga  ega  boMgan  ma’naviy  qadriyatdir.  Bu  m a’naviy 
qadriyat  musulmonlarni  hamisha  bir  butun,  uyushgan  va  hamjihatlikda 
yashovchi  birlik  sifatida  mavjudligini  ta’minlovchi  muhim  omil  boMib 
kelgan.
5-talaba:  Albatta,  tarix  manfaatlar  uyg‘unligi  va  ziddiyatlar 
birligidan  iborat  boMgan  hodisadir.  Shuning  uchun  ham,  Islom  dinining 
paydo bo‘lishidan to  shu bugunga qadar,  g'oyalar,  manfaatlar,  hokimiyat 
uchun  kurashlar silsilasidan  iborat  boMgan  voqealami  kuzatish  mumkin.
106


Bu kurashlar hamisha xalqning tinchligi,  osoyishtaligi va pokiza hayotini 
buzgan,  uni  notinch  qilgan.  Shuning  uchun  ham,  din  tarixini 
varaqlaganimizda  ana  shunday  notinchliklar  guvohi  bo‘lib,  ulaming 
saboqlarini  muhokama  qilib,  bugungi  kunda  Islom  dunyosida  sodir 
boMayotgan har qanday  harakatga juda katta javobgarlik  hissi  bilan  baho 
berishimiz lozim.
2-gurux taqdimoti:
1-talaba:  Islomni  asl  holida  saqlab  qolish  uchun  harakat  qilib 
odamlarni  bir-biriga  qarshi  qo‘yib,  qon  to‘kishni  tashkil  qilayotgan, 
amalda  o‘zining  huzur-halovatini  o ‘ylayotgan  kimsalarni  Yevropada 
fundamentalistlar,  Markaziy  Osiyoda  aqidaparastlar  yoki  ekstremistlar, 
deb ataydilar.
Fundamentalizm  so‘zi  asli  lotinchadan  kelib  chiqqan  boMib,  asos 
yoki  poydevor  m a’nosini  bersa-da,  aqidaparastlik  tushunchasi  unga mos 
keladi.  Biron  narsaning  asosi,  jumladan,  dinning  asosi  yoki  poydevori. 
Fundamentalizm  barcha  dinlarga  xos  bo‘lib,  dinning  asli  qanday  boMsa, 
shundayligicha saqlab qolishga harakat qilinadi.
2-talaba:  Islom  fundamentalizm!  hozirgi  Islomdagi  uch  oqimdan 
(traditsionalizm  va  modernizm  bilan  birga)  biri.  Bu  oqim  o'zini  diniy 
uyg‘onish  tarafdorlari  deb  ataydi.  Islom  fundamentalizmining  asosiy 
konseptsiyasi  Islomning  fundamental  prinsiplari  kapitalizmdan  ham, 
sotsializmdan  ham  farq  qiluvchi  mustaqil  “Islom  taraqqiyot  yo‘li”  ni 
belgilab  beradi,  deb  hisoblaydilar.  Islom  traditsionistlaridan  farq  qilgan 
holda,  ular ana shu  fundamental  prinsiplarni  tiklash va ularga amal  qilish 
tarafdorlaridir.  Lekin  islom  modemistlariga qarshi  ular ana shu  prinuip- 
larni  hozirgi  davr  taqozosiga  moslab  qayta  talqin  etish  mumkin  emas, 
deb hisoblaydilar.
3-talaba:  Islom  traditsionistlari  esa,  o‘rta asr aqidalariga  izchil  amal 
qilib,  dinni  har  qanday  isloh  qilishlarga  qarshi  chiqadilar  va  yoki 
ulaming  fikricha,  dinda  “ijtihod  eshiklari  yopiqdir”.  Ular  milliy  ong
107


sohasida  islomni  millatchilikka  qarshi  qo‘yadilar,  ya’ni  musulmonlar 
qaysi  millatdan  boMishiga  qaramay, jam iyatda  islom  aqidalariga  so‘zsiz 
amal  qilishi  kerak,  ijtimoiy  ong  sohasida  esa,  musulmon  jamoasi 
a ’zolari,  ummatlar teng huquqli,  ularni  bir-biridan ajratish mumkin emas, 
degan konseptsiyani  ilgari  suradilar.
4-talaba:  Ular ham  fundamentalistlarga o'xshab din va siyosatni  bir, 
deb  tushunadilar.  Fundamentalistlar  islom  bilan  millat  manfaatlarini  bir, 
deb  hisoblaydilar.  Fundamentalizm  tarafdorlarining  maqsadi  ijtimoiy 
adolat  uchun  kurashish  bo‘lib,  hatto  mazlum  tabaqalarni  boshqalardan 
ajratib,  ular nomidan  ish ko‘radilar.
Traditsionalizm  yarim  feodal  tabaqalar  mafkurasi  b o iib ,  dehqonlar, 
hunarmandlar  psihologiyasini  aks  ettirsa,  fundamentalizm  radikal  va 
konservativ dunyoqarashdagi mayda guruhlar manfaatlarini  ifodalaydi.
5-talaba:  Diniy  fundamentalizm,  ya’ni  aqidaparastlik  ko‘r-ko‘rona 
ishonishga,  e’tiqodga  asoslangan,  dalilsiz,  isbotsiz  qoidaga,  ishonch 
bilan  aytilgan  fikrga  yoki  qattiq  ishonilgan  mulohazaga  asoslanadi.  Shu 
sababli  aqidaparast  odamlarga  aqidalarga  ko“r-ko‘rona  ishonuvchi, 
aqidalarga yopishib  olgan,  dogmatizm  tarafdori  sifatida qaraladi.  Chunki 
dogma  bu  -   tanqidiy  tekshirmay,  ko‘r-ko‘rona  qabul  qilingan  qonun- 
qoida,  tikr-mulohaza,  aqidadir.  Shuning  uchun  ham  aqidaparast 
dogmalarga,  aqidalarga  asoslangan  tafakkurga,  eskirgan,  qotib  qolgan 
nazariy  qonun-qoidalarga  tanqidiy  ko‘z  bilan  qaramay,  ko‘r-ko‘rona 
ishonadi va unga amal  qiladi.
6-talaba:  Demak,  diniy  fundamentalizm  -   aqidaparastlik  aqidaning 
o‘zgarmasligini  himoya  qiladigan,  vahiy  va  mo“ jizalarning  muqaddas 
kitoblardagi  bayonining  harfiy  talqini  tarafdori,  ularning  har  qanday 
majoziy  talqinga  murosasiz,  so‘zma-so‘z  talqinga  asoslangan  e’tiqodni 
aqlga  tayangan  mantiqiy  dalillardan  ustun  qo'yadigan,  muayyan  diniy 
e’tiqod  shakllanishining  boshlang‘ich  davrida  belgilangan  barcha  yo‘l- 
yo‘riqlaming  qat’iy  va  og‘ishmay  bajarilishini  talab  qiladigan  diniy 
oqimlami  ifodalashda qoMlaniladigan istilohdir.
108


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə