M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39

Shundan  kelib  chiqib,  islom  fundamentalizmining  ilk  davrlariga 
nazar tashlasak,  islomning boshqa mamlakatlarga yoyilishida ham o ‘ziga 
xos xususiyatlami ko‘ramiz.
3- guruh taqdimoti:
1-talaba:  M a'lumki.  Islom  dini  asosan  ikki  yo‘nalishdan  iborat: 
sunniylik 
va 
shialik. 
Mutaxassislarning  hisob-kitoblariga 
ko‘ra, 
jahondagil,  2  milliard  nafardan  k o ‘proq  musulmonlaming  92,5  foizini 
sunniylar  tashkil  etadi.  Sunniylik  tarafdorlari  dunyoning  120  ga  yaqin 
mamlakatida,  jumladan,  Pokiston,  Arabiston  yarim  oroli,  Fors  ko‘rfazi 
atrofidagi  arab  mamlakatlari,  Suriya,  Livan,  Iordaniya,  Eron,  Shimoli- 
sharqiy  va  g'arbiy  Afrika  mamlakatlari,  Rossiya,  Markaziy  Osiyo, 
Bolqon davlatlari,  Kipr,  Germaniya va AQSh da yashaydilar.  Dunyoning 
35  mamlakatida  musulmonlar  mamlakat  aholisi  tarkibining  asosiy 
qismini tashkil etadi.
2-talaba:  Shialar  esa,  Eron,  lroq,  Afg‘oniston,  Hindiston,  Pokiston, 
Ozorbayjon  va  Tojikistonda  bo ‘lib,  Abu  Bakr,  Umar,  Usmon  kabi 
halifalami  tan  olmay,  hazrati  Ali  tarafdorlaridir  va  12  imomni  tan 
oladilar.
Sunniylar  Qur'oni  Karim  va  sunna  (Muhammad  alayhissalom 
hadislari)  ga  e ’tiqod  qiladilar.  Sunniylikda  4  ta  diniy  huquq  mazhabi 
bo‘lib,  ular:  Hanafiy  (Abu  Hanifa  an-Nu’mon,  699-767),  Hanbaliy  (ibn 
Hanbal,  780-855),  Molikiy  (Molik  ibn  Anas,  721-795)  va  Shofe’iyya 
(Abu  Abdullo  Muhammad  ibn  Idris  ash-Shofe’iyya, 
767-820) 
mazhablaridir.
2-talaba:  Hanafiy  -  Iroqda  vujudga  kelib,  Islom  dini  tarqalgan 
barcha  mamlakatlarda,  jumladan,  Huroson  va  Movarounnahrda  ham 
keng  yoyilgan.  Burhoniddin  Marg'inoniyning  “Hidoya”  to‘plami  bu 
mazhabning  asosiy  qoilanm asi  sifatida  tanilgan.  Hanafiy  qonunlari 
nisbatan  yumshoqroq  va  qulayroqligi,  xalqlarning  mahalliy  an’analarini 
e ’tiborga  olganliklari  sababli  keng  yoyilgan.  Sunniylik  yo‘nalishiga
104


mansub  musulmonlaming  uchdan  bir  qismidan  ko‘prog‘i  bu  mazhabga 
kiradi.
Xalqimiz  tarixan  sunniylikning  m o“ tadilligi  va bag'rikengligi  bilan 
siyosiy-iqtisodiy  va  ilmiy-madaniy  yuksalishga  qulay  sharoitlar  yaratib 
kelgan  Hanafiy  mazhabiga  (Imom  A ’zam  Abu  Hanifa  mazxabi)  chuqur 
e ’tiqod  qilib  kelgan.  Bundan  ham  muhimi,  mazkur  mazhab  diniy 
aqidalaming 
shakllanishida 
mintaqamizdan 
chiqqan 
Abu 
Lays 
Samarqandiy, Nasafiy,  Moturudiy,  Kosoniy  kabi  o'nlab buyuk allomalar 
asosiy rol o ‘ynaganlar.
4-talaba:  Kezi  kelganda  shuni  ta’kidlash  joizki,  hanafiylik 
sunniylikni  tashkil  etuvchi  to‘rt  mazhab  ichida  eng  kattasidir.  Hisob- 
kitoblarga 
ko‘ra, 
dunyodagi 
musulmonlar 
mazhablar 
bo‘yicha 
qo‘yidagicha  bo ‘lingan:  hanafiylar  -   47  foiz,  shofe’iyyalar  -   27, 
molikiylar  -   17  va  hanbaliylar  -   1,5  foiz.  Qolgan  7,5  foizni  shialar, 
ibodiylar va xorijiylar tashkil qiladilar.  Masalaning  yana bir ibratli jihati 
shundaki,  hanafiylar  Indoneziya  va  boshqa  janubi-sharqiy  Osiyo 
mamlakatlaridan  boshlab  Turkiyagacha  boMgan  o ‘lkan  ju g ‘rofiy 
hududda  mutlaq  ko‘pchilikni  tashkil  qiladilar.  Shofe’iyyalar  -   shimoli- 
sharqiy Afrikada,  molikiylar  esa,  -   shimoli-sharqiy  Afrikada  aksariyatni 
tashkil etadilar.
5-talaba:  Modomiki,  hanafiylik  an'analarini  eslagan  ekanmiz,  shu 
o ‘rinda  uni  sunniy  mazhablardan  ajratib  turuvchi  eng  muhim 
xususiyatlaridan  bittasinigina  eslab  oMishni  o ‘rinli  deb  bilamiz: 
hanafiylik  o ‘z  tarixiy  taraqqiyotining  barcha  bosqichlarida  musulmon- 
larning  hamjihatligi,  o ‘zaro  inoqligi  va  birligini  ta’minlash  uchun 
kurashib kelgan.  Boshqacha  qilib aytganda, musulmon jamoasi orasidagi 
har kanday firqachilikka, ya’ni qavmning diniy  e’tiqod belgilari bo‘yicha 
guruhlarga boMinishiga qat’iy qarshi boMib kelgan.
Hanbaliylik  -   diniy  masalalarda  erkin  fikr  yuritishga  qarshiligi, 
huquq  tizimining  oMa  torligi,  har  qanday  ko‘rinishdagi  “yangilik”  ka 
qarshiligi va  shariat ahkomlariga  rioya etishda qat’iy mutaassibligi bilan 
ajralib  turadi.  Bu  mazxab  tarafdorlari  Qur’on  va  hadislami  erkin  talqin
no


etish  yo‘lidagi  har  qanday  urinishlami  qoralaganlar  va  shuning  uchun 
ham  bu  mazhab  keng  tarqalmagan.  Faqat  IX  asming  II  yarmida  arab 
halifaligida  m u’tazimiylaming  va  ilohiyot  sohasidagi  hurfikrlilikning 
ta’qib ostiga olinishi tufayli hanbaliy birmuncha kengaygan va XII  asrda 
mustaqil  mazhabga  aylangan.  X  asrda  Eronda,  XI  asrdan  XV  asrgacha 
Suriya va Falastinda xanbaliy izdoshlari ko‘p bo'lgan.
6-talaba:  XIV asrga kelib  Suriyada arab ulamosi, mufti  Taqi ad-Din 
Ibn  Taymiya  xanbaliy  mazxabini  jonlantirishga  urinib  ko‘radi.  Ammo 
ulamolaming  qattiq  qarshiligiga  uchraydi.  0 ‘zi  quvg‘in  qilinib,  hibsga 
olinadi va  1328 yilda zindonda vafot etadi.
Undan  keyingi  asrlarda  hanbaliy  tarafdorlari  yana  kamayib  ketgan. 
XVIII  asrda  paydo  bo'lgan  vahhobiylar  hanbaliy  tarafdori  bo‘lib 
chiqqan.
7-talaba:  Hanbaliy  mazhabiga  e’tiqod  qiluvchilarga  kelsak,  ular 
asosan, hozirgi  Saudiya Arabistoni hududida yashaydilar.  Oxirgi yillarda 
ommaviy  axborot  vositalarida  tez-tez  gapirilayotgan  vahhobiylik 
harakati  ham  mazkur  o ‘lka  tarixining  uzviy  qismidir.  Vahhobiylar 
harakati  sunniy  mazhablaming  eng  kichigi  bo'lgan  va  radikal  yo‘nalish 
hisoblangan  xanbaliylik  ichidan  о ‘sib  chiqqan,  dunyoviy  qadriyatlarga 
nisbatan  o ‘ta murosasiz  diniy-mafkuraviy  oqimdir.  Keltirilgan raqam va 
misollar  mantiqan  qator  savollami  paydo  qiladi.  Jumladan,  nima  uchun 
bizning  musulmonlarimiz  sunniylik  yo‘nalishidagi  eng  kichik mazhab -  
hanbaliylik  g ‘oyalari  bilan  sug‘orilgan  vahhobiylikka  berilishi  kerak? 
Axir -  bu nafaqat m a’naviy-madaniy,  balki  sof diniy qadriyatlarimizdan 
ham chekinish emasmi?
4-guruh taqdimoti:
l-talaba: 
Molikiy  mazhabi 
tarafdorlari 
huquq  masalalarida 
ratsionalistik  metodlarga,  ya’ni  Qur’on  va  hadislami  aqlga  asoslangan 
holda  talqin  qilishga  qarshi  chiqqan.  U  dastlab,  Hijoz  va  Madina,  keyin 
boshqa mamlakatlarga tarqalgan.  Hozirgi davrda molikiy mazhabi Tunis,
i l l


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə