M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Savannalar. 
Afrika maydonining 40 % ini savannalar egallaydi. Bu 
yerlardagi baland bo’yli o’t o’simliklar dasht landshaftlarini eslatadi
tabiatning fasliy o’zgarishi kuchli, sernam va qurg’oqchil fasllar 
almashinib turadi. Savannalar yirik hayvonlarning ko’pligi bilan ajralib 
turadi. Yog’in, asosan, yozda yog’adi. Тuprog’i qizil-qo’ng’ir, o’t 
o’simliklar uncha baland emas, uzoq masofada yakka va to’p-to’p 
daraxtlar va butazorlar uchraydi. Eng ko’p tarqalgan daraxt - sershox 
akatsiya, qum palmasi. Sahroyi Kabirga tutashgan zonachada cho’llashgan 
savanna landshafti shakllangan. Past va siyrak o’t-o’simliklar, tikanli 
butalar, bargsiz molochay, tikanli va sersuv daraxtsimon o’t-o’simligi ko’p 
tarqalgan. Savannalar uchun baobab va kaktuslar ham xos.
Dunyoning biror joyi yo’qki, savannadagidek yirik hayvonlar 
to’plangan bo’lsa. Bu yerda xilma-xil antilopalar (ularning 40 ta turi bor), 
zebra, jirafa, fil (balandligi 4 m, og’irligi 12 t gacha), buyvol, karkidon, 
begemot, pavian (maymun turi), sher, yo’lbars, qoplon, sirtlon, chiyabo’ri, 
gepard, suvda timsohlar (Nil timsohi 5-6 m uzunlikka ega) uchraydi. 
Qushlardan eng kichik nektar, kotib gush, eng katta afrika tuyaqushi 
(bo’yi 2,8 m, og’irligi 90 kg gacha), marabu, mirzaqush, termitlar va 
boshqalar ko’p tarqalgan 


153 
4.
 
Dashtdagi bio xilma-xillik 
Dasht
— qora va kashtan tuproqlarda chim hosil qiluvchi gʻalla gulli 
oʻt oʻsimliklari oʻsadigan zonal landshaft tipi. Shimoliy va Janubiy yarim 
sharlarda quruqliklarning ichki qismlaridagi moʼtadil va subtropik 
mintaqalarda dasht zonalarini hosil qiladi. Yevrosiyoda bu zona Oʻrta 
Dunay pasttekisligidan boshlanib, Ukraina, Rossiyaning Yevropa qismi 
janubidan oʻtib, Qozogʻiston orqali Oltoy togʻ etaklarigacha choʻzilgan. 
Xitoyning shimoliy-sharqida ham katta maydonni egallagan. Shimoliy 
Amerikada materikning oʻrta qismida Kordilyera togʻlariga parallel 
ravishda shimoldan janubga choʻzilgan. Janubiy Amerikada 30°—40° 
kengliklar orasida And togʻ oldi tekisliklarida joylashgan. Avstraliyaning 
janubiy-gʻarbiy va janubiy-sharqiy qismlarida, Yangi Zelandiyada ham 
mavjud. Turli joyda turli nom bilan ataladi: Vengriyada 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə