M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 
Iqlim o’zgarishi sababli
 
- suv yig’ilishining 
shakllanish strukturasi o’zgaradi. Bioxilmaxillikka katta zarar yetadi. 
Masalan, o`simlik va hayvon turlari qisqaradi, populatsiyadagi individlar 
soni va sifati yo`qola boradi, ya`ni ona tabiat “kambag`allashadi”.
Oxirgi oʻn yilliklarda Orol boʻyida gidrologik maromning haddan 
tashqari salbiy oʻzgarishlari, Orol dengizi tangligi, bu xududdagi sharoitning 
rivojlanish tendensiyasi, hav-zadagi Amudaryo deltasining suv bilan 
taʼminlanishi bugʻlanishning hozirgi vaqtdagi va Iqlimni oʻzgarishidagi 
maromini, uning chegarasida tabiat landshaftlari ekologik holatini batafsil 
oʻrganish lozimligini taqozo qiladi. Kuzatilgan isish barcha togʻ muzliklar 
maydonining 
qisqarishiga 
sabab 
boʻlmoqda. 
Aerofotokuzatuv 
maʼlumotlariga qaraganda Pomir-Olay muzliklari 1957—80 yillar davrida 
19% suvni yoʻqotdi. Keyingi yillarda togʻ muzliklarining qisqarish 
jarayonlari davom etmoqda. Bu esa oʻz navbatida togʻdagi daryo 


139 
oqimlarining qisqari-shiga va hududni yanada aridlanishi (quruqlanishi) ga 
olib keladi. 
2.
 
 Ekalogik omillarni ta’sir xarakteri.Cheklovchi omillar va 
bio xilma-xillik 
Har bir ekologik omil organizmga ta’sir ko‘rsatishiga qarab,optimum, 
pessimum, yo‘qolish va chidamlilik hududlariga boiinadi. 
Optimum zonasida omillar organizmga juda qulay ta’sir ko‘rsatadi, bu 
hududda organizmning rivojlanishi uchun yaxshi shart-sharoitlar 
mavjud, undan uzoqlashgan sari omillar noqulay ta’sir etadi. Masalan, 
bug‘doyning har bir rivojlanish fazasida u ma’lum haroratni talab 
qiladi. Naychalash fazasida havo harorati 35-36 
°
S bo

lsa, albatta 
o'simlikka salbiy ta

sir qiladi.Pessimum hududda sharoit keskin bo‘ladi va 
bunday sharoitda tirik organizm rivojlana olmaydi. Demak, bu hududda 
organizm yo‘qoladi,nobud bo‘ ladi. Har bir organon uchun chidamlilik 
nuqtasi bo‘ladi. Unibiz qanday tasawur qilamiz? Masalan, o‘simlik biologik 
xususiyatiga ko‘ra, tuproqda sulfat va xlorli tuzlaming ma’lum bir 
miqdorigacha o‘sa oladi. Tuz miqdori tuproqda oshib borgan sari o‘simlik 
nobud bo’ladi. Buni hatto suvga bo‘lgan talabida ham ko‘rish mumkin. 
Makkajo‘xorini 4-5 barg chiqargan fazasida suv bilan 20 kun bostirib 
qo‘ysak, albatta poyalari chirib, o‘simlik nobud bo‘ladi. Sholini suv 
bilan bostirib qo‘ysa, o‘sish jarayoni davom etadi. Har bir organizm 
uchun chidamlilik nuqtasi har bir omil uchun alohida bo‘ladi. 
Orgamzmning omilga nisbatan keskinlik nuqtalari orasidagi 
chidamlilik chegarasi - uning ekologik valentligi deyiladi. Turli 
ekologik omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‘indisi - turning 
ekologik spektri deyiladi. Masalan, hayvonning ma’lum ozuqa 
ekinlariga, ma’lum bir yaylovga va yuqori haroratga moslashuvi uning 
ekologik spektrini tashkil etadi. Har bir omil organizmning har xil 
funksiyalariga turlicha ta’sir etadi. Bir hayot faoliyati uchun optimum ta’sir 
ikkinchi bir jarayon uchun maksimum bo‘lib hisoblanishi mumkin. Masalan, 
40-45 
°
S harorat sovuq qonli hayvonlarda modda almashinuv jarayonini 
tezlashtiradi, ammo bunda ularning faolligi susayadi. 
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik 
chegarasi, minimum zonalari to’g’ri kelmaydi. Biror-bir omilga nisbatan 
chidamlilik darajasi uning boshqa omillarga chidamliligini 
ifodalamaydi. Ayrim turlaming ekologik spektrlari ham bir-biriga 
to’g’ri kelmaydi. Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir 
vaqtda ta’sir etadi va bir omilning ta’siri boshqa omilning miqdoriga 
bog'liq bo’ladi. Bu - omillaming ozaro ta

sir qonuniyati deyiladi. 
Organizmning ma’lum sharoitda yashashi quyi darajadagi omil bilan 


140 
belgilanadi. Masalan, cho’lda organizmlarning keng tarqalishiga suv ya 
yuqori harorat cheklovchi omil bo’lib hisoblanadi.
 
Miqdor jihatdan turning chidamlilik chegarasidan chiqadigan ekologik 
omilga cheklovchi omil deyiladi.Bunday omil boshqa barcha omillar ta’siri 
yashash uchun eng qulay bo’lgan vaqtda ham turning tarqalishini cheklab 
turadi.
 
Ko’p holarda tabiiy sharoitda ekalogik omillardan bir xillari yeterli, 
boshqalari kam bo’ladi. Masalan,cho’l sharoitida o’simliklar uchun harorat 
va yorug’lik yetarli,lekin nam taqchil bo’lganligi sababli o’simlik va hayvon 
kam uchraydi.Daryo foreli(gulmoy)kislorod 2 mg/l dan bo’lmagan 
daryolarda yashaydi.Kislorod 1,6 mg/l dank am bo’lganida halok 
bo’ladi.Demak cho’l o’simliklari va hayvonlari uchun namlik,daryo gulmoyi 
uchun kislorod cheklovchi omil hisoblanadi.Faqat omilning yetishmasligi 
emas balki uning ortiqcha miqdori ham cheklovchi omil bo’lishi 
mumkin.Masalan,yoz faslidagi juda yuqori harorat namlik yetarli bo’lganda 
ham o’simliklarni kuydiradi;botqoqlashgan o’ta nam tuproqlarda 
kislorodning yetishmasligi o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga monelik 
qiladi
Asoslanuvchi biologik jarayonlar – hamma tirik organizmlar uchun 
umumiy bo’lgan jarayonlar. Bunday jarayonlar katta effektli bo’lishi 
temperutura, yorug’lik va hokazo omillarni optimal qiymatiga bog’liq. Bu 
omillarni optimal qiymatidan chetlanishi organizmlarni moslanishi ham 
kamayadi. Bu cheklanishlar arealdagi tur xilma-xilligini cheklovchi asosiy 
omillari bo’lishi mumkin. Bundan tashqari biosferani har qanday qismida bio 
xilma-xillikni cheklovchi omillar har xil bo’lishi mumkin. Cho’lda suv 
tanqisligi, ochiq okeanda temir moddasini kamligi, boshqa joylarda fosfor 
cheklovchi omillar bo’la oladilar
Eng asosiy cheklovchi omil bo’lishi mumkin bu temperatura va 
namgarchilik. O’rtacha yillik namlik va temperaturaga bog’liq ravishda 


141 
cho’lni fauna va florasi bio xilma-xilligi shakillanadi. Namlik katta bo’lgan 
tropic hududlarda juda ham yaxshi sharoit yaratiladi, masalan yomg’irli 
tropic o’rmon uyushmalarida xilma xillik yuqori. 
Aniq yomg’irli mavsumiy hududlarda mavsumiy tropik o’rmonlarni 
shakillanishi, kam yomg’irli tropic hududlarda o’tli uyushmalar, cho’l va 
savanalarga xos uyushmalar shakillanadi. Past temperaturali hududlarda 
tundrali uyushmalar shakillanadi. Bu misollarni hammasidan ko’rinib 
turibdiki tashqi fizik omillar asosiy cheklovchi rolini o’ynaydi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə