M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Selin (Aristida penntata

Ko'p yillik o't. U yumshoq, barxan va 
qumli cho’llarda o’sadi.Markaziy Osiyo cho'llaridan tashqari Eron, 
Jungariya, Kashgariya va Kavkazda ham uchraydi. May – avgust oylarida 
meva beradi. Mevasi chorvachilikda ayniqsa otlar uchun to’yimli ozuqa. 
Ko’chma qumlarni mustahkamlaydi. 
Qandim (Calligonium

Daraxt. Qandimning barcha turlari mahalliy 
sifatida ishlatiladi. Bu o’simlik Markaziy Osiyoning ko’chma qumlarini 
mustahkamlaydi. Qandim va uning jamoalarining qoplami bir qator 
afzalliklarga ega. Cho’lninish issiq sharoiti va tuproq osti issiq suvi 
o’simlikni nobud bo’lishiga sabab bo’ladi. Lekin saksaul jamoalari va 
Qandim bunday sharoitlarga oson moslashadi
Cho’ldagi hayvonlar ham o’simliklardek turlicha moslanishga 
ega. Sudralib yuruvchilar va hashorotlar cho’lda maxsus qoplamga ega 
va quruq mochevina ajratadi. qora qo’ng’izlar o’simlik qoldiqlari bilan 
oziqlanib ulardagi metabolitik suvni ajratib foydalanadilar. Sut 
emizuvchlardan quyon suvni suvi ko’p bo’lgan o’simliklardan oladi.
Cho’l zonasidagi hayvonlar rangi, tanasining katta kichikligi cho’l 


150 
muhitiga moslashgan Asosan hayvonlar rangi qo’ng’ir –sarg’ish yoki qum 
rangida bo’ladi,bu rang ularda himoya rangi hisoblanadi. 
Cho’l mintaqasi O’zbekiston hududining 70 foizini ishg’ol qiladi.
Cho’l tuproqlari xilma-xil bo’lib, unda sur-qo’ng’ir, qumli cho’l, 
o’tloq-botqoq, taqir va bo’z tuproqlar uchraydi. Ustyurt platosi, 
Qizilqumdagi past tog’lar va Nurota tog’ etaklaridagi toshloq cho’llarda 
sur-qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam 
(0,3-1 foiz) bo’ladi. Qizilqum, Markaziy Farg’ona va Mirzacho’ldagi 
qumli tekisliklarda qumli cho’l tuproqlari tarqalgan bo’lib, chirindi 
miqdori 0,3-0,6 foizni tashkil etadi. Gilli jinslardan tarkib topgan 
cho’llarda taqirlar ham uchraydi, ular tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1 
foizga yetadi.
Cho’l zonasiga Тuron tekisligi va Balxashbo’yi tekisliklari kiradi. 
O’rta Osiyoda, asosan, qumli, toshli, gilli cho’llar tarqalgan. Cho’llarning 
hosil bo’lishiga asosiy sabab haroratning yuqoriligi, yog’in miqdorining 
kamligi, oqar suvlarning yo’qligi. O’simlik qoplami siyrak, massasi kam, 
tezda qovjirab qoladi va chirindi hosil bo’lmaydi. Тuproqlari, asosan, 
qumli, sur-qo’ng’ir, gilli, toshloq va bo’z tuproqlar. Bo’z tuproqlar 
sug’orilganda yaxshi hosil beradi. Past joylarda sho’rxoklar va sho’rtoblar 
ham uchrab turadi. 
Suv emuzuvchi guruhlar unchalik ham cho’lda moslashmagan
chunki ular mochevina ajratishadi, bu esa ko’p suv yuqotish bilan bog’liq. 
Bunga qaramasdan ba’zi bir hayvonlar qisqa mudatda mavjud bo’lishadi, 
misol uchun quyonlar. Bu hayvonlar suvni suvga boy o’simliklardan 
olishi mumkin, misol uchun kaktus monadlardan. Tuya xuddiy shunday 
hayvonlardan, tuya to’qmalari suvsizlikga turg’un. 


151 
O`simliklarning tabiat va inson xayotidagi ahamiyati katta. 
Tuproqning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi oqibatida 
o’simliklarni muxofaza qilish zarurati kelib chiqmoqda. O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 419-sonli «Tashqi muhitni 
muhofaza qilish» to`g`risidagi qarorida, BMT ning cho`llanishga qarshi 
kurashish to`g`risidagi konvensiya va qarorlarida (1994, 1997, 2005) ham 
cho`llanish jarayonining oldini olish va unga qarshi kurashish ishlariga 
katta ahamiyat berilgan. Respublikamizda sug’oriladigan yer maydonlari 
yildan-yilga qisqarib bormoqda. Orolbo’yidagi qurigan hududdan tuz va 
boshqa mineral moddalarning shamol orqali tarqalishi, o’simliklar 
dunyosining yildan-yilga qisqarib borishi va suv taqchilligi oqibatida 
cho’llanish darajasi yildan yilga oshib bormoqda. Cho`lanish jarayoninig 
asosiy mexanizmi antropogen omillar (mol sonining me`yoridan ko`pligi, 
texnogen omillar ta`siri, suv omborlari, yo`llar qurilishi, daraxt-butalarni 
kesish, pichan o`rish, yangi yerlarni o`zlashtirish tuproqning sho`rlanishi 
va eroziyasi) o`simli jamoalariga ta`siri natijasida ularning son va sifat 
ko`rsatgichlari o`zgarib, hosildorligi va maydonning kamayishiga olib 
kelishi aniqlandi. Mazkur loyiha bo’yicha birinchi navbatda Navoiy 
viloyatining Nurota tumanidagi cho’l hududida zamonaviy innovatsion 
cho’l laboratoriyasini tashkil qilish rejalashtirilgan. Hududlarni 
bosqichma-bosqich cho’l o’simliklari dunyosi bilan boyitib borish, issiq 
iqlim sharoitiga moslasha oladigan o’simlik turlarini ko’paytirish 
loyihaning asosiy maqsadlaridan biridir. Shuningdek, hududda hayvonot 
dunyosini ortga qaytarish, qorako’lchilik uchun ozuqa bazasini yaratish
bio xilma-xillikni oshirish vazifasi ham qo’yilgan. Bundan tashqari, ekin 
yerlarni qo’riqlash choralarini ko’rish, cho’llanish holatlarini yumshatish, 
ekoturizm va agroturizmni rivojlantirish ham loyiha doirasidagi muhim 
masalalardandir. 


152 
Mazkur loyiha respublikadagi cho’llashish jarayonini kamaytirishga 
xizmat qilishi kutilmoqda.Bularning natijasida cho’llanish jarayonini 
kamaytirish maqsadida ko’plab chora tadbirlar ko’rilmoqda.
O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 419-sonli «Tashqi muhitni 
muhofaza qilish» to`g`risidagi qarorida, BMT ning cho`llanishga qarshi 
kurashish to`g`risidagi konvensiya va qarorlarida (1994, 1997, 2005) ham 
cho`llanish jarayonining oldini olish va unga qarshi kurashish ishlariga 
katta ahamiyat berilgan. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə