M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39

Jazoir,  Marokash,  Liviya  va  ayrim boshqa  inamlakatlarda  musulmonlar 
o ‘rtasida ta’sirga ega.
2-talaba:  Shofe’iyya  -   Suriya  va  Misrda  shakllangan  bo‘lib,  o'rta 
asrlarga kelib  Yaqin  Sharq mamlakatlarida keng  tarqalgan.  Keyinchalik 
bu  mazhabning  ta’sir  doirasi  torayib  borgan  va  hozirgi  vaqtda  sharqiy 
Afrika  mamlakatlarining  ba’zilarida,  qisman  Suriya  va  Janubiy  Arab 
Sultonliklarida  bu  raazhabga  amal  qiluvchilar  bor.  Bu  mazhab  a'zolari 
islom  huquqini  an’anaviy  nomialar  bilan  bog‘lashga,  ijmo’dan,  ya’ni 
Qur’on 
va 
hadislarda 
aniq 
ko‘rsatma  berilmagan 
masalalarda 
mujtahidlaming asoslangan fatvosidan foydalanishga e ’tibor berishgan.
3-talaba: 
Agar 
bu 
mazxablaming 
kelib 
chiqishini 
ilmiy 
asoslaydigan  bo‘lsak,  o ‘sha  davrda  musulmonlar  yashagan  joylardagi 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bilan  bog‘liq ekanligini ko'ramiz.  Chunki bosib 
olingan  joylardagi  xalqning  barcha  urf-odatlari,  an’analarini  birdaniga 
y o'q  qilib,  yalang‘och joyda  Islomni joriy  qilish  va  uni  mahalliy  xalqqa 
singdirish  og‘ir  masala  edi.  Shu  sababli  musulmon  hukmdorlari  va 
ruhoniylari  mahalliy  xalqning  an’analari  bilan  hisoblashishga  majbur 
bo ‘ladilar.
4-talaba:  Fundamental  islom tarkib  topgan joydagi  xalqlaming  urf- 
odati va an’analari  islomning m ag‘iz-mag‘iziga singib ketdi.  Shu sababli 
xanbaliy  mazhabi  Arabiston  yarim  oroli  atrofidan  boshqa  joylarda 
qo ‘ llab-quvvatlanmadi.
Ammo  mazhabni  yangidan  tiriltirganlar  vahhobiylar  edilar.  X o‘sh, 
bu  mazhablar  qanday  kelib  chiqdi?  Agar  biz  uning  ildiziga  chuqurroq 
nazar tashlaydigan bo‘lsak,  har  bir oqimning boshida turgan manfaatdor 
shaxslar  ijtimoiy-iqtisodiy  muhitdan,  siyosatdan  kelib  chiqib  Islomga 
yondoshganligini  va  boshqalarga  ham  singdirishga  harakat  qilganligini 
ko‘ramiz.
5-talaba:  Chunki  Islom tarqalgan hududlaming hammasida  ijtimoiy
-   iqtisodiy  muhit  bir  xil  emas  edi.  Turli-tuman  an’analar,  asrlar  bo‘yi 
yashab kelgan  urf-odatlar mavjud  ediki,  ulami  Islom birdaniga  uloqtirib 
tashlay  olmas  edi.  B a’zi bir oqimlar esa,  Islomning fundamental asoslari
112


yaratilgan  muhitda  paydo  bo‘ldiki,  ular  boshqa  uzoq  hududlardagi 
sharoitga mos kelmasligi tabiiy  edi.  Shu sababli hanbalizm oqimini hatto 
Arabiston  yarim  orolining  qo‘shnilari  ham  tan  olishmadi.  Bu  oqim 
tarafdorlari  turli  usullar  bilan,  hatto  jangarilik  y o ii  bilan,  uni  IsLom 
mamlakatlariga yoyishga harakat qilmoqdalar.
Aslini 
olganda, 
hanbalizm 
fundamentalizmni, 
aqidaparastlik 
vahhobiylikni, vahhobiylik esa, diniy ekstremizmni vujudga keltirdi.
6-talaba:  Eng  muhimi  aqidaparastlikning  kelib  chiqishida  chetdan 
berilayotgan turtki  muhim rol  o ‘ynayotganligini,  fundamentalizm doimo 
biron-bir  guruhning  manfaatiga  xizmat  qilganlagini  bilib  olishimiz 
lozim.  Shundagina bizda mustaqil mushohada paydo bo ‘ladi va mustaqil 
fikrlash doiramiz kengayadi.
0 ‘qituvchi  darsni  yakunlaydi.  Har  bir  guruh  va  o ‘quvchini 
baholaydi.  Maslahat  va  uyga  vazifa  beradi.  Buning  uchun  diniy 
ekstremizm  va  fundamentalizmning  mamlakatimiz  uchun  jiddiy  xavf 
ekanligini  tushuntirib,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  XI 
sessiyasida  yangi  tahrirda  qabul  qilingan  “Vijdon  erkinligi  va  diniy 
tashkilotlar  to‘g ‘risidagi”  Qonunning  mohiyatini  qisqacha  tushuntiradi. 
Buning  uchun  u  O ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  XI 
sessiyasida  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  so'zlagan  nutqi  tanish 
bo‘lishi  va  bu  nutqdagi:  “Tarbiyachilar,  olimlar,  domlalar  tomoshabin 
bo‘lib o'tirmasligi lozim.  Farzandlarimizni kim to 'g ‘ri y o‘lga soladi,  kim 
ulaming  ongini  tozalaydi,  kim  ularga  haq  gaplami  gapirib,  hayotda  o ‘z 
e ’tiqodiga suyanib yashashni o ‘rgatadi, tarbiyalaydi? Yoshlaming to‘g ‘ri 
yo‘l  tanlashida  kim  birinchi  bo‘lib  yordam  berishi  kerak,  ularga  kim 
tayanch  bo ‘lishi  lozim?”  degan  so‘zlami  keltirib,  oilada  va  maktabda 
bolalaming  kimlarga  quloq  solishi,  kimlarga  ergashishi,  ulaming  Vatan 
oldidagi,  ota-ona  oldidagi  burchi  qanday  ekanligini  tushuntiradi. 
So‘ngra, diniy ekstremizm va fundamentalizm xavfi haqida to‘xtalib, XX 
asr  oxiridagi  dunyo  o ‘zgarishlarini  tushuntiradi.  Chunki  XX  asr  oxiriga 
kelib  dunyoda,  ayniqsa,  uning  ju g ‘rofiy-siyosiy  xaritasida  katta
113


o ‘zgarishlar  bo ‘ldi.  Jumladan,  yangi-yangi  mustaqil  davlatlar  paydo 
bo‘lib, jahon hamjamiyatiga kelib qo‘shildilar.
2-mashg‘ulot. “DAT* VAT”  VA  “JIHOD”  M M A?
Reja:
1. 
Xalqimiz 
orasida 
da’vatchilarning 
ko‘payishi. 
Aslida 
da’vatning nima maqsadda paydo bo‘lganligi.
2. Islomda da’vat nimani anglatadi?
3. Jihod  qachon  paydo  bo‘ldi  va  uning  mohiyati,  hozirgi  davrda 
nima maqsadda qo‘Uanilmoqda?
Darsning turi: Davra suhbati.
Darsning  maqsadi.  Talabalarga  “da’vat”  va  “jihod”  ning  asosiy 
mazmunini,  mohiyatini  tushuntirish,  aslida  “da'vat”  va  “jihod”  ning 
nima maqsadda paydo bo‘lganligini ochib berish,  voqealarni tushuntirish 
orqali talabalaming erkin va mustaqil fikrlashlariga erishish, shuningdek, 
noqonuniy  xatti-harakatlarlarga  qarshi  ularda  nafrat  hissini  tarbiyalash, 
ilmiy mushohada qilishini o ‘rgatish.
Darsni  jihozlash:  Kitoblar, 
kadoskop  va  multimediyadan 
foydalanish  uchun  yozma  materiallar,  bo'r,  flamester,  marker  va 
boshqalar.  Sinf taxtasiga quyidagi  so‘zlar yozilgan plakat osib qo‘yiladi: 
“ ..nafaqat  jinoiy  yo'lga  adashib  kirib  qolganlarga,  balki  ulaming 
qilmishidan  xabardor  bo‘lgan  odamlarga  ham  shuni  aytmoqchimanki, 
hali ham kech emas, bunday odamlami biz yomon yo‘ldan qaytarishimiz 
kerak.  Nega  deganda,  ular ham  kimningdir bolasi, jigarbandi,  ular ham 
o ‘zbek oilasidan  chiqqan yigitlar.  Biz  buni  hech  qachon  unutmasligimiz 
va xalqimizni jipslashtirish,  farzandlarimizni  asrash  yo‘lidagi bir da’vat, 
deb bilishimiz kerak”.
Islom Karimov
0 ‘qituvchi darsni boshqarib boradi  va oldindan talabalarga tarqatma 
materiallar  berib  yuboriladi.  Dars  savol-javob  tariqasida  o ‘tadi.  Darsda 
interfaol metodlar keng qo‘llaniladi.
114


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə