Маданият назарияси


-Mavzu. MILLIY ISTIQLOL VA O‘ZBEKISTONDA



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
madaniyatshunoslik

 12-Mavzu. MILLIY ISTIQLOL VA O‘ZBEKISTONDA 
    MADANIY  HAYOT. 
 
Ma’ruza rejasi: 
1.
 
Ma’naviy ma’rifiy islohatlar – jamiyat taraqqiyotining            
       ustivor yo‘nalishi sifatida. 
2.
 
Ta’lim tizimining rivojlantirilishi va madaniyat. 
3.
 
Hozirgi bosqichda madaniy hayot. 
 
Har  qanday  jamiyat  taraqqiyoti, uning  u  yoki bu vaqt va  makondagi darajasi 
ko‘p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, 
ijtimoiy  ehtiyojlari  hamda  ularning  qay  darajada  qondirilishiga  bog‘liqdir. 
Mustaqillik  davrigacha  va  undan  keyingi  o‘tgan  tarixan  qisqa  muddat  ichida  ro‘y 
bergan  holatlar,  jamiyat  ijtimoiy  –  siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy-ma’rifiy  va 
tarbiyaviy-mafkuraviy  sohasidagi  o‘zgarishlar  bizga  sho‘rolar  mustabid  tuzumi 
hamda  istiqlol  yillarida  O‘zbekistonning  real  hayotida  xolisona  javob  izlashga  va 
unga erishishga imkon beradi. 
Uzoq ming yilliklar tarixi shundan dalolat beradiki, o‘zbek milliy davlatchilik 
tarixi  eng  avvalo  ma’naviyat-ma’rifatning  jamiyat  hayotida  muhim  o‘rin 
egallaganligi  bilan  chambarchas  bog‘liqdir.  Ushbu  azaliy  an’anaga  mustaqillik 
yillarida  ham  alohida  e’tibor  berilishi  juda  ahamiyatli  bo‘ldi.  Qayd  etish  lozimki, 
istiqlolning  dastlabki  davrlaridanoq  madaniyatning  metodologiyasi  o‘zgardi. 
Agarda,  sho‘rolar  mustabid  tuzimi  davrida  madaniyatning  asosiy  vazifasi  jamiyat 
a’zolarining  kommunistik  mafkura  va  soxta  g‘oyaga  e’tiqodini  mustahkamlashga 
safarbat etish bo‘lsa, istiqlol davrida uning maqsadi tamomila o‘zgardi. 
Xo‘sh,  bular  nimalarda  ko‘rindi?  Xususan,  eng  avvalo,  mamlakat  xukumati, 
Prezidentning  ma’naviy-ma’rifiy  omillariga  nisbatan  munosabati  shakllandi. 
Jumladan,  ma’naviy-ma’rifiyo  islohatlar  davlat  siyosatining  asosiy  ustivor 
yo‘nalishi,  deb  hisoblandi.  Joylarda  ma’naviyat  bilan  bog‘liq  shularning  amalga 
oshirilishi 
uchun 
butun 
ma’suliyatning  hokimlar,  vazirliklar,  idoralar, 
tashkilotlarning  birinchi  rahbarlari  zimmalariga  yuklatilishi  juda  katta  ijtimoiy 
ahamiyat kasb etdi. 
Ikkinchidan,  ma’naviyati  yuksak  millat  va  davlatnigina  kelajagi  buyuk 
bo‘lishi  mumkin  ekanligi  to‘g‘risidagi  ijtimoiy  fikr  shakllana  boshlandi. 
Darhaqiqat iqtisodiy-siyosiy omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o‘rni 
va  roli  kattadir.  Biroq,  ma’naviy  omillargina  jamiyatda  sodir  bo‘lgan  barcha 
muammolarni had etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir. 
Uchinchidan,  ma’naviyat  va  ma’rifat  jamiyatni  poklantiruvchi  kuch  ekanligi 
e’tirof  etilmoqda,  zero  sho‘rolar  mustabid  tizimi  davridan  qolgan  yaramas 


 
 
 
92 
«ma’naviy»  merosdan  poklanmasdan  turib  istiqlolga  xizmat  qiladigan,  fuqarolar 
qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas. 
To‘rtinchidan,  istiqlol  davri  O‘zbekiston  jamiyati  ma’naviyatining  eng 
muqaddas  maqsadlaridan  biri  –  o‘tmish  tarixiy-madaniy,  ilmiy,  ahloqiy-
mafkuraviy,  ijtimoiy-siyosiy  qadriyatlariga  sho‘ro  davrida  tarkib  topgan 
munosabat  kabi  «illat»  sifatida  emas,  aksincha,  jamiyatni  poklantiruvchi  va 
kelajakni  ma’naviy  jihatdan  mustahkamlovchi  omil  asnosida  qarashdan  iborat 
jamoatchilik fikri shakllanadi. 
Beshinchidan,  istiqlol  davrida  ma’naviyatning  har  qanday  siyosiy  hukmron 
mafkuralardan  holiligi,  mushimi,  shakllanayotgan  milliy  mafkuraning  ma’naviyat 
bilan uyg‘unligi ta’minlandi. Mamlakat Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek, 
mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo‘lgan eng ustivor vazifa «xalqimiz orasida 
katta  ma’rifiy-amaliy  ishlarni  olib  borib,  milliy  mafkuramizga  kuch-quvvat 
beradigan,  uni  yangi-yangi  marralar  sari  safarbar  etadigan,  keng  ommaga  ta’sir 
o‘tkazishga,  xalqni  o‘ziga  tarafdor  etishga  xizmat  qiladigan  siyosiy,  ijtimoiy, 
iqtisodiy, ma’naviy manbalarni to‘g‘ri belgilab olishdir
23
». 
Haqiqatdan  ham,  mustaqillik  yillarida  ma’naviyat  va  ma’rifatning  ijtimoiy 
maqsadi  aniqlab  olindi, uning bajaralishi lozim  bo‘lgan vazifalari belgilandi.  Ana 
shunday  sharoitda  jamiyat  fuqarolari  tomonidan  bildirilgan  ijtimoiy  ehtiyoj  – 
ma’naviy-ma’rifiy sohalarda yangi asr va umuman, uchinchi ming yillikdagi bosh 
g‘oya qanday bo‘lishi aniqlandi. 
Xo‘sh,  hozirgi  va  yangi  ma’naviyat  sohasidagi  bosh  g‘oyamiz  nimalardan 
iborat?  Mazkur  savolga  javobbera  turib,  I.Karimov  quyidagilarni  yozadi: 
«Modomiki  biz  huquqiy  demokratik  davlat,  erkin  fuqarolik  jamiyati  qurayotgan 
ekanmiz,  ma’naviyat  sohasidagi  yigirma  birinchi  asrga  mo‘ljallangan  harakat 
dasturimiz  ham  ana  shundan  kelib  chiqmog‘i  darkor.  YA’ni  erkin  fuqaro-ongli 
yashaydigan,  mustaqil  fikrga  ega  bo‘lgan  shaxs  ma’naviyatini  kamol  toptirish 
bizning bosh milliy g‘oyamiz bo‘lishi zarur. 
Darhaqiqat,  mustaqil  O‘zbekistonda  istiqlol  ma’naviyat  sohasida  mavjud 
bo‘lgan vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda 
badarilib  kelinmoqda.  CHunonchi,  agar  istiqlolning  dastlabki  yillarida  jamiyat 
ma’naviyo  haqtida  turgan  eng  bosh  vazifa  fuqarolarda  sho‘rolar  davriga  xos 
tafakkurni  eskicha  fikrlash  sarqitlarini  bartaraf  etish  edi.  Mazkur  masalada  qator  
yutuqlarga erishildi. Biroq, bu borada hali talay ishlarni bajarish lozim»
24

Ikkinchi,  eng  muhim  vazifalaridan  yana  biri  erkin  fuqarolik  jamiyatining 
ma’naviyatini shakllantirishdir, zero «ozod, o‘z haq-huquqlarini yaxshi taniydigan, 
boqimandalikning har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi 
va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini halq, Vatan 
manfaatlari  bilan  uyg‘un  holda  ko‘radigan  komil  insonlarni  tarbiyalashdan 
iboratdir»
25

                                           
23
 Каримов И. Ыз келажагимизни ыз =ылимиз билан =урмо=дамиз. Т., 1999. 16-бет 
24
 Ыша жойда. 18-бет. 
25
 
Ыша жойда. 19-бет.
 


 
 
 
93 
Istiqlol  yillarida  O‘zbekiston  madaniyati  xususida  fikrlash  asnosida  alohida 
qayd  etilishi  lozim  bo‘lgan  masalalardan  yana  biri-  ma’naviyat  sohasidagi  davlat 
siyosatining  tobora  konkretlashib  borishi,  vazifalarni  hal  etish  yo‘llarining 
oydinlashuvidir. 
Ma’naviyat  jamiyat  a’zolarini  ruxan  poklantiruvchi,  qalban  ulg‘aytiruvchi, 
inson  ichki  dunyosiga,  irodasiga  kuch-quvvat  beruvchi,  milliy  vijdonini 
uyg‘otuvchi va doimiy harakatdagi konkret kuchdir. SHunday ekan, ma’naviyatga 
umummiy  tarzda  munosabatda bo‘lish  xatodir,  zero  har bir  fuqaroning  ma’naviy-
mafkuraviy,  komillik  darajasi  bir  xil  bo‘lmagani  kabi,  ularning  bunday  sifatlarini 
uyg‘unlashtirib turuvchi ko‘rinishlari ham konkretdir. 
Xususan,  yangi  asr  bo‘sag‘asidagi  eng  asosiy  vazifamiz  nimadan  iborat? 
Mamlakat  prezidentining  ta’kidlashicha,  ma’naviyat  sohasidagi  strategik 
maqsadimiz – «milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya 
va  mafkurani  shakllantirish,  muqaddas  dinimizning  ma’naviy  hayotimizdagi 
o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni 
izchillik  bilan  davom  ettirish,  ularni  yangi  bosqichga  ko‘tarish  va  ta’sirchanligini 
kuchaytirishdir»
26
. YUqorida bildirilgan fikrdan tabiiiy ravishda kelib chiqayotgan 
xulosa  shundan  iboratki,  istiqlolning  hozirgi  bosqichida  ma’naviy-ma’rifiy 
sohadagi  ishlarning  tashkil  etilishidan,  endi,  bunday  ishlarning  samaradorligiga 
erishish  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Xo‘sh,  ma’naviyat  sohasidagi  ishlarning 
samaradorligini  oshirish  deganda  nimani  tushunish  mumkin?  Umuman,  madaniy-
mafkuraviy sohasidagi ishlarimiz jamiyatni ma’naviy yuksaltirishga qodir-mi? 
SHu  o‘rinda  qurilayotgan  demokratik,  huquqiy  insonparvar  jamiyat  yuksak 
ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarga tayanishini bu jarayon esa milliy g‘oya va milliy 
mafkuraga, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asoslanishini alohida 
qayd etish juda muhimdir. 
Agar,  istiqlolning  dastlabki  yillarida  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlardan 
ko‘zlangan  maqsad  sho‘ro  mustabid  tizimi  asoratlaridan  qutulish,  jamiyatida 
ma’naviy yaqdillik yaratishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endi esa, ijtimoiy hamkorlik, 
komil  insonni  tarbiyalash  ustivor  tavsifga  ega  bo‘lmoqda.  Ma’naviyatning 
mamlakatda  demokratik,  huquqiy,  qudratli  davlat  qurish  yo‘lidagi  muhim  omil 
ekanligi endi hech kimga sir emas. 
O‘zbekistonning  hozirgi  taraqqiyot  bosqichida  ma’naviy  omillar  hamda 
millatlararo  munosabatlar  masalasiga  qarash  ham  tubdan  o‘zgardi.  CHunonchi, 
istiqlolning  dastlabki  davrlarida  «soxta  baynalmilallik»  oldida  yurak  oldirib 
qo‘ygan hamda xadiksirash kasalidan xoli bo‘lmagan holda har qanday milliylikni 
ulug‘lash va har qanday «baynalmilallik»dan qochish xissiyoti yuzaga kelgan edi. 
Bunday jiddiy va qat’iy kutblilik, tabiiyki, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga, ayniqsa, 
millatlararo munosabatlar masalasiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi. 
SHuning  uchun  ham  O‘zbekiston  hukumati  madaniyatdagi  milliylik  va 
baynalmilallik  nisbatini  saqlashga  mushim  vazifa  sifatida  munosabatda  bo‘la 
boshladi. Ayni paytda 130 ga yaqin millat va elat yashayotgan O‘zbekistonda har 
bir  millat  ravnaqi, uning barqaror  taraqqiyoti,  xavfsizligi va  yashash  kafolatlariga 
                                           
26
 Каримов И. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон щаёт–пировард ма=садимиз. Т., 2000, 24-бет.  


 
 
 
94 
har  qanday  tahdidlarning  oldini  olish,  u  yoki  bu  millatga  mansub  kishilar 
guruhining  hudbinlik  kayfiyatlarini  muqarrar  tarzda  boshqa  millat,  xalq 
imkoniyatlarini  zo‘ravonlik  va  zug‘um  bilan  chegaralab  qo‘yadigan  davlat 
siyosatining ishlab chiqilishi bu borada amaliy ishlarning samarasini oshirdi. 
O‘zbekistonda  istiqomat  qilayotgan  ko‘p  millatli  xalqlarning  madaniy 
taraqqiyoti,  ularning  o‘zliklarini  anglash  jarayonlariga  bo‘lgan  intilishlarini 
qonuniy-huquqiy  asosida  qondirish  masalalari  ham  mamlakat  hukumati  oldidagi 
eng  muhim  vazifalardan  biri  bo‘ldi.  SHu  o‘rinda  1989  yili  madaniyat  vazirligi 
huzurida  respublika  millatlararo    madaniy  markazning  tashkil  etilishini  alohida 
ta’kidlash  lozimdir.  Agarda  90-yillarning  boshlarida  O‘zbekistonda  12  ta  milliy-
madaniy markaz faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa
27
, hozirgi kunga kelib ularning soni 80 
dan  ortdi.  Mustaqillik  yillarida  milliy-madaniy  markazlar  faoliyati  ustidan 
muvofiqlashtiruvchi  ishlarning  qo‘lami  ham  ortdi  va  1992  yil  yanvar  oyida 
hukumat  qarori  bilan  Respublika  Madaniy  markazi  tashkil  etildi.  Ushbu 
markazning bosh vazifasi qilib esa milliy madaniy markazlarga amaliy va uslubiy 
yordam  ko‘rsatish,  ular  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  milliy  an’ana,  urf-odatlarni 
qaytadan  tiklash,  MDH  va  xorij  davlatlaridagi  baynalmilal  madaniy  markazlar 
bilan  hamkorlik  aloqalarini  kuchaytirish,  O‘zbekistonda  millatlararo  aloqalarni 
yaxshilash, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash kabi muhim masalalar kiritildi. 
Istiqlol  yillarida  ma’naviy-ma’rifat  masalasiga  jiddiy  e’tibor  xukumat 
tomonidan bu borada mukammal tarzda ishlab chiqilgan asosida ish olib borishini 
talab  etdi.  SHu  asnoda  1994  yil  23  aprelda  mamlakatimiz  ma’naviy  hayotida 
muhim  voqea  yuz  berdi:  prezident  Islom  Karimov  farmoni  bilan  Respublika 
Ma’naviyat va Ma’rifat jamoatchilik markazi tashkil etildi. 
Ma’lumki,  sobiq  ittifoq  tugatilishi  bilan  birga  uning  kommunistik  mafkurasi 
ham  barham  topdi.  Bu  munofiq,  yakkahokim  mafkuraning  achchiq  saboqlaridan 
xulosa  chiqarib  mamlakatimizning  Asosiy  Qonunida  «Hech  qaysi  mafkura  davlat 
mafkurasi  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi»,  deb  yozib  qo‘yildi.  SHu  asnoda, 
jamiyatimiz  hech  qachon  mafkura  yakkaxokimligi  ro‘y  bermasligi  uchun  zarur 
bo‘lgan huquqiy poydevor yaratilgan. Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi 
ayni shu maqsadni ko‘zda tutib tashkil etildi
28
.  
Qayt  etish  lozimki,  ma’naviyat-ma’rifat  markazi  qisqa  davr  ichida 
xalqimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar 
asosida  mamlakit  va  millat  kelajagini  belgilaydigan  ilg‘or  g‘oyalarni  yuzaga 
chiqarish  bo‘yicha  yirik  ishlarni  bajardi.  SHu  bilan  birga,  ma’naviyat  va  ma’rifat 
masalalarini  bevosita  jamoatchilik  yo‘li  bilan  rivojlantirishga  alohida  e’tibor 
berilishi o‘z samarasini bermoqda. 
Ushbu  yo‘nalishdagi  faoliyatni  yanada  rivojlantirish  maqsadida  1996  yil  9 
sentyabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «ma’naviyat  va  ma’rifat 
jamoatchilik  markazi  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  va  samaradorligini 
oshirish  to‘g‘risida»  gi  farmoni  jamiyatni  ma’naviy  barqarorlashtirishda  muhim 
                                           
27
 Ызбекистон миллатлараро щамжищатлик йылида. Т., 1996. 111-бет. 
28
 Жыраев А. Агар огощ сен… Т., 1998. 148-бет. 


 
 
 
95 
ahamiyat kasb etadi
29
. Undan mazkur masalada jiddiy ijobiy o‘zgarishlar bilan bir 
qatorda  ayrim  hollarda  ma’naviyatning  mohiyatini,  uning  siljishimish,  farovon 
jamiyatga tezroq etishimizdagi qimmatini chuqur idrok etmaslik hollari mavjudligi, 
bu ishga daxldor rahbarlarda ma’sullik xislari past ekanligiga e’tibor qaratildi. 
Farmonga  asosan  1997  yildan  boshlab  1  oktyabr  «O‘qituvchilar  va 
murabbiylar»  kuni  deb  e’lon  qilindi,  «Ma’naviyat»  nashriyoti  tashkil  etildi, 
«Ma’naviyat  va  ma’rifat»  jamoatchilik  markazi  qoshida  «Oltin  meros»  xalqaro 
xayriya jamg‘armasi ta’sis etildi. 
Bu  boradagi  ishlarni  tartibga  keltirish,  faoliyat  samaradorligini  oshirish 
maqsadida  O‘zbekiston  respublikasi  Prezidenti  I.Karimov  1999  yil  3  sentyabrda 
«Respublika  ma’naviy  va  ma’rifiy  kengashini  qo‘llab-quvatlash  to‘g‘risida»gi 
farmonga  imzo  chekdi.  Ushbu  farmon  ma’naviyat  va  ma’rifat  davlat  siyosatining 
ustivor yo‘nalishi ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani yanada mustahkamladi va yanada 
unga kuch berdi. 
Xukumat  tomonidan  qurilgan  tadbirlar  samarasi  natijasida  ma’naviyat  va 
ma’rifat jamiyatda ruhiy poklanishga, shaxs ulug‘vorligini oshirishga, demokratik, 
huquqiy, insonparvarlik davlat qurishga mustahkam poydevor yaratdi. 
2. Ta’lim taraqqiyoti, uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Insoniyat  tarixida  o‘z  ijtimoiy  ahamiyati  jihatidan  alohida  e’tiborga  loyiq 
holatlar,  qadriyatlar  mavjudki,  bular  u  yoki  bu  millat,  elat,  xalqning  mavjudlik 
belgisi, taraqqiyot mezoni sifatida baholanishi mumkin. Millat mavjudligining ana 
shunday  muhim  belgilaridan  biri  ta’lim  tizimi  hamda  yuqori  malakali  mutaxassis 
kadrlar tayyorlash masalasidir. 
Darhaqiqat,  ta’lim  tizimi  demokratik  tamoyillar  bilan  uyg‘unlashgan,  uning 
insonparvar  jamiyat  barpo  etish  kabi  zarur  ijtimoiy  ehtiyoj  talablariga  javob 
bergandagina u o‘z oldiga qo‘yga buyuk maqsad – barkamol avlodni tarbiyalash va 
shakllantirish vazifasini ado etishi mumkin. 
Kommunistik «nazariya» tomonidan ta’lim tizimiga qo‘yilgan asosiy maqsad 
–  jamiyat  a’zolarini  mafkuraviy  qullikka,  itoatkorlikka  majbur  qilishdan  boshqa 
narsa emasdi. Mafkuraviy bikiklar, erkin fikr yuritishdan iborat (shaxs daxlsizligi, 
demokratik  tamoyillarga  bepisandlik  bilan  munosabatda  bo‘lish  kabi  illatlar 
kishilarda ijtimoiy passivlik holatini yuzaga keltirdi). 
Bularning barchasi O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki davridanoq barcha 
sohalarda  bo‘lgani  kabi  ta’lim  tizimida  ham  chuqur  o‘zgarishlarni  amalga 
oshirishga,  tub  islohatlarni  o‘tkazishga  undadi.  Istiqlol  mamlakat  fuqarolarida 
erkin fikrlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni uyg‘otdi. 
Mafkuraviy    qullikdan  holi  ravishda,  mamlakat  va  xalq  manfaatlariga  mos 
tarzda  faoliyat  ko‘rsatishga  intilish  hissiyotini  bemalol,  emin-erkin  ro‘yobga 
chiqarish  O‘zbekiston  fuqarolari  dunyoqarashida  yangilikka  tashnalik  kayfiyatini 
paydo  qildi.  Bu  masala  ayniqsa,  yangi  tayyorlanishi,  shakllanishi  lozim  bo‘lgan 
mutaxassis  kadrlarga  nisbatan  munosabatni  o‘zgartirib  yubordi.  Istiqlolning 
dastlabki davrlaridanoq mamlakat xukumati mavjud ta’lim tizimida tub islohatlarni 
o‘tkazishga alohida ahamiyat berishga kirishishi lozimligini angal etdi. Mamlakat 
                                           
29
 Гулистон, 1997, №1, 4-бет. 


 
 
 
96 
Prezidenti  ta’kidlaganidek,  «oldimizga  qo‘ygan  eng  ezgu  maqsadlarimiz  bilan 
uzviy  bog‘langan  bugungi  kundagi  yana  bir  g‘oyatda  dolzarb  maqsad  –  kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturini  amalga  oshirish,  bu  borada  boshlangan  ishlarimizni 
davom ettirish va kuchaytirish bundan buyon ham biz uchun ustivor vazifa bo‘lib 
qoldi»
30

Xo‘sh, yuqorida qayt etilgan holatlardan tashqari, yana qanday sabablar ta’lim 
tizimida  tub  islohatlarni  o‘tkazishga  undadi?  Bular,  kadrlar  tayyorlash  tizimining 
demokratik  o‘zgarishlar  va  bozor  islohatlari  talablariga  muvofiq  emasligi,  o‘quv 
jarayonining  moddiy-texnika  va  axborot  bazasi  etarli  emasligi,  yuqori  malakali 
pedagog  kadrlarning  etishmasligi,  sifatli  o‘quv-uslubiy  va  ilmiy  adabiyot  hamda 
didaktik  materiallarning  qadimgi  ta’lim  tizimi,  fan  va  ishlab  chiqarish  o‘rtasida 
puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kabilardir. 
Bularning  barisi  ta’lim  tizimini  zuddlik  bilan  isloh  etishni,  mazkur  sohani 
chuqur insonparvarlashtirishni talab etardi. To‘g‘ri, 1992 yil iyulida qabul qilingan 
«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  qonun  va  davlatimizning  shu  asosidagi  ta’lim-tarbiya 
siyosati  ishlab  chiqilgan  edi.  Unda  umumiy  ta’lim  quyidagi  bosqichlar  bo‘yicha 
amalga oshiriladi: 
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1-4 sinf); 
II bosqich – asosida (tayanch) maktab (4-9 sinf); 
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10-11 sinf); 
10-11  sinflar  ixtisoslashgan  bo‘lib,  o‘quvchilarni  oliy  o‘quv  yurtlariga 
tayyorlashga xizmat qila boshladi. 
Ta’kidlash  lozimki,  hamdo‘stlik  mamlakatlari  orasida  birinchi  bo‘lib 
respublikamizda 
«ta’lim 
to‘g‘risida»gi 
qonunning 
qabul 
qilinganligi, 
«Maktabgacha tarbiya», «Umumiy o‘rta ta’lim», «Maktabdan va sinfdan tashqari 
tarbiyaviy ishlar», «YOshlar siyosatiga oid» kabi qator konsepsiyalar va dasturlar 
yaratilganligini,  davlat  ta’lim  tizimi  jahon  amaliyoti  talablariga  muvofiq  kelishi 
uchun xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalarning o‘rganilayotganligi va shu asnoda 
20 dan ortiq yo‘nalishlar, fanlar bo‘yicha standartlar loyihali tayyorlandi
31

1993-94 o‘quv yilida barcha viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi  maktablari  o‘quvchilari  bilimlarini  tekshirish  yuzasidan  o‘tkazilgan 
test  sinovlari  quyidagi  natijalarni  ko‘rsatdi.  Ushbu  sinovga  70  ta  tuman  va 
shaharlarning  400  dan  ortiq  maktablarning  o‘quvchilari  jalb  etildi.  9-sinflarda 
kimyo  va  adabiyot  fanlaridan  test  sinovi  o‘tkazildi.  YAkunlar  quyidagi  me’yorda 
baholandi: 90 foizdan ortiq to‘g‘ri bajarganlarga «5» baho, 80 foizdan kamiga «4» 
baho, 60 foizdan ortig‘iga esa «3» baho. 
Mazkur  sinovlar  natijalari  o‘quvchilarning  gumanitar  yo‘nalishdagi  fanlar 
bo‘yicha  chuqur  bilim  olayotganliklarini  ko‘rsatdi.  Masalan,  adabiyot  fani 
bo‘yicha  tayanch  maktablarining  10186  o‘quvchisidan  1275  tasi  90%  dan  ortiq 
vazifalarni,  2552    o‘quvchi  80%  dan  ortiq  vazifalarni  bajardilar,  ya’ni 
                                           
30
 Каримов И. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон щаёт-пировард ма=садимиз. Т., 2000. 27-бет. 
31
 Эргашев К. Ызбекистон хал= таълимининг ривожланиш тарихи. Т., 1998, 59-бет. 


 
 
 
97 
o‘quvchilarning  to‘rtdan  uch  qismi  fanni  yaxshi  va  a’lo  baholarga 
o‘zlashtirganliklarini namoyish etdilar
32

Istiqlol  yillarida  umumta’lim  maktablarida  ona  tilini  o‘qitishga  muhim 
e’tiborning qaratilishi va «Davlat tili haqida» gi Qonunni bajarish yuzasidan olib 
borilgan ishlar ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini yanada oshirishga sabab bo‘ldi. 
O‘qish o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda ona tili va adabiyotiga ajratilgan 
soatlar  hajmi  ko‘payib,  2720  soatga  etdi.  O‘qish  rus  tillarida  olib  boriladigan 
maktablarda  esa  o‘zbek  tili  faniga  ajratilgan  soatlar  544  soat  o‘rniga  1020  soatga 
etdi.  Bunlar  o‘quvchilarda  milliy  o‘zligini  anglash  xissini  kuchaytirdi,  o‘z 
o‘lkasiga, tarixiga qiziqishini va o‘z Vatanining gullab-yashnashi yo‘lida faoliyat 
ko‘rsatish xissini uyg‘otdi. 
Umuman,  1992  yilda  qabul  qilingan  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi    Qonun 
O‘zbekistonda  ta’lim  tizimini  isloh  qilishda  ma’lum  rol  o‘ynadi.  Mazkur  hujjat 
sho‘rolar  mustabid  tizimi  davridan  «meros»  bo‘lib  qolgan,  kommunistik 
mafkuraga  xizmat  qiluvchi  mafkuraviy  kuchni  bartaraf  etishda  alohida  ahamiyat 
kasb etdi, jahon andozalariga mos tizim yaratilishida dastlabki qadam bo‘ldi. 
Biroq,  qayd  etish  joizki,  mazkur  hujjat  O‘zbekistonning  yangi  sharoitidagi 
vazifalariga  to‘liq  javob  bera  olmas  edi.  SHuning  uchun  ham  O‘zbekiston 
xukumati  ta’lim  tizimini  to‘liq  isloh  etishga  qodirxujjatlarni  qabul  qilishga 
e’tiborni kuchaytirdi va bu borada bosh islohatchilik yo‘lini o‘ynadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida tamomila yangi, sifat jihatdan mukammal 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqdi. 
Mamlakat  Prezidenti  yuqorida  qayd  etilgan  hujjatlarni  qabul  qilishga 
undayotgan  omillarni  e’tiborga  olgan  holda  quyidagi  fikrni  bayon  etdi. 
Birinchidan,  biz  eski  sho‘rolar  zamonidlan  qolgan  ta’lim-tarbiya  tizimiga  xos 
mafkuraviy  qarashlardan  va  sarqitlardan  xali-beri  to‘liq  kutulganimiz  yo‘q. 
Ikkinchidan,  barcha  amaldagi  o‘zgarishlar  va  tadbirlar,  asosan  yuzaki  bo‘lib, 
ta’lim-tarbiya  o‘va  o‘quv  jarayonlarining  tarkibini,  bosqichlarini  bir-biri  bilan 
uzviy  bog‘lash,  ya’ni  uzluksiz  ta’lim-tarbiya  tizimini tashkil  qilish  muammolarini 
echib bergan emas. 
Uchinchidan,  bizning  amaldagi  ta’lim-tarbiya  tizimimiz  bugungi  kun 
zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talabalariga javob bera olmasligi 
ko‘p  joylarda  yaqqol  ko‘rinmoqda
33
.  mazkur  mulohazalar  yangi  hujjatlar  qabul 
qilingungacha  bo‘lgan  davrdagi  ta’lim  tizimining  cheklanganligidan  yaqqol  dalil 
berardi. 
«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonunning  eng  ilg‘or  jihatlaridan  biri  –  unda  ta’lim 
sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  tamoyillarining  bayon  etilishi  bo‘ldi.  Ular 
quyidagilardan iborat edi: 
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 
-  umumiy  o‘rta,  shuningdek  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining 
majburiyligi; 
- ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 
                                           
32
 ЫзР ХТБ УМББ нинг жорий щужжатлари. 2-9-13-иш; 2-3 вара=алар. 
33
 Баркамол авлод – Ызбекистон тара==иётининг пойдевори. Т., 1997, 6-бет. 


 
 
 
98 
-  o‘rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  yo‘nalishini:  akademik  litseyda  yoki 
kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 
- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; 
- ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv; 
- bilimili bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; 
- ta’lim tizimida davlat va jamoa boshqaruvini uyg‘unlashtirish. 
Masalaga  bunday  tarzda  yondashuv  ta’limning  mamlakatda  ko‘rilayotgan 
demokratik,  huquqiy,  insonparvar  jamiyat  talablariga  to‘liq  javob  berishi,  uning 
milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  sodiqligidan  guvohdir.  SHu  bilan  birga, 
umumiy  o‘rta  ta’lim,  o‘rta  mahsus,  kasb-hunar  ta’limi,  oliy  ta’lim,  oliy  o‘quv 
yurtidan  keyingi  ta’lim,  kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash, 
maktabdan  tashqari  ta’lim  turlariga  asos  solindi,  mavjudlarini  takomillashtirish 
yo‘llari ishlab chiqildi. 
Mamlkatimiz  rahbariyatining  ta’lim-tarbiya  sohasiga  shu  darajada  katta 
e’tibor  berishi  bejiz  emasdir.  Gap  shundaki,  mamlakatimiz  aholisining  aksariyat 
ko‘pchiligi  yoshlar,  o‘smirlardan  iborat  bo‘lib,  ular  o‘z  kelajaklarini  aynan  bilim 
olish  bilan  bog‘langandirlar.  Xususan,  hozirda  O‘zbekistonda    9,5  mingga  yaqin 
umumta’lim  maktablari,  gimnaziyalar,  litseylar,  kollejlar,  300  ga  yaqin  o‘rta 
mahsus  muassasalar,  65  ta  oliy  o‘quv  yurtlari  bo‘lib,  ulardan  600  mingdan  ortiq 
turli malakadagi pedagoglar mehnat qiladi. 
So‘nggi  yillarda  milliy  maktablar  tizimini  yaratish  borasidagi  ishlarning 
tarkibiy  qismi  sifatida  respublikamizda  yashayotgan  va  ozchilikni  tashkil  etgan 
(mamlakatlar)  millatlar  farzandlari  ta’lim-tarbiyasiga  ham  e’tibor  kuchaytirildi. 
O‘zbekistonda 2,5 mingdan ortiq o‘quvchi bo‘lgan 50 ga yaqin krim-tatar maktabi, 
130  ta  o‘quvchisiga  ega  bo‘lgan  2  ta  nemis  maktabi, 2400  ga  yaqin  o‘quvchisiga 
ega bo‘lgan 24 ta koreys maktabi, 4 ta uyg‘ur, 1 dan kudrlar, yaxudiylar maktablari 
faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bundan tashqari, 9 mingdan ortiq qozoq farzandlari, 300 
mingdan ortiq tojik farzandlari, 1 mingdan ortiq qirg‘iz farzandlari va 1,5 mingga 
yaqin turkman farzandlariham o‘z tillarida ta’lim-tarbiya ola boshladilar
34
.  
O‘zbekiston  hukumati  istiqlol  talablariga  javob  bera  oladigan  iqtidorli 
yoshlarni  tanlab olish,  ularga  fan  yo‘lidagi so‘qmoqlarni  sharaf  bilan  bosib  o‘tish 
borasida  ham  qator  ishlarni  amalga  oshirmoqda.  «Umid»  jamg‘armasining 
O‘zbekiston  Prezidentitomonidan  ta’sis  etilishini  shu  ma’noda  tushunish  lozim. 
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvar 
Qaroriga muvofiq ish boshladi. 
Ma’lumki,  mamlakatimizda  tarixiy  tub  o‘zgarishlarni  muvaffaqiyatli 
o‘tkazish,  ijtimoiy-siyosiy,  ma’naviy-iqtisodiy  islohatlarni  amalga  oshirish  uchun 
jahon  andozalari  darajasida  bilim  olgan  iste’dodli,  ruhan  barkamol  yosh  milliy 
kadrlar  zarurdir.  «Umid»  jamg‘armasining  o‘z  oldiga  qo‘ygan  eng  katta  maqsadi 
ham  xalq  xo‘jaligining  nufuzli  tarmoqlarini  yuqori  malakali  mutaxassislar  bilan 
ta’minlashdan  iborat  bo‘ldi.  Xozirgi  kunda  O‘zbekistonlik  talabalar  o‘z  tanlagan 
                                           
34
 
Эргашев К. Ызбекистон хал= таълимининг ривожланиш тарихи. Т., 1998, 64-бет. 
 


 
 
 
99 
ixtisosliklari  bo‘yicha  AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Germaniya  va  YAponiyaning 
jahonga mashhur oliy o‘quv yurtlariga muvaffaqiyat bilan shug‘ullanmoqdalar. 
«T’alim to‘g‘risida»gi qonun, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi jamiyatni 
ma’naviy  jihatdan barqarorlashtirish  juda katta  vazifalarni bajarmoqda,  yoshlarda 
Vatanga,  millatga  mehr-muhabbat  hissini  singdirishda,  jahon  andohalariga  mos 
faoliyat ko‘rsatishda muhim omil bo‘lmoqda. SHu bilan birga, yangi ta’lim-tarbiya 
dasturi  yoshlarda  mafkuraviy  e’tiqodni  mustahkamlashda,  milliy  g‘oya  va  milliy 
mafkura  mohiyatini  anglashda  alohida  ahamiyatlidir.  Zero,  mafkuraviy  ta’sirlar 
salbiy  oqibatlarga  olib  kelmasligi  uchun  yoshlarimizning  iymon-e’tiqodini 
mustahkamlash,  irodasini  baquvvat  qilish,  ularni  o‘z  mustaqil  fikriga  ega  bo‘lgan 
barkamol  insonlar  etib  tarbiyalash  juda  zarurdir.  I.Karimov  qayd  etganidek,  eng 
muhim  vazifa  «ularning  tafakkurida  o‘zligini  unutmaslik,  ota-bobolarning 
muqaddas  qadriyatlarini  asrab-avaylash  va  hurmat  qilish  fazilatiri  qaror  toptirish, 
ularning  men  o‘zbek  farzandiman  deb  g‘urur  va  iftixor  bilan  yashashiga 
erishishdir»
35
.  
4.
 
Madaniy hayot. 
Har  qanday  sharoitda  ham  barcha  millat  va  xalqlar  o‘zining  ma’naviy 
ehtiyojlarini  qondirishga  muhtojlik  sezadi.  Ma’naviyat  –  inson  uchun  mavjudlik 
belgisi.  Ma’naviy  boylik  –  u  yoki  bu  millatni  boshqa  etnik  birikmalardan  o‘ziga 
xosligini  bildiruvchi,  anglatuvchi  muhim  omildir.  Ma’naviyati  yo‘q  xalqning  o‘zi 
yo‘q. SHu bilan birga har bir xalq ma’naviyati ham bir xil darajada emas. 
SHu  o‘rinda  mamlakat  yurtboshisining  «biz  xalqni  nomi  bilan  emas,  balki 
madaniyati,  ma’naviyati  orqali  bilamiz,  tarixining  tag-tomirigacha  nazar 
tashlaymiz»
36
,  -degan  fikrlarida  juda  mantiq  va  ma’no  bor.  Biroq,  sho‘rolar 
mustabid  tizimi  sharoitida  o‘zbek  milliy  madaniyati  haddan  ortiq  darajada  ko‘p 
zarar ko‘rdi. Barcha mustamlakachilik kabi kommunistik mafkura maddohlari ham 
o‘zbek xalqini qul qilish uchun eng avvalo shu xalqning milliy madaniyatini yo‘q 
qilishga zo‘r berdilar. 
Ta’kid  etish  joizki,  ma’naviy  madaniyati  yuksak,  uning  ildizlari  baquvvat 
xalqning ijtimoiy ongidan shu xalq madaniyatini hech qachon tamomila yo‘q qilish 
mumkin  emas.  To‘g‘ri  mustamlakachiliklar  natijasida  o‘zbek  madaniyatiga  katta 
zarar  etkazildi,  uning  ma’naviy  ildizlarini  qirqib  tashlashga  urinildi.  Lekin  ular 
buning uddasidan chiqa olmadilar. 
O‘zbek xalqi katta yo‘qotishlarga qaramasdan o‘zligini, o‘z milliy madaniyatini 
saqlab  qola  bildi.  Bunga  yaqin  va  uzoq  tarix  guvohdir.  Endigi  vazifa  –  ma’naviy 
hayotdagi  barcha  yo‘qotishlarning  o‘rnini  qoplashdan  iborat  bo‘ldi.  Bu  narsa 
xalqimizning  ma’naviyat  va  ma’rifatga  muhtojligi  va  uning  tansiqligi  bilan 
belgilandi.  Kishining  o‘zligini  anglashi, o‘z  sha’nini  himoya  qila  olishi va barcha 
yomonliklardan  o‘zini  tiya  olishi  uchun  orif  bo‘lmog‘i,  qalbining  tubida,  jinday 
bo‘lsada, ma’rifat shamchirog‘i yonib turmog‘i lozim. Ana shunda odam gunohdan 
hazar  qilish,  barcha  ne’matlardan  aql-idrok  va  insof  doirasida  foydalanish  yo‘lini 
                                           
35
 Каримов И. Донишманд хал=имизнинг мустащкам иродасига ишонаман. Т., 2000. 6-бет. 
36
 Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йы=. Т., 1998. 18-бет. 


 
 
 
100 
tutadi.  Nojo‘ya  xatti-harakatlari  uchun  tavba-tazarru  qilish  zarurligini  anglay 
boshlaydi
37
.  
O‘zbek  xalqi  aynan  shu  yo‘ldan  bordi,  o‘z  milliy-tarixiy,  madaniy  merosiga 
sodiqligini  ko‘rsata  bildi.  Bu  esa  mustamlakachiliklar  davrida  yo‘qotilgan, 
taptalangan  madaniy  merosni  tiklash,  o‘zligini  anglashga  bo‘lgan  rag‘batni 
uyg‘otdi. 
Istiqlol  yillarida  o‘zbek  madaniy  hayoti  uyg‘ondi,  jonlandi  va  o‘zining  butun 
mavjud  bo‘y-bastini  ko‘rsata  bildi.  Teatr,  musiqa  san’ati  rivoj  topdi,  madaniy 
aloqalar  kengaydi,  madaniy-  ma’rifiy  muassasalar  faoliyati  takomillashdi, 
muzeylarning ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyati oshdi, milliy adabiyot ravnaq topdi. 
Ayniqsa,  teatr  san’atining  rivoji  gullab  yashnadi.  Bu  bejiz  emasdi,  zero 
mustamlakachilik  davrida  teatrlar  kommunistik  mafkuraning  xizmatkoriga 
aylangan,  siyosiy  maqsadlarnigina  bajaruvchi  kuchga  aylangan  edi.  SHu  asnoda 
asosiy  e’tibor  repertuar  masalasini  hal  etish,  tomoshabinlarni  bezdiradigan  sahna 
asarlari  o‘rniga ularning ma’naviy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi spektakllarni 
fuqarolar hukmiga havola etishga asosiy e’tibor qaratildi. 
Hozirgi  sharoitda  O‘zbekistonda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  36  ta  dramatik, 
musiqali drama va komediya, opera va balet, qo‘g‘irchoq teatrlari va ana shunday 
vazifalarni  bajardilar.  1998  yil  26  martda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
I.Karimovning  «O‘zbekiston  teatr  san’atini  rivojlantirish  to‘g‘risida»gi  Farmoni 
e’lon  qilindi.  Unga  binoan,  O‘zbekiston  tomosha  san’atining  ko‘p  asrlik 
an’analarini  o‘rganish,  boyitish  va  targ‘ib  qilish,  teatr  san’atini  har  tomonlama 
rivojlantirish,  uning  moddiy  bazasini  yanada  mustahkamlash,  mamlakatimizda 
ma’naviy-ma’rifiy  islohatlarni  amalga  oshirishda  teatr  arboblarining  faol 
qatnashishini  ta’minlash,  respublika  Madaniyat  ishlari  vazirligi  teatr  tashkilotlari 
negizida  va  teatr  arboblari  uyushmasida  badiiy  zamonaviy  sahnabop  asarlar 
yaratish  maqsadida  Madaniyat  ishlari  vazirligi  tizimida  va  teatr  ijldiy  xodimlari 
uyushmasi qoshida «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlar chaqirish birlashmasi tashkil etildi.  
«O‘zbekteatr»  birlashmasi  o‘zining  teatr  tashkilotlari  hamda  mintaqaviy 
bo‘limiga  ega  bo‘lib,  mulkchilik  shakllaridan  va  qandaydir  muassasaga  idoraviy 
daxldorligidan qat’i nazar mamlakatdagi barcha davlat teatrlari, teatr studiyalarida 
xalq  teatrlari  va  boshqa  tegishli  tashkilotlar  jamoalarini  ixtiyoriy  tartibda 
birlashtirdi
38
.  
Mamlakatimiz  hukumati  qo‘shiqchilik  san’atidan  mustaqillikning  ma’naviy 
zaminlarini  mustahkamlashda  ham  unumli  foydalanishga  e’tiborni  kuchaytirdi. 
SHu  maqsadda  1995  yil  dekabrda  «O‘zbekiston  –  Vatanim  manim»  mavzuidagi 
qo‘shiqlar  ko‘rik  tanlovi  e’lon  qilindi.  Mazkur  tanlov  barcha  viloyat,  shahar  va 
tumanlarda  juda  katta  ko‘tarinkilik  ruhida  o‘tkazildi  va  uning  natijasida  yuzlab 
yangi,  mustaqillik  davri  qo‘shiqlari  yaratildi,  ko‘plab  iste’dodli  san’atkorlarning 
paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 
«O‘zbekiston  –  Vatanim  manim»  qo‘shiq  ko‘rik-tanlovining  1996  yil  mart 
oyida bo‘lib o‘tgan birinchi bosqichida 54 mingdan ortiq san’atkorlar ishtirok etdi, 
                                           
37
 Жыраев Н. Тарих фалсафаси. Т., 1999, 150-бет. 
38
 Ызбекистон Республикаси. 100 саволга 100 жавоб. Т., 1998, 177-бет. 


 
 
 
101 
10  mingdan  ortiq  yangi  musiqiy  asarlar  yaratildi.  Qayd  etish  lozimki,  mazkur 
tanlov istiqlolni, Vatanni, o‘zligini anglashda muhim qadam bo‘ldi. Xalqimizning 
bunday tadbirga qiziqishi ortiq bo‘ldi. 
Bularning barchasini e’tiborga olib, 1996 yil avgustda «O‘zbekiston – Vatanim 
manim»  qo‘shiq  bayrami  haqida»  maxsus  farmon  qabul  qilindi.  Farmonda 
fuqarolar  qalbida  muqaddas  Vatan  tuyg‘usini  tarbiyalovchi  yuksak  badiiy 
saviyadagi musiqa asarlari va qo‘shiqlarining yaratilishiga keng imkoniyat yaratish 
maqsadida  har  yili  avgust  oyining  uchinchi  yakshanbasi  «O‘zbekiston  –  Vatanim 
manim»  qo‘shiq  bayrami  kuni,  deb  belgilab  qo‘yildi.  Ayni  paytda,  xalqimizning 
qo‘shiqchilik san’atiga bo‘lgan buyuk qiziqishini e’tiborga olib. Madaniyat ishlari 
vazirligi huzurida «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. 
Natijada  mazkur  ko‘rik-tanlov  hozirda  ommaviy  tus  oldi,  unda  nafaqat o‘zbek 
milliy, shu bilan birga mamlakatimizda istiqomat qilayotgan boshqa barcha xalqlar 
vakillarining  erkin  ijod  qilishi,  o‘z  san’atlarini  namoiy  etish  imkoniyati  yaratildi. 
Professional  va  xalq  badiiy  ijodiyoti  asosida  san’atning  qo‘shiqchilik  turiga  teng 
e’tibor  berilishi,  ularning  uyg‘un  rivojlanishiga  sharoit  yaratilishi  tufayli  mazkur 
san’at turi yanada rivoj topmoqda. 
Ma’lumki,  O‘zbekistonda  jahon  sivilizatsiyasida  alohida  o‘ringa  ega  bo‘lgan 
buyuk moddiy madaniyat yaratildi. Ular xalqaro xamjamiyat tomonidan allaqachon 
e’tirof  etilgan.  Biroq,  sho‘rolar  mustabid  tizimi  davrida  O‘zbekiston  moddiy 
madaniyatiga  katta  zarar  etkazildi.  Minglab  noyob  madaniyat  durdonalari,  asori-
atiqalari  xorijga,  asosan,  Moskva,  Sankt-Peterburg  muzeylariga  tashib  ketildi. 
Milliy  o‘zlikni  anglashda  bunday  yodgorliklarning  ahamiyati  katta  ekanligini 
e’tiborga  olib,  mustamlakachilar  iloji  boricha  ular  ijtimoiy-madaniy  ahamiyatni 
kamsitishga harakat qildilar.  
Ammo,  mustaqillik  bunday  jirkanch  siyosatga  barham  berdi.  Istiqlolning 
dastlabki  davrlaridanoq  muzeylar,  qo‘riqxonalarning  o‘rni  va  rolini  belgilab 
berishga  alohida  ahamiyat  berildi.  Ma’lumki  hozirda  birgina  Madaniyat  ishlari 
vazirligi  tizimida  turli  sohalar  bo‘yicha  68  ta  muzey  mavjud  bo‘lib,  bular  21  ta 
o‘lkashunoslik, 10 ta badiiy, 14 memorial, 5 ta adabiy-memorial, 7 ta badiiy, 1 ta 
tabiiy-ilmiy muzeylardir. 
SHu  bilan  birga  Samarqandda  Davlat  muzey-qo‘riqxonasi,  Buxoroda  Davlat 
muzey-qo‘riqxonasi,  Hivada  «Ichon-Qal’a»  davlat  muzey-qo‘riqxonalari  faoliyat 
ko‘rsatmoqda.  1999  yilgi  ma’lumotlarga  ko‘ra,  respublikamizdagi  muzeylar 
fondida  1305786  eksponat  saqlanmoqda.  Birgina  1999  yilda  ularning  asosiy 
fondiga  7544  ta  eksponat  qabul  qilindi.  SHu  yilning  o‘zida  o‘zida  barcha 
muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi
39
.  
O‘zbekiston  hukumati  xalqimizning  o‘z  milliy  o‘zligini  anglash  jarayonini 
yanada  jadallashtirishni  e’tiborga  olib,  1994  yil  23  dekabrda  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  «Respublika  muzeylari  faoliyatini  yaxshilash 
chora  tadbirlari  to‘g‘risida»gi,  1999  yil  5  dekabrda  esa  «Muzeylar  faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida»gi qarorlarni e’lon qildi. 
                                           
39
 «Мозийдан садо», 2000, №1-2, 22-бет. 


 
 
 
102 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1998  yil  12  yanvardagi  «Muzeylar 
faoliyati  tubdan  yaxshilash  va  takomillashtirish  to‘g‘risida»gi  farmoni  esa 
muzeylar  ishida  tubdan  burilish  yasadi.  Unga  binoan  barcha  turdagi  muzeylar 
faoliyatini  muvofiqlashtirish,  qo‘llab-quvvatlash    va  ularga  zarur  ilmiy-uslubiy 
yordam  ko‘rsatishni  ta’minlash  maqsadida  Madaniyat  ishlari  vazirligi  qoshida 
«O‘zbekmuzey»  jamg‘armasi  tashkil  etildi,  o‘zbek,  ingliz,  rus  tillarida  chop 
etiladigan  ilmiy-amaliy,  ma’naviy-ma’rifiy,  rangli  «Moziydan  sado»  jurnali  tasis 
etildi
40
.  
Ko‘rilgan barcha tadbirlar natijasida muzeylarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati 
ancha  ortdi,  ularning  o‘zbek  xalqi  milliy  o‘zligini  anglash  jarayonidagi  roli 
kuchaydi.  Muzeylarga  e’tibor  xorijlik  fuqorolarning  O‘zbekistonga,  uning  boy  va 
qadimiy madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.  
Istiqlol  o‘zbek  xalqiga  o‘z  milliy  adabiyotini  qaytarib  berdi.  Kommunistik 
mafkuraning  jarchisiga  aylangan  «sovet  adabiyoti»  vayronlari  o‘rniga  paydo 
bo‘lgan  o‘zbek  milliy  adabiyoti  tezlikda  o‘zining  qaddini  ko‘tardi,  partiyaviylik, 
sinfiylik  kabi  xatto  metodologik  asoslardan  voz  kechila  boshlandi.  Mumtoz 
adabiyotga  munosabatda  diniy-adabiy,  feodal-klerikal  adabiyot,  saroy  adabiyoti 
deyilgan  tushuncha  va  bir  millat  adabiyotini  reaksion  va  progressiv  deb  ikkiga 
bo‘lib  o‘rganishdek hatto nazariy  cheklashlarning  daf  etilishi milliy  adabiyotning 
xolisona baholanishiga imkon yaratdi.  
Diniy  manbalarning,  jadid  adabiyotining  siyosiy-mafkuraviy  aqidalarsiz 
o‘rganilishiga  nisbatan  bo‘lgan  munosabatning  ijobiy  hal  etilishi  jamiyatni 
ma’naviy jihatdan barqarorlashtirishga shart-sharoitlar yaratdi. 
SHunday  qilib,  mustaqillik  O‘zbekiston  ma’naviy  hayotini  barqarorlashtirish 
uchun  zamin  yaratdi,  ma’naviy-ma’rifiy  hodisalarga  munosabatni  o‘zgartirdi. 
Istiqlol tufayli ma’naviy turmushimizdagi ko‘plab muammolar hal etila boshlandi. 
Qurilayotgan  demokratik,  huquqiy,  insonparvar  jamiyat,  bozor  munosabatlariga 
o‘tish,  jahon  hamjamiyati  bilan  mafkuraviy  tazyiqlarsiz  o‘zaro  hamkorlik  qilish 
imkoniyati O‘zbekiston madaniyatini xalqchil qildi. O‘zbekiston, o‘zbek xalqining 
dunyodagi o‘ziga xos va mos o‘rni borligi, uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan 
bebaho  xissasining  e’tirof  etilishi  tufayli  ma’naviy  hayotning  gullab-yashashi 
uchun mustahkam zamin yaratildi. 
 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə