M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


V BOB. Bioxilma-xillikga ta’sir ko’rsatuvchi omillar



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

V BOB. Bioxilma-xillikga ta’sir ko’rsatuvchi omillar 
1. Iqlimning roli
Iqlim
tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida 
yigʻilgan harorat, namlik, shamol, yogʻin va 
boshqa meteorologik parametrlar 
statistikalarini 
oladi. 
Ushbu 
parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-
havo deyiladi. Boshqacha aytganda, iqlim — bu biror joydagi ob-havo 
holatlari toʻplamidir. 
Iqlim ta’rifini yanada to’laroq qilib aytsak, iqlim deb biror joyda yer 
yuzasiga tushadigan quyosh radiasiyasiga, taglik sirtning xususiyatlariga va 
atmosfera sirkulyasiyasiga bog’liq ravishda yuzaga chiqqan ko’p yillik ob-
havo rejimiga aytiladi. 
Кo’pchilik «ob-havo» va «iqlim» tushunchalarini aralashtirib yuboradilar. 
Bu tushunchalar orasida katta farq bor. Ob-havo berilgan joy ustidagi 
atmosferaning biror aniq vaqtdagi meteorologik elementlarning majmuasi 
bilan aniqlanadigan fizik holatidir. Iqlim esa ob-havoning ko’p yillik rejimi 
asosida aniqlanadi. 
Iqlim tabiatga va insonlarning xo’jalik faoliyatiga ob-havo sharoitlari bilan 
ta’sir qiladi, turli iqlimli hududlarning ob-havo sharoitlari bir-biridan farq 


136 
qiladi. Yer sharining turli joylarida tabiiy ravishda tarqalgan o’rmonlarning 
turlari ham ob-havo sharoitlariga bog’liq. 
 Iqlim
— yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan ogʻishiga bogʻliq 
ravishda ob-havoning muayyan joyga xos boʻlgan koʻp yillik maromi, yaʼni 
biron joyda boʻladigan ob-havo sharoitlarining majmui va mavsumiy 
geografik oʻzgarishi; quyosh radiatsiyasi, yer toʻshama sirti xususiyatlari 
hamda ular bilan bogʻliq atmosfera sirkulyasiyasi taʼsirida vujudga keladi. 
Har bir joy iqlimi uning boshqa joylardagi Iqlimiga nisbatan oʻziga xos 
xususiyatlari haqida koʻp yillik meteorologik kuzatishlar natijasidagina toʻla 
tasavvurga ega boʻlish mumkin. Iqlim atmosfera va faol qatlam (yer yuzasi) 
da betoʻxtov davom etadigan tabiiy (Iqlim hosil qiluvchi) jarayonlar 
(issiqlik, kinetik va b. shakldagi energiyalarning oʻzgarishlari, suvning 
bugʻlanishi, suv bugʻining suyuklikka aylanishi, namning bir joydan ikkinchi 
joyga koʻchishi va h. k.) natijasidir. Yer sharining turli nuqtalarida Iqlimning 
turlicha boʻlishi Iqlim hosil qiluvchi omillarning har xil boʻlishiga, yaʼni bu 
jarayonlar sodir boʻladigan oʻsha geografik sharoitlarga bogʻliq. Geografik 
omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga 
yaqin-uzoqligi, orografiya va oʻsimlik qoplamining xususiyatlari, qor va 
muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik darajasi hisoblanadi. Bu 
omillar kengliklar boʻylab turli Iqlimning shakllanishiga sabab boʻladi. 
Yerning shakli, uning Quyosh atrofidagi harakati va ekliptika 
tekisligiga qiyaligi, yer yuziga quyosh energiyasi turli kengliklarda turlicha 
tushi-shi, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida havo va suv 
harakatlari yoʻnalishini oʻzgartirishiga taʼsiri va bu taʼsirning yuqori 
kengliklarda kuchli boʻlishi Iqlimni hosil qiluvchi astronomik omillar 
hisoblanadi. Yer iqlimi quyosh, okeanlar, yer usti qoplami va biosferaning 
murakkab bir-biriga bo’lgan ta’siriga bog’liq. Ob-havo va iqlim uchun bosh 
harakat kuch bu quyoshdir. Yer usti qoplamining noteng isitilishi (ekvatorga 


137 
yaqinlashish bilan isitilish kuchayadi) shamollar va okean oqimlarining 
asosiy sababidir.Biroq bir kenglikning oʻzida ham Iqlim hosil qiluvchi 
jarayonlar tabiiy geografik omillarga, yaʼni yer yuzasining quyidagi 
xususiyatlariga bogʻliq holda turlicha boʻladi: a) quruqlik va suv issiqlikni 
yutish, saqlash va qaytarish, namni bugʻlantirish, havo oqimlariga taʼsir etish 
xususiyatiga ega; b) quruqlik relyefi havo oqimlarining tutilib qolishiga, 
keskinlashuviga va oʻzgarishiga, yerning turli yoqlariga quyosh nurining 
turli miqdorda tushishiga, yer yuzasidan suvning oqib ketish ketmasligiga va 
boshqalarga ham taʼsir koʻrsatadi; v) turli togʻ jinslaridan tarkib topgan 
quruqlik mintaqalari har xil issiqlik oʻtkazish xususiyatiga ega. 
Oʻrta Osiyo hududining atmosfera sirkulyasiyasida arktika, moʻʼtadil va 
tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Bu yerlarda yilning sovuq fasllarida 
mo’tadil mintaqa kontinental havo massalari ustunlik qiladi va, ayniqsa, 
siklon faoliyati jadallik bilan rivojlanadi. Bu esa qish faslining juda 
oʻzgaruvchan, odatda, seryomgʻir va koʻpincha, sovuq boʻlishiga olib keladi. 
Yilning sovuq boʻlmaydigan davrlarida Turon pasttekisligidagi choʻlning 
juda qizib ketishi tufayli past bosimli havo qatlami vujudga keladi. Bu yerga 
kirib kelayotgan havo oqimlari yer sirtidagi issiq toʻshamaning kuchli 
taʼsiriga duch keladi, ularda jadal oʻzgarishlar jarayoni yuz beradi. Natijada 
issiq va quruq Turon kontinental tropik havo oqimi vujudga keladi. 
Transformatsiya (havo oqimining oʻzgarishi) taʼsirida siklonli jarayonlar shu 
qadar sezilmaydigan darajada oʻtadiki, faqat temperatura qisman oʻzgaradi 
va bulutlar paydo boʻladi, nisbatan barqaror issiq va quruq obhavo vujudga 
keladi. 
Ob-havo tushunchasi bilan iqlim tushunchasi o’zaro chambarchas 
bog’langan. Ob-havoni tavsiflash uchun havo bosimi, havo harorati va 
namligi, bulutlik, shamol tezligi va yo’nalishi, yog’inlar kabi asosiy 
meteorologik kattaliklarning biror vaqt paytidagi qiymatlarini bilish kerak. 


138 
Quruqlik massiblarining harakatiga nisbatan iqlim o’zgarishlari ancha 
tezroq yuz berardi,bunday o’zgarishlarni o’simlik va hayvonlarni geografik 
tarqalishida ko’rsa bo’ladi.Iqlim o’zarishlarini bio xilma-xillik taqsimotiga 
ta’sirini yer yuzi bo’yicha Yevropada ko’rish oson muzliklar va 
muzliklararo davrlarda O’rta Yevropada maksimal muzliklar davrida bo’yi 
past 
majnun 
tollar(Iva),driadallar,kamenolomkali 
tundrani 
tashkil 
qilardi,mo’tadil iqlimni hamma florasi janubga surilgan edi. Ob-havoni 
sekin sekin isishi qayta boshladi.
Iqlim o’zgarishlari bilan bog’liq bo’lib qolgan flora va faunani qayta-
qayta o’z o’rnini egallashi va siljishini xarakterlaydigan juda ko’p 
arxiologik izlar aniqlangan va niqlanayopti.Har bir ko’chishlar va qayta 
tiklanishlar albatta muhitga nisbatan o’zgarishlar orqali yuz beradi,bu esa 
o’z navbatida xilma-xillikni oshiradi Iqlimning antropogen omillar ta`sirida 
va tabiiy ofatlar natijasida o`zgarib ketishi hayvonot va nabotot olamiga 
katta salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə