M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39

0 ‘qituvchi  bu  darsni  o‘tish  davomida  turli  xil  yig‘inlarda,  “amri 
m a’r u f ’  xatti-harakatlarlarda  din  peshvolarining  iymonu  e'tiqodga 
chorlovchi  va’zlari,  shuningdek,  masjidlarda  jum a  namozidan  oldingi 
va’zlari 
qanday 
m a’noda 
bo‘lishini 
tushuntiradi. 
Lekin 
bu 
va’zxonlikning ba’zan galamislik niyatida vahhobiy oqimidagilar qo‘liga 
tushib  qolgan  (ayniqsa,  ko‘p joylarda  ular  o ‘z  aqidalarini  tushuntirishga 
harakat  qilgani)  sezildi.  Shu  sababli  talabalar  “da’vat”  va  “jihod”  aslida 
nima  ekanligini  tushunishlari  zarur.  Bu  o‘rinda  o ‘qituvchi  din  tarixidan 
xabardor  bo‘lishi  va  “Adolat”  gazetasining  1998  yil  6  fevralda  bosilib 
chiqqan  “Islomda  da’vat”  maqolasidan  va  boshqa  diniy  bilimlardan 
xabardor bo‘lishi zarur.
Savol:  “Da’vat”  va  “jihod”chilar  qaerdan  kirib  kelmoqda.  Uning 
mohiyati nima?
Javob:  CKtgan  asming  to‘qsoninchi  yillarida  mustaqilligimizni, 
demokratiyani  “har kim  xohlagan  ishini  qiladi”  tarzida  tushungan  ayrim 
kimsalar  kimlamingdir  qutqusiga  uchib,  turli  chet  mamlakatlarga  borib, 
jamiyatimiz  uchun  yot  b o ig an   G ‘oyalar  ta’siriga  tushganlar.  Ulaming 
maqsadi -  tinch turmushimizga raxna solish,  odamlar orasida qo‘rquv va 
norozilik  tuyg‘ularini  paydo  qilish,  “jihod”  nomi  bilan  ko‘pchilikning 
halovatini  buzib,  insonlaming  umriga zomin bo'lish,  qonini to‘kib,  mol- 
mulkiga egalik qilishdir.
“Vahhobiylar”  deb  atalmish  to‘daga  mansub  guruh  tomonidan 
Namangan  viloyatida  qilingan  vahshiyliklami  0 ‘zbekiston  xalqi 
“zangori ekrat”  orqali  ko‘rib,  matbuot sahifalarida o‘qidi.  “Vahhobiylar” 
ning  kim  ekanligi  va  maqsadi  ayon  b o‘ldi.  Ulaming  nimaga 
intilayotgani,  bu  yo‘lda  kimlami,  qay  tarzda  qurbon  qilayotganliklarini, 
ulaming  “daho-da’vatchi”larlari  bo‘lmish  Akmal  Haydarov,  Hakimjon 
Solixonov,  Qosimjon  Hojiev,  Qodir  Abdurahmonovlar 
ekran  orqali 
xalqqa qarab o ‘z tillari bilan aytdilar.
Savol:  “Da’vat” chilar kimiar?
Javob:  Ayniqsa,  “ayol  da’vatchi”,  “o ‘rus  da’vatchi”  atalmish 
qandaydir  ayolning  paranji  yopinib  soatlab  qiladigan  da’vatlari  ayrim 
sodda  ayollaming  boshini  aylantirib,  ulami  uy-ro‘zg‘or  yumushlari, 
bola-oila  tashvishini  yig‘ishtirib,  ertadan  -   kechgacha  “da’vat”  etishu 
o ‘tgan-ketgan mish-mishlami tahlil qiluvchilarga aylantirib qo‘ydi.
115


Savol:  Aslida,  o ‘zi  Islomda  da’vat  nima?  U  Respublikamizga 
qaerdan  va  qay  tarzda  kirib  keldi?  Endigina  ozodlikka  erishgan,  erkini 
qo'lga olgan xalqimiz uchun “da’vat” va “da’vat” chilar zarurmi?
Javob:  “Adolat” gazetasi  muxbiri  Shahnozaxon  Xudoyberdievaning 
savollariga  0 ‘zbekiston  musulmonlari  Diniy  idorasining  rahbari,  muftiy 
hazratlari  Abdurashid  qori  Bahromov  quyidagicha  javob  beradilar: 
“Qur’oni  Karim  oyatlarida  Olloh  taolo  da’vat  o ‘zi  nima,  m o‘min  -  
musulmonlar  da’vat  ishlarini  qanday  holatda  olib  bormoqliklari 
kerakligini  belgilab  qo‘ygan.  Tarixdan  xabaringiz  borkim,  muqaddas 
Islom  dinimizdan  ilgari  johiliyat  zamonida,  elatlar,  millatlar,  qabilalar 
o ‘rtasida  nohaq  qon  to‘kish,  zulm  ishlari  sodir  bo‘lib  turardi.  Olloh 
subhona taolo  Qur’oni Karim oyatlarida  odamlami  ana  shunday  ishlarga 
barham  bermoqlikni  bayon  qilib,  marhamat  qiladiki,  Ollohning  dinini, 
Ollohning  shariatini,  Ollohning  kalomi  -   Qur’onini,  Ollohning  arkonini 
mahkam  ushlanglar,  ya’ni  turli  qabilalarga,  guruhlarga  bo‘linib 
ketmanglar.  Sizlar  Ollohning  da’vatini,  ya’ni  iymon,  ixlos  da’vatini 
yodlaringizga  olinglar.  Bu  ulug‘  da’vat  sizlarga  berilmasidan  a w a l  siz 
bir-biringiz  bilan  dushmanlikda,  adovatda  edingiz.  Bu  ulug‘  iymon 
da’vati  tufayli  bir-birovlaringizga  qalblaringiz  ulfat  bo‘ldi,  aka-uka, 
birodar bo ‘ldilaringiz.  Vaholanki,  sizlar  ana  shunday nohaq qon  to'kish, 
zulm  ishlari  bilan bo‘lib,  do‘zax  otashida  yonmog‘ingiz  mumkin.  Olloh 
sizga  iymon  ne’matini,  Islom  ne’matini  marhamat  qilib,  ana  shunday 
qattiq  bir  azobdan  sizlami  qutqardi.  Xuddi  shuningdek,  Olloh  o ‘z 
oyatlarida  sizlarga  bayon  qiladiki,  shoyadkim,  siz  hidoyat  yo‘lida 
bo‘lsalaringiz..”
Ushbu  oyati  karimaning  davomida  da’vat  qanday  ekanligini  Olloh 
taboraka bayon  qilib  qo‘ygan:  Sizlaming  oralaringizda  shunday bir  ahli 
salohlar bo‘lsinlarkim,  ular insoniyatni yaxshilikka chaqiradigan,  ularga 
to‘g ‘ri  yo‘l  ko'rsatadigan  va  man  qilingan  munkar,  порок  yo‘llardan 
qaytaradigan  xizmatkor  da’vat  qiladiganlar  bo ‘lsin.  Ana  shunday  zotlar 
najot  soluvchilardan  bo'ladilar,  deb  Olloh  taolo  marhamat  qiladi.  Y a’ni 
da’vatda  biror  insoniyatni  yaxshilikka  chaqiradigan,  xayrli  ishlarga 
buyuradigan,  порок  yo‘llardan  qaytaradigan  kishini  da’vat 
ishlarini 
bajaruvchi, da’vatchi deyiladi. Ammo Pokistondan kelgan da’vatni, ya’ni 
Islom dinini niqob  qilib,  da’vatni  o‘zlariga  vasiqa  qilib  olib,  da’vat  deb, 
insoniyatni  noobod  yo‘llarga  chaqirib,  insoniyatni  terrorchilikka,
116


qo'poruvchilikka  boshlovchilami  biz  hech  qachon  da’vatchi,  deb  tan 
olmaymiz.  Shu bilan  birga bizlaming  idoralarimizning ulamoi  ikromlari, 
imom-xatiblari  jum a  kunlari,  mo'min-musulmonlar  yig‘inlarida  va 
ulaming  xonadonlarida  bo'ladigan  shaxsiy  marosimlarda,  alhamdulillo, 
sha’riy  da’vat  ishlarini  juda  ham  chiroyli  holatda,  Qur’oni  Karimga  va 
Hadislarga  muvofiq  holda  olib  bormoqdalar.  Biz  chaqirilmagan 
“da’vatchi”  xatti-harakatlarlami  masjidlarda  da’vat  ishlarini  olib 
borishlariga 
yo‘l 
qo'ymasligimiz 
kerak. 
Bunga 
0 ‘zbekiston 
musulmonlari  idorasi  ulamolari  tomonidan  maxsus  qarorlar  ham 
chiqarilgan.  Bu  qarorlar  Jumhuriyatimizdagi  barcha  Jome’  masjidlariga 
tarqatilgan,  ulaming  ulamoi  ikromlariga  ana  shunday  chaqirilmagan, 
chet  mamlakatlardan,  xorijdan  kelgan  yoki  o‘zimizning  oramizdan 
chiqib,  jam oat  yig‘ilgan  joylarda  da’vat  kishilarini  olib  boruvchilarga 
yo‘l  bermasligi  tushuntirilgan.  Ayrim  “da’vatchi”  erkaklar  ta’siriga 
ulaming  ayollari,  yaqinlari  xam  kirib,  go‘yo  ayollar  orasida  da’vat 
ishlarini  olib  bormoqlikni  ixtiyor etganlar.  Endilikda  bilib-bilmay  da’vat 
qilishlarga chek qo‘yilganini barcha tushunishi zarur.
0 ‘qituvchi  bu  so‘zlaming  to‘la  m a’nosini  talabalarga  tushuntirishi 
lozim.
Savol:  Namoyish  etilgan  ko'rsatuvlaming  birida  aybdorlardan  biri 
“jihod”  e’lon  qilganliklari,  “jihod  paytida  erkak-ayol  farqlanmay  qatl 
qilinishi”  haqida gapirdi.  Tinch  aholiga  nisbatan,  hech  qanday  sababsiz, 
jihod  e’lon  qilish  mumkinmi?  Bu  haqda  Qur’oni  Karimda  nimalar 
deyilgan?
Javob:  “Qur’oni  Karim  oyatlarida  —  deydi  muftiy  xazratlari,  - 
musulmonlar, 
mo‘minlar  toifalari, 
guruhlari 
o ‘rtasida 
Biron-bir 
kelishmovchiliklar,  bir-biroviga nisbatan  urush  e’lon qiladigan  bo‘lsalar, 
ulami  tezlik  bilan  ittifoqchilikka,  murosaga  keltirmoq  lozim.  Agar  ikki 
toifadagi  mo‘min-  musulmonlar  bir-birlari  bilan  urushsalar,  tezlik  bilan 
ulaming  o ‘rtalarini  isloh  qilinglar”  degan  Olloh  taoloning  amri  bor. 
Hozir  tinchlik  davrida,  alhamdilulloh,  endigina  qizil  imperiyaning 
beadad  asoratlaridan  qutulgan  bu  mustaqil jumhuriyatimizda hamda  o‘z 
yo‘lini  topib  olib,  tinch  hayot  kechirayotgan  musulmonlaming  ongini 
zaharlab,  ularni  jihoddek  noto'g'ri  yo ‘llarga  boshlashlik  -   juda  katta 
gunoh.  Tinch  aholiga  nisbatan  mana  shunday  ishlarni  qo‘llashlikni 
shariatimiz  mutlaqo  quvvatlamaydi,  tan  olmaydi.  Sizni  ishontirib
117


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə