Madaniy merosning mexanizmi quyidagi xususiyatlarga ega:
1.
Ma’naviy merosning uzviyligi. Ajdodlar yaratgan ja’miki boylikka yangi
avlod merosxo‘r bo‘ladi, tarixiy ahamiyatini yo‘qotgan madaniyat o‘rnini yana
madaniyatlar vujeudga keladi, avvalgilardan ko‘p narsalar o‘zlashtiriladi. O‘tmish
tajribasi bugun va kelajak uchun har doim asqotiqishi mumkin, shuningdek, bugun
unitilgan narsalar butunlay yo‘qolib ketmaydi. Masalan, V.SHekspir yuz yilcha
unitilib, keyingi avlodlar uchun jahon adabiyoti va drammaturgiyasining klassigi
sifatida tanildi.
2.
O‘tmishdan kelajakka o‘tish jarayonida merosning o‘zgarishi. Madaniy
merosning o‘tish davrida xususiyati o‘zgarishi mumkin. YA’ni, milliy g‘oya
mavjud nutqai nazar va bilimlar talabiga mos keluvchi yangi talqinidagi mazmun
kasb etadi. Mana shunday ko‘rinishida u kelajakka meros bo‘lib o‘tadi. Bizning
kunimizgacha Suqrot va Demokrat asarlarining asl g‘oyasini o‘zi uchun yangitdan
kashf qiladi va ularning falsafasini talqin qiluvchi minglab kitoblar yaratiladi.
3.
O‘tmishdan qolgan barcha narsalar butunlay o‘zlashtirilmaydi, balki yangi
davr va talabiga, ruhiy javob beruvchi, mohiyatdan zarur narsalargina olinadi.
Xozirda eskirgan va kerakmas deb hisoblangan narsalar, kelajakda balki yangi
mohiyat va muhim ahamiyat kasb etar. Allaqaysi davrda qolib ketgan kiyinish
usuli kutilmagan odatga aylanishi mumkin. YAngi qadim donishmandchiligidan
g‘oya oladi.
Har bir etnos xalq o‘zining mustaqil betakror behad noyob madaniyatiga ega.
Xalqlar hayotining mintaqaviy tarixiy o‘ziga xosligi har bir xalq madaniyatining
rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi u yoki bu etnos hayotining saqlanib
qolishi va barhayotligiga imkon tug‘diradi. SHu tarzda millatlar olami umumiy
koinot shakllanadi unda inson va uni tarixan o‘rab turuvchi tabiat uyg‘unlashib
etnoslarning ijtimoiy ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatadi milliy xususiyat shakllanadi va
uning amaliy faoliyat yo‘nalishini aniqlaydi.
Mana shu boshlang‘ich madaniyat olamida inson turadi bu erda uning muhim o‘rni
maqsadi shakllanadi uning didi hayotiy orzusi paydo bo‘ladi. Inson madaniyatlarga
merosxo‘r sifatida milliy mulkini o‘zlashtiradi. Namunaviy xulq qadriyatlarini
asrashda va kelajakka qoldirishda jamiyatda odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibda soluvchi aniq barqarorlik bo‘lishi zarur. Madaniyatning mavjudligi va
rivojlanish an’anasida madaniyatlarni asrash usulida ham bu barqaqrolik bor.
An’ana madaniyatda yangi odatlar bilan uyunlashib ketadi. Insonga nafaqat
bilim shuningdek, hayot faoliyatida an’anaviy ibratlar va yaxshi o‘zlashtirilgan
106
mahorat va ko‘nikma ham zarur. Biroq, ijodkorlikning boshlanishi fikrlash jihatdan
dastlabki
eslab
tasvirlashdan
ko‘ra sermahsullikni vujudga keltiradi.
Madaniyatning rivojlanish jarayoni ijodkorlikning sub’ekti sanalgan shaxsning
shakllanishi jarayoni bilan birga kechadigan hodisadir, ya’ni, insonn nafaqat
jamiyatda mavjud bo‘lgan madaniy me’yorlar, an’ana va ibratlar, balki madaniy
jarayonlarning rivojlanib borishi ham qo‘llaydi.
YUqorida ta’kidlaganidek milliy ma’naviy meros muammosi mamlakatimizda
jamiyat uchun o‘ta muhimlilik kasb etmoqda. CHorizm mustamlakachiligi davrida
Turkiston xalqlarining madaniyatiga ular «qoloq» madaniyat deb past nazar bilan
qarashgan. Keyin sovetlar davrida O‘zbekiston xalqining madaniy merosiga bir
yoqlama munosabat hukmronlik qildi. Tarixiy xaqiqat, adabiyot va san’at asarlari
«sinfiy kurash», «xalqchilik» kabi g‘arib nazariy oraliq baho berildi. Faqat
kommunistik g‘oyaga mos keluvchi narsalarga yutuq sifatida qaraldi, qolgan
barchasiga hato deb yoki mutlaqo kishilar xotirasidan o‘chirib tashlashga urinildi.
I.A.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» kitobida ta’kidlaganidek, uzoq
davom etgan qattiq mafkuraning tazyiqiga qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan-
avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos
an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. «Mustaqilligimizning dastlabki
kunlaridanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asarlar mobaynida yaratib kelingan
g‘oya ulkan bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda mushim vazifa bo‘lib qoldi
11
.
Jamiyatimiz jadal tub o‘zgarishlar holatini boshdan kechirmoqda. Bunday
davrda har bir kishiga mustahkam tayanch zarur. Faqat milliy g‘oya shunday
tayanch bo‘lishi mumkin. Faqat milliy g‘oya islohatlar yo‘lidan muvaffaqiyatli
borishi uchun millatni birlashtirishi va jipslashtirishi mumkin. I.A.Karimov
o‘zimning mulohazalarida birinchi darajali qilib milliy g‘oyani shakllantirishni
qo‘yadi. Uning asosida xalqning haqiqiy tarixini qaytarish, milliy an’analarni
tiklash, madaniy va ma’naviy merosni o‘rganish yotadi. Xuddi shu g‘oya – XXI
asrda O‘zbekistonning ozod fuqorolarining ma’naviy shakllanishida katta ahamiyat
kasb etib, ularning o‘z Vatanini gullab – yashnashi uchun fidoiy bo‘lishi, o‘z
xalqining buyuk o‘tmishidan faxrlanuvchi millat farzandlari bo‘lib shakllanishi
uchun xizmat qiladi.
O‘zbek xalqining madaniy merosi ming yillar davomida yaratilgan. Undan turli
davrlarda O‘zbekiston xududida e’tiqod qilingan zardo‘shtiylik, buddizm, islom va
boshqa dinlar yaratgan ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar mujassamlashgan; Unda
butun dunyoga mashhur imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Naqshbandiy, YAssaviy,
Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, A.Navoiy kabi ko‘plab buyuk
mutafakkirlarning bilimi va salohiyati gavdalangan, bu merosda Amir Temur va
Boburlarning davlatchilik va siyosat qurilish tajribalari; buyuk me’morchilik
yodgorliklari, tasviriy san’at, muzika, amaliy san’at asarlari: xalq urf-odatlari va
an’analari, milliy sport turlari uyg‘unlashgan.
Mustaqillik yillarida xalqqa uning ma’naviy va madaniy boyliklarini qaytarish
borasida ko‘plab ishlar qilinmoqda. Dastlabki, eng muhim qadam «O‘zbek tili
11
И.А.Каримов, Ызбекистон XXI аср быса\асида., Т.1997й., 137-бет.
107
haqidagi» qonunning qabul qilinishi bo‘ldi. Bu bilan o‘zbek tilidagi xalqning
bebaho madaniy va milliy boyligi maqomi tiklandi. Buxoro va Xiva shaharlaridagi
me’morchilik yodgorliklarini ta’mirlash borasida faol ishlar olib borilib,
yodgorliklar shu davrda jahon ahamiyatidagi maqomga ega bo‘ldi. Bu
shaharlarning 2500 yilligi, Toshkentning 2000 yilligi kabi sanalar katta tantana
bilan nishonlandi. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga qaramasdan milliy madaniyatni
asrlovchi yangi muzeylar barpo etildi: temurliylar davri tarixi muzeyi. Olimpiya
shon-sharafi muzeyi va O‘zbekiston tarixi muzeyi yangi mazmunda boyitildi.
Maqomchilar muzeyi va boshqalar dunyoga mashhur bo‘ldi.
Xalqqa o‘z tarixi va xotirasi qaytarilmoqda. Milliy vajahon madaniyati rivojiga
ulkan hissa qo‘shgan vatandoshlarimizning xizmatlari haqida yubiley tantanalari
o‘tkazildi. O‘tgan yillarda Navoyi, Bobur, Qodiriy, Behzod, A.Farg‘oniy
yubileylari nishonlandi. Alohida tantanalar bilan xalqaro miqiyosda Ulug‘bekning
600-yilligi, Amir Temurning 660-yilligi, Imom Buxoriy 1225 yilligi o‘tkazildi.
Jaloliddin manguberdi tavalludining 800 yilligi va «alpomish» eposining 1000
yilligi keng nishonlandi. Ayniqsa katag‘on qurbonlarining begunoh xotirasi
tiklanishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ular orasida ko‘plab madaniyat
arboblarining nomlari bor: jadidchilik harakatining yo‘lboshchilari, shoir va
yozuvchilar-Munavvarqori Abdurashidxonov, A.Fitrat, CHo‘lpon, Ramziy, Botu
va boshqalar.
Milliy an’analarni tiklash bo‘yicha ham ko‘plab ishlar qilindi. Navro‘z, hayit
kabi qadimgi xalq va diiny bayramlar rasman hayotga qaytardi. Hayr muruvvat
udumlarini davom ettirish va yosh avlodni barkamol o‘stirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘lom avlod uchun jamg‘armasini tashkil qilib,
dastlabki ordenini ham shunday atadi. Nogiron bolalar uchun «mehzribonlik» kabi
sahovat festivali muntazam o‘tkazib kelmoqda. O‘zbekistonda xalqaro kino, teatr
va «sharq taronalari» kabi musiqali festivallar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanib
qoldi. Xalq bahshichilik san’atiga e’tibor kuchayib Respublika konkurslarini
o‘tkazildi. SHuningdek milliy kurashimiz xalqaro maqomga ega bo‘lib, birinchi
jahon CHempionati o‘tkazildi.
YUqorida ta’kidlaganidek, madaniy qadriyatlardagi vorislik jarayoni nafaqat
milliy madaniyatlar rivojidagi vorislik bo‘lmay, balki boshqa xalqlar
madaniyatidagi yutuqlarni umumlashtirishdan ham iboratdir. Markaziy Osiyo
mintaqasida yashovchi xalqlarning madaniyati qadim zamonlarda ham g‘arb va
SHarq mamlakatlari bilan yaqin madaniy aloqalar asosida rivojlangan. Madaniy
hamkorlikning keng ko‘lami, etnik va diniy mazmundagi cheklanmaganlik
Vatanimiz madaniyatining asosiy xususiyatidir. Hozirgi davrda ham milliy
madaniyatni tiklashga asosiy e’tiborni qaratgan holda O‘zbekiston xalqi jahon
madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egallashga xarakat qilib,
jahon madaniyati rivojiga xissa qo‘shmoqda. Bu borada jadal amaliy ishlar
qilinmoqda: xalqaro konkurs va festivallar o‘tkazildi, chet mamlakatlar madaniyat
kunlari va san’at asarlari ko‘rgazmasi namoyish qilindi, hind madaniyat markazi,
fransuz madaniyat uyi singari doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi madaniyat markazlari
ochildi; o‘z o‘rnida O‘zbekiston madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy
asoslash va uning jahon madaniyatidagi o‘rnini munosib baholash ishtiyoqi ham
108
kuchli. Buning dalili sifatida «Mirzo Ulug‘bek va uning jahon sivilizatsiyasiga
qo‘shgan hissasi» (1994). «O‘zbekistonning jahonda tutgan o‘rni va roli. Buxoro
va jahon madaniyati» (1995), «O‘rta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi» (1998) kabi
mavzularda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya va seminarlarni ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekiston o‘zining boy madaniy an’analari va jahon madaniyati
jarayonlaridagi faol ishtiroki tufayli uning xalqaro miqiyosidagi mavqei tobora
oshmoqda. Buning yaqqol misoli 1997 yilda YUNESKO ijroiya kengashi
a’zoligiga O‘zbekistonning saylanishi va 1998 y. 6 noyabrda Toshkentda
YUNESKO
ijroya
kengashining
155
sessiyasini
o‘tkazilishidir. Unda
O‘zbekistonning taklifi bilan «jahon madaniyat va YUNESKO ning a’zo
davlatlaridagi faoliyati» degan hujjat qabul qilindi. Jahon madaniyatining
ajralmasqismi hisoblangan milliy madaniy merosni asrash va o‘rganish rejasi
bo‘yicha O‘zbekiston YUNESKO bilan o‘zaro munosabatlarini yanada
kengaytirishi va respublikada zamonaviy ta’lim tizimini takomillashtirishi
mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |