M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39

uchrashuvida  Qozog‘iston,  Qirg‘iziston,  Tojikiston  va  0 ‘zbekiston 
davlatlarining  rahbarlari  tomonidan  imzolangan,  terrorchilik  kabi  o‘ta 
og‘ir jinoyatning  oldini olishga qaratilgan bitimni  amalda bajarish uchun 
o ‘z vaqtida aniq chora-tadbirlar  belgilangani o ‘tgan yillarda 0 ‘zbekiston 
davlatining havfsizligini ta’minlashda m a’lum o ‘rin tutdi.
Xulosa,  0 ‘zbekiston  Respublikasining  terrorchilikni  bartaraf qilish 
bilan bog'liq faoliyati:
Birinchidan,  terrorchilikning  har  qanday  ko‘rinishlariga  zarba 
berish;
Ikkinchidan, 
terrorchilikni  qo‘llab-quvvatlayotgan  davlatlarga 
qarshi jahon hamjamiyati bilan hamkorlikda kurashni davom ettirish;
Uchinchidan,  Xalqaro  terrorchilami jazolash  mexanizmidan  to‘liq 
foydalanish  va  terrorchilikka  qarshi  kurashda  boshqa  davlatlarga 
ko‘maklashish  kabi  prinsiplar  asosida  amalga  oshirilishi  maqsadga 
muvofiq.  Zero  bu  borada  aniq  chora-tadbirlar  belgilab,  javobgarlikning 
muqarrarligi  ta’minlanmasa,  xalqaro  terrorizmga  qarshi  kurashda 
samarali natijalarga erishib bo‘lmaydi.
3. 0 ‘zbekistonning diniy ekstremizm va  terrorizmni oldini olish 
va  unga qarshi kurash borasida olib borayotgan  siyosatining
mohiyati
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
1-moddasida 
« 0 ‘zbekiston  -   suveren  demokratik  davlat»  deb,  e’tirof  etilgan  bo‘lib, 
« 0 ‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  munosabatlaming  to‘la  huquqli 
sub’ektidir.  Uning  tashqi  siyosati  davlatlaming  suveren  tengligi,  kuch 
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid  qilmaslik,  chegaralaming dahlsizligi, 
nizolami  tinch  yo‘l  bilan  hal  etish,  boshqa  davlatlaming  ichki  ishlariga 
aralashmaslik  qoidalariga  va  xalqaro  huquqning  umum  e’tirof  etilgan 
boshqa  qoidalari  va  normalariga»  asoslanishi  ham  Konstitutsiyaning  17 
moddasida o ‘z aksini topgan.
Har  qanday  davlat,  jumladan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  ham  o ‘z 
siyosatini  ikki  yo‘nalishda,  ya’ni  tashqi  va  ichki  siyosat  tarzida  amalga 
oshiradi.  Ular  davlatning  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘langan  yagona 
siyosatini tashkil etadi.
97


0 ‘zbekiston  davlati  o ‘z  tashqi  va  ichki  siyosatining  ustivor 
yo‘nalishlarini  belgilab  olgan  bo‘lib,  ular  m a’lum  bir  tarmoq  yoki 
sohalarga bo‘lingan holda amalga oshiriladi.
Jinoyatchilikka  qarshi  kurash  esa,  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
ichki ijtimoiy siyosatining bir bo'lagidan iborat davlat siyosatidir.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  jinoyatchilikka  qarshi 
kurash 
siyosati  Oliy  Majlis  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 
belgilanadi.  Jinoyatchilikka  qarshi  kurashuvchi  ichki  ishlar,  prokuratura, 
soliq,  bojxona  va  boshqa  organlar  esa,  bu  sohadagi  davlat  siyosatini 
bevosita  amaliyotda  tatbiq  etadilar.  Jinoyatchilikka  qarshi  kurash 
muammolari  har  bir  davlat  ichki  siyosatining  ajralmas  bo‘g ‘ini 
hisoblanadi.  0 ‘tgan  asming  oxirgi  o ‘n  yilligi  va  XXI  asrning  dastlabki 
yillari  xalqaro  terrorizm  deb  nomlangan  o ‘ta og‘ir va  havfli jinoyatlami 
sodir  etish  bilan  bog‘liq  «huruj»  xatti-harakatlarlar  dunyoning  turli 
qit’alarida  xohlagan joyni  kutilmagan  paytda  to ‘s-to‘polon  bilan  xatti- 
harakatlarlarzaga sola boshladi.
Unga  qarshi  hamkorlikda  kurashish  rivojlangan  yoinki  rivojlanish 
yo‘lida  borayotgan  barcha-barcha  davlatlaming  global  muammosiga 
aylandi.
Terrorizmga  qarshi  kurash  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  mafkuraviy 
masalalar qatoridan o‘rin egalladi.
Jinoyatchilikka  qarshi  kurash,  ayniqsa,  uning  oldini  olishda,  uning 
qilmishini keltirib  chiqaruvchi  barcha omil,  hodisa va voqealami chuqur 
tahlil  qilishga  alohida  e ’tibor  berish  zamr.  Jinoyatchilik juda  murakkab 
salbiy  ijtimoiy  voqeyliklar  mahsuli  sifatida  yuzaga  keladi.  Insoniyat 
sivilizatsiyasi  yuksaklikka  yuz  tutib  taraqqiy  etgan,  rivojlangan  sari 
ijtimoiy hayot, fan,  madaniyat,  sa’natda mislsiz o ‘zgarishlar, yuksalishlar 
ro‘y  beradi.  0 ‘tgan  XX  asr  atom  energiyasi,  kosmos,  avtomatika, 
kompyuter  asri  degan  nomlar  bilan  tarixdan joy  oldi.  Yangi  XXI  asmi 
axborot,  intellektual  rivojlanish,  globallashuv  asriga  aylantirish  uchun 
har qanday yovuzliklardan voz kyechish,  inson intelektual  faoliyatining, 
aql  zakovatining  mahsuli  hisoblangan  har  qanday  ilmiy-texnik,  fan 
yutuqlarini  ezgulik  uchun  xizmat  qildirishga  intilish  allaqachon 
boshlangani  bilan  kishi  e ’tiborini  o ‘ziga  tortadi,  ammo  ezgulik  bilan 
yovuzlik,  yaxshilik  bilan  yomonlik,  savob  bilan  gunoh,  yuksalish  bilan 
inqiroz  yonma-yon  yurganidek,  jamiyat  va  davlatlar  taraqqiyotiga
98


to‘sqinlik qiluvchi, unga yondosh jinoyatlaming tobora  ijtimoiy havflilik 
darajasi  yuqorilab  borayotgani,  o ‘ta  og‘ir,  yanada  qo‘rqinchli,  yangicha 
tus olayotgani jamiyatni tashvishlantirmoqda.
0 ‘ta  shafqatsizlik,  rahmsizlik  bilan  turli-tuman  usul  va  uslublami 
qo'llab  sodir  etilayotgan  xalqaro  terrorchilik  harakatlaridan  ko‘pchilik 
holatlarda  begunoh  insonlar  qurbon  bo ‘lmoqda.  XXI  asming  IX.  oyida 
AQShda  ro‘y  bergan  terrorchilik  harakati  oqibatida  birgina  «Dunyo 
savdo uyi» binosidagi portlatishlar natijasida turli davlatlarga, millatlarga 
mansub  begunoh  minglab  fuqarolar  sanoqli  daqiqalarda  jinoyat 
qurboniga  aylandilar.  Bu  terrorchilik  harakati  dunyodagi  eng  ko‘p 
odamlar  o ‘limiga,  moddiy  talofatga  sababchi  bo‘lgan jinoyatlardan  biri 
hisoblanadi.  Shuning uchun AQSh davlati terrorizmga qarshi urush e’lon 
qildi.  AQSh  davlatini  asr  vabosi  -   terrorizmga  qarshi  kurashida,  ilg‘or 
fikr  asosida  ish  yuritadigan  jahondagi  ko‘pgina  mamlakatlar.  shu 
jumladan 0 ‘zbekiston davlati ham uning yonida kamarbasta bo‘ldi.
Bunda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  o‘zining  jahon  hamjamiyati 
oldidagi  burchini  bajarar  ekan,  eng  avvalo,  amaldagi  qonun  hujjatlariga 
tayanadi.  Binobarin,  Respublika  JKning  2  moddasida  ta’kidlanganidek, 
«Jinoyat  kodeksining  vazifalari  shahsni,  uning  huquq  va  erkinliklarini, 
jamiyat  va  davlat  manfaatlarini,  mulkni,  tabiiy  muhitni,  tinchlikni, 
insoniyat  havfsizligini  jinoiy  tajovuzlardan 
qo‘riqlash,  shuningdek, 
jinoyatlaming  oldini  olish,  fuqarolami  republika  Konstitutsiyasi  va 
qonunlariga rioya qilish mhida tarbiyalashdan iboratdir».
Shahsning  qonun  bilan  ta’qiqlangan  qilmishi  jinoyat  sanaladi. 
Jinoyat  sodir  etilishi  oqibatida jamiyatga  m a’lum  bir  miqdorda  moddiy 
va ayni vaqtda hisobsiz m a’naviy zarar etkaziladi.
Alohida  hududlarda, 
davlatlarda 
sodir  etilayotgan,  xalqaro 
xususiyat  kasb  etgan,  sub’ektlari  millat,  hududga  ega  bo'lmagan 
«baynalmilal» 
yollangan 
jinoyatchilardan 
iborat 
terrorchi 
jinoyatchilaming  qilmishlari  nafaqat  bir  davlatga,  balki  dunyodagi 
deyarli  barcha  davlatlarga  jiddiy  havf  tug‘dirib,  ulaming  tinchligi, 
barqarorligi, taraqqiyotiga aniq tahdid solmoqda.
0 ‘zbekiston  Republikasi  terrorizm  va  diniy  ekstremizmga  qarshi 
kurash bilan bog‘liq davlat  siyosatini davr talabi  darajasida moslashtirib, 
izchilik bilan bunday jinoyatlaming oldini olish choralarini ko‘rmoqda.
99


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə