M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


 O’rmonlardagi bio xilma-xillik



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

3. O’rmonlardagi bio xilma-xillik 
O’rmon massivlari 38 million kvadrat kilometrga yaqin maydon — 
quruqlikning taxminan uchdan bir qismini egallaydi. U yerda sayyoradagi 
o’simlik va hayvonlarning deyarli yarmi o’sadi va yashaydi.Ularning katta 
qismi Finlyandiyaga to’g’ri keladi — bu mamlakat hududining 70 foizi 
o’rmonlar bilan qoplangan.Eng kam o’rmon Buyuk Britaniyada — bor-
yo’g’i 

foiz. 
Sibirning 
uchdan 
ikki 
qismi 
o’rmon 
bilan 
qoplangan.Ninabargli o’rmonlar ikki gruppaga: qoraninali va yoriqninali 
o’rmonlarga bo’linadi. Birinchilari ko’pincha yellar va pixtalarning 
turlaridan, ikkinchilari esa, qarag`ay va tillog`ochlardan tashkil topgan.Ba’zi 
bir turlarning urug`i juda ham yengil va arzimas havo oqimlari bilan olib 
ketiladi, boshqalarining urug`i endozooxor hisoblanadi va bu o’simliklarni 
barra mevalarini sut emizuvchilar va qushlar yeyishi yo’li bilan tarqaladi, 
uchinchilarining urug`lari chumolilar yordamida tarqaladi. 


146 
Harakat qilish uchun to’siqlarning ko’pligi va ko’rishning yomonligi 
hayvonot dunyosining bir qator xususiyatlariga sabab bo’ladi. Bu 
xususiyatlardan ba’zi birlari umuman hamma o’rmonlar uchun xosdir va ular 
to’g`risida biz bir necha so’z aytamiz. Masalan o’rmonlarda yer usti poda 
hayvonlari yo’q. Bu daraxtlarning zich joylashganligi, bir-biriga dushman 
xavfidan xabar berishning qiyinligi va oziqalarni yetishmasligi bilan 
bog`liqdir. Ov qilishning asosiy usullari qoravullik qilish va o’g`irlashdir; 
chunki poylab yurish qiyinlashtirilgan. Qushlar orasida qirg`i tipidagi qanoti 
nisbattan kaltaroq va dumi uzunroq yirtqichlar xarakterlidir. Tanasini bunday 
tuzilishi ularga shoxlar orasidan chaqqonlik bilan o’tishga va o’ljasiga 
to’satdan hujum qilishga imkon beradi. 
Ninabargli o’rmonlarda o’simlik bilan oziqlanadiganlarni tarkibi tundraga 
qaraganda ko’payadi. Hasharotlarning ko’plari daraxt ninalarini yeydi. 
Masalan, juftsiz pilla qurtlari kengish maydonlarni daraxt barglarini yo’q 
qilib yuboradilar. Ko’p miqdorda darxt zarakunandalari: mo’ylovli 
qo’ng`uzning qurtlari, po’sloqyeyuchilar va boshqalar kuzatiladi. 
Ninabarglilarning mevasi (kedr) bilan oziqlanadigan kedrovka qushi va no’li 
qiyshiq klest qushi yashaydi. Daraxtning mevalari va urug`lari bilan 
oziqlanadigan ko’p sut emizuvchilar va qushlar daraxtga chiqish vositalariga 
ega va ko’pincha daraxtlarda yashaydilar. Bular sutemizuvchilardan: 
olmaxonlar va burunduqlar; qushlardan: popolznlar, pishuxalar va 
qizilishtonlar 
misol 
bo’la 
oladi. 
To’yoqlilardan: 
los, 
kemiruvchilardan: mallarang 
dala 
sichqonlari; 
hasharotxo’rlardan: 
yerqazuvchi parmatishlilar xarakterlidir. 
Namli tropic o’rmonlarda, yil davomida issiq ob-havo bo’lib turadi. 
Yerda bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday eng boy va xilma-xil
uyushmalarni rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi.Yomg’irli
tropic o’rmonlar asosan ekvatorial klimatik hududlar bilan chegaralangan
joylarda tarqalgan, ular juda katta teritoriyalarni egaallaydi Yomg’irli 


147 
o’rmonlarda daraxtni yuqori yarus qismi yaxshi rivojlanganligi sababli 
pasti qalin soya bo’ladi, yuqorisi qalin bo’lmagan joylarda pastida buta va 
o’tli yaruslar yaxshi rivojlanagn. Daraxtlarni yarusli strukturasi kam 
rivojlangan, chunki temperatura va namgarlikni optimal qiymati darxtlarni 
yuqori qismini rivojlanishiga katta imkoniyat yaratiladi va ular butun 
fazoni egalashadi Bunga misol lianalar va epifitlardir Asosiy hayotiy 
formani bug’ub qo’yiuvchi – daraxtlar tashkil qilishadi.Bunda darxtlar 
asosan ko’p sonli epifitlar uchun asos sifatida foydalaniladi. Har bir 
daraxt kamida 3xil epifitlar bilan birgalikda o’sishadi.
Tropik o’rmonlardagi hayvonlarni asosiy ozuqa manbai – mevalar va 
termitlar.Qush turlari ko’pchiligi o’simlikxo’r.Bunday o’rmonlarda ozuqa 
turi juda ham maksimal strukturaga ega bo’ladi, ya’ni nishallar maksimal 
egallagan. O'rmonlarni rejasz, tartibsiz kesilishi o'z navbatida tabiatdagi 
muvozanatni buzilishiga sabab bo'ldi va insonnig xo'jalik faoliyati uchun 
qo'yidagi salbiy oqibatlarning vujudga kelish jarayonini tezlatirdi: tuproq 
eroziyasi tezlashdi, daryo va ko'llarning rejimi o'zgarib, suvi kamaya 
boshladi, suv toshqinlari, sel tez-tez bo'ladigan bo'lib qoldi, mikroiqlimga 
ta'sir etdi, cho'llarda ko'chma qumlar maydoni kengaydi va hokazo. Tog'li 
rayonlarda suvning toshishiga, selga qarshi kurashda o'rmonlarning 
ahamiyati juda katta. Chunki o'rmonlar tog' yon bag'riga yoqqan yog'ining 
90%ini ushlab qolsa, aksincha o'rmon yonbag'irlarida yog'inning 90%i 
oqimga aylanib selni vujudga keltiradi. Shu sabali Yer sharidagi qaysi tog'li 
joylarda o'rmonlar betartib kesilgan bo'lsa, o'sha erlarda tez-tez xavfli suv 
toshqinlari 
va 
sel 
bo'lib 
turadi. 
O'rmonlar sayyoramiz havosini tozalab turishda juda katta ahamiyatga ega. 
Chunki 1 ga o'rmon 18 mln. m3 havoni tozalab turadi. Binobarin, o'rmonli 
erlardaga havo shahar havosidan 200 marta tozadir. Chunki 1 ga erdagi archa 
o'rmonlari katta bir shahar havosini tozalab tura oladi. Bulardan tashqari 


148 
o'rmonlar tabiatni yanada go'zal, shifobaxsh qiladi va u orqali kishiga 
madaniy-estetik zavq beradi. 
3.
 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə