M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Bio xilma-xillikni o’rganish va saqlash usullari



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Bio xilma-xillikni o’rganish va saqlash usullari: 
Biotexnik tadbirlar:Inson hayot faoliyati natijasi bo`lmish tabiiy 
o`zgarishlar natijasida ko`pgina o`simlik va hayvon turlari yo`qolib ketish 
arafasida turibdi. Ularni himoya qilish urinishlari passiv xarakterga ega: 
yuz bergan hodisa bo`yicha qizil kiitobni yaratish, kam uchraydigan baliq 
turlarini ovlashni taqiqlash, xalqaro savdoni cheklash, qo`riqxonalarni, 
milliy bog`larni yaratish va shu kabi ishlarni amalga oshirishdan iborat. 
Yo`qolib ketayotgan turlarni oldini olish maqsadida maxsus tadbirlar 
o`tkazish lozim bo`ladi.
Bunday usullardan hisoblanishi mumkin birinchi navbatda biotexnik 
tadbirlar: qishloq xo`jalik ishlarini yuritilayotganda elektr uzatish 
uskunalarida hayvonlarni o`lishini oldini olish, qurilmalarini ko`rish, kam 
uchraydigan turlarini cheklangan sharoitda ko`chirish va ko`paytirish, 
ularni ob-havo noqulay bo`lgan paytlarda oziqlantirish va hk. 
Ovchilarning keng tarqalgan biotexnik tadbirlaridan bu ovlanadigan 
hayvonlarni oziqlantirish usullari, ular uchun yem-hashak ekish va 
ko`paytirish. Ana shunday tadbirlarni muvaffaqiyatli natijalardan janubiy 
Finlandiyadagi Vesiyarvi ko`lini qayta tabiiy holatiga qaytarilishi. Bunda 
asosiy rolni ko`lga biogen elementlarni kelib tushishini oldini biotexnik 
usullar orqali olinishi, ya`ni ko`lni evtrofikatsiyalanishi oldi olingan. 


132 
Bunda biogen elementlarning ichki manbai fosfor bo`lib kichgina baliqlar 
guruhi hisobidan va tashqi manba qishloq xo`jalik yerlaridan azotning suv 
orqali kirishi edi. Hozirgi kunda bu ko`l suvi ichishga yaroqli, dam olish 
va baliq ovlash joyi bo`lib xizmat qiladi.
Biotoplarni himoyalash, ularni tiklash: Bio xilma-xillikni saqlash va 
ko`paytirishda biotoplarni sog`lom holatda ushlab turish, ularni tiklash– 
muhim tadbir hisoblanadi. Texnologik talablar bilan birgalikda bunday 
ko`rinishdagi faoliyat qunt bilan biologik va ekologik tadqiqotlarni 
o`tkazishni talab qiladi va shu joyni bio xilma-xillik holatini baholash va 
monitoring qilish usullarini ishlab chiqishni talab qiladi. 
Biotoplarni tiklashga qaratilgan kompleks tadbirlarga quyidagilarni 
kiritish mumkin: suv-botqoqli joylar tabiiy holatini tiklash, melioratsiya 
zararini oldini olish, quritish, ifloslanishdan va noratsional foydalanishdan 
saqlab qolishlar. 
Juda ko`p qadimiy ekosistemalar borki ularni bahosi u yerdan qazib 
olinadigan foydali qazilmalarning bahosidan ancha baland turadi. Bio 
xilma-xillikni sqlash maqsadida bunday joylarda milliy bog`larni va 
buyurtmaxonalarni yaratish biologik hayot nuqtai nazaridan maqsadga 
muvofiq.
Misol uchun, turlarga boy har xil o`tli yaylov, Finlandiya qirg`oqlarining 
janubiy sayoz uchastkalarida- suv qushlarining vaqtincha to`xtash joyi, 
yuqori sfagnum botqoqzorlari laylaklar va boshqa qushlar uchun oziqaga 
boy yashash joylari va shunga o`xshash ko`pgina joylar. 
Tabiiy resurslardan turg`un foydalanish. Maydondan “turg`un” 
foydalanish degani xo`jalik ishlarini bio xilma-xillikka zarar
yetkazmasdan olib borish zarur. Bu xususan qishloq xo`jaligi va 
o`rmonchilikka nisbatan dolzarb hisoblanadi. O`rmonchilik ishlarida 


133 
turg`un “boshqarish” o`rmon ekosistemasiga shikast yetkazmaslik va uni 
bio xilma-xilligini saqlab qolish tushiniladi.
Bunda asosan katta o`rmon massivlarida daraxtlar kesilganda yalang`och 
bo`lib qolmasligi, bundan tashqari o`rmonzorlardagi muhim biotoplar va 
iqlimni boshqaruv funksiyalarini saqlab qolishga e`tibor beriladi. Bu 
xildagi ehtiyotkorliklarga qaramasdan, o`rmonchilik faoliyati atmosfera 
tarkibiga va iqlim xususiyatiga planeta miqyosida o`z tasirini ko’rsatadi. 
Hisob-kitoblar 
shuni 
ko`rsatadiki, 
agar 
o`rmonzorlarga 
boy 
mamlakatlardagi yog`och tayyorlash maqsadida kesish maydonlarini 30-
40% ga qisqarganda unda atmosferadagi CO2 ni o`sishi to`laligicha 
to`xtatilardi. 
Berilganlar bazasini tez-tez yangilash ham katta imkonyatlarni yaratadi. 
Misol uchun, GIS Master dasturi bir vaqtning o`zida qidirish va 
obyektlarni tanlash bo`yicha joy xaritalarini yoki ularning ma`lum qismini 
chop etish, ularni redaktirlash, har xil ko`rinishdagi grafik 
informatsiyalarni kiritish mumkin. 
Ko`pincha GIS dasturlari statistik berilganlarni tayyorlash, tematik 
xaritalarni yaratish, berilganlarni fazo-vaqt o`lchovida analiz qilish
ekologik modellashtirish hamda bio xilma-xillik monitoringini o`tkazish 
imkoniyatlariga ega. 
Ko`pincha suv turlarining tarqalishini ma`lum suv qatlamidagi o`rtacha 
yillik harorati asosida aniqlashadi. Grenlandiya va Islandiya orasidagi tub 
qatlamidagi harorat o`zgarishlarini akslantiruvchi xarita -1.2º C dan to 
+7.3 º C gacha temperatura gradientini akslantiradi.


134 
Bunday informatsiya suv sho`rligi haqida berilaganlari bilan birgalikda 
suv tubi turlarini tarqalishini, taqsimlanishini, xilma-xilligi va 
migratsiyasini analiz qilishga yaxshigina asos bo`ladi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə