Маданият назарияси



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
madaniyatshunoslik

Tayanch tushunchalar 
 
Ma’naviy-ma’rifiy  islohat,  ustuvor  yo‘nalish,  ma’naviyat  va  ma’rifat  markazi, 
milliy g‘oya, milliy-madaniy markazi, istiqlol mafkurasi, komil inson. 
 
Mavzuni takrorlash uchun savollar. 
 
1.
 
Mustaqillik  sharoitida  milliy  madaniyatlar  rivojlanishining  ijtimoiy-
siyosiy omillarini tahlil eting. 
2.
 
Madaniy yuksalishning hozirgi bosqichi xususiyati nimada? 
                                           
40
 «Гулистон», 1998, №2, 5-бет. 


 
 
 
103 
3.
 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy  ma’rifiy islohatlarning 
mohiyati va zarurligi. 
4.
 
Ma’naviy-mav’rifiy  islohatlarning  amalga  oshirishning  asosiy  yo‘llarini 
ayting. 
5.
 
Ta’lim qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining madaniy-ma’rifiy 
islohatlarini amalga oshirishdagi ahamiyati. 
6.
 
Madaniy taraqqiyotda milliy-madaniy markazlarning o‘rni. 
7.
 
Madaniy-ma’rifiy islohatlar jarayonida milliy tarixiy merosga munosabat 
mezonlari. 
8.
 
Madaniy  taraqqiyotda  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarning 
uyg‘unligi.  
9.
 
Madaniy  –  ma’rifiy  islohatlar  va  komil  inson  tarbiyasi  vazifasini 
tushuntiring.     
 
                                         ADABIYOTLAR. 
1.
 
I.A.Karimov O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., 1992. 
2.
 
I.A.Karimov Istiqlol va ma’naviyat. T., 1994. 
3.
 
I.A.Karimov Biz qurish va yaratish yo‘lidan boraveramiz. T., 1995. 
4.
 
 I.A.Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.T., 1996. 
5.
 
I.A.Karimov. Vatan sadjagoh kabi muqaddasdir. T., 1996. 
6.
 
I.A.Karimov O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T., 1996. 
7.
 
I.A.Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. T., 1997. 
8.
 
I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., 1998. 
9.
 
I.A.Karimov. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., 1999. 
10.
 
I.A.Karimov.  Milliy  istiqlol  mafkurasi  –  xalq  e’tiqodi  va  buyuk  kelajakka 
ishonchdir. T., 2000. 
 
1.
 
madaniy merosga munosabat.
 
 
O‘zbekiston  o‘z  mustaqilligini  mustahkamlash,  jahon  hamjamiyatida  o‘zining 
munosib o‘rinni egallash jarayonida siyosiy, xuquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-
ma’rifiy  sohalarda-kishilar  tafakkurida  tubga  o‘zgarish,  -  milliy  g‘oya  –  milliy 
mafkurani  shakllanish  jarayoni  kechmoqda.  Bu  jarayon  uchinchi  ming  yillik 
arafasida  amalga  oshmoqda.  SHu  munosabat  bilan  Prezident  I.Karimovning 
quyidagi  so‘zlari  o‘ta  iboratlidir:  «Biz  kelgusi  asrga  o‘zimiz  bilan  nimani  olib 
o‘tishimiz mumkin? Va nimalardan voz kechishimiz darkor?. YAngi ming yillikda 
qanday  muammolarning  echimi  bizning  diqqat  e’tiborimiz  markazida  turmog‘i 
lozim?
10
  bu  fikr  madaniy  va  ma’naviy  merosimiz  muammolarini  hal  qilishda 
asosiy dasturiy amaldir. 
Madaniy  meros  –  bu  o‘tmishdan  qolgan  qadriyatlar,  g‘oyalar,  tajriba,  bilimlar 
ularni o‘zlashtirish yo‘llari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat usullari va uni tashkil 
qilish  hamda  uning  natijalaridir.  O‘zlashtirish  yoki  aniqrog‘i,  madaniy  meros 
jarayoni  o‘ta  muhim  bo‘lib,  madaniyatning  harakatdagi  asosiy  qonunlaridan  biri 
                                           
10
 И.А.Каримов. Ызбекистон XXI аср быса\асида. 1990 й. 3-б. 


 
 
 
104 
hisoblanadi.  Bu  jarayon    insoniyatning  o‘tmishi,  bugungi  va  kelajagini  bir  butun 
holda  birlashtirib,  odatiy  tarzda  tayyor  yutuqlarga  aylanadi.  Bor  narsani  izlash, 
ma’lum  narsani  ochish,  qilingan  kashfiyotni  kashf  etish  kerak  bo‘lmaganidek, 
o‘tmish  ajdodlar  qilgan  ishni  takrorlash  shart  emas.  Erishilgan  yutuqlardan  kelib 
chiqib  jamiyat  o‘z  maqsadlarini  amalga  oshirishning  qisqa  yo‘llarini  tanlaydi. 
Bundan  tashqari  ma’naviy  meros  kishilarning  saviyasinibehad  kengaytiradi,  ular 
hayotini  aqliy  va  hissiy  jihatdan  boyitadi,  bilimning  tuganmas  manbai  bo‘lib 
xizmat qiladi. 
O‘tmish  bilan  batamon  uzilish  mumkin  emas.  Insoniyat  tarixida  mutlaqo  yangi 
madaniyat yaratishga urinishlar bo‘lgan, biroq bunday urinishlar hunuk natijalarga 
olib  kelgan.  Bunga  1920  yillarda  Sovet  Rossiyasida  «Proletar  madaniyatini» 
yaratishga  urinishni  yoki  «madaniy  inqilob»ni  misol  tariqasida  keltirish  mumkin. 
Bu «inqiloblar» jarayonida yangi madaniyat yaralmadi aksincha bori ham qilindi: 
qo‘lyozmalar  kitoblar  suratlar  yoqildi;  me’moriy  yodgorliklar  buzildi,  eng 
achinarlisi  madaniy  qadriyat  egalari  maxv  qilindi.  Oqibatda o‘tmish  bilan  bog‘liq 
uzviylik buzilib jamiyat ma’nan orqali ketdi. 
Madaniyatning  me’yoriy  rivojlanishi  uni  asrab  kelgusi  avlodlarga  meros  qilib 
qoldirishini  bildiradi.  Biroq,  bu  jarayon  oddiy  va  bir  hilda  kechmaydi.  Ma’naviy 
qadriyatlarning mundarijasi, ularni qayta ko‘rib chiqish va qayta baholash, ularning 
o‘zaro  bog‘liqlik  usullari,  munosabat  tiplari,  bilimlarni  asrash  va  uzatish,  hayot 
me’yorlari,  voqelikni  estetik  idrok qilish  xususiyati  o‘zgarmasdan  qolmaydi,  ular 
uzluksiz  harakatda  bo‘ladi.  Meros  serqirra  va  ko‘p  qiyofalidir.  Uning  aniq 
namoyon  bo‘lishi  tiplarning  ko‘pligi,  tendensiyalar  xilma-xilligi  bilan  farqlanadi. 
Har  bir  yangi  avlodning  vorislik  mexanizmi  o‘tmishdoshlarning  tajribasidan 
madaniyatning  turli  sohalarida  farqlanadi:  san’atdagi  o‘lcham  fandagidan 
boshqacha;  tabiiy  fanlar  gumanitar  fanlardan  farqli.  Vorislik  (meros)  har  qanday 
sohada  insonning  haqiqiy  o‘zlashtirishida  namoyon  bo‘ladi,  va  ayni  paytda 
mahalliy  yoki  dunyo  miqyosidagi  jarayonlar  shaklida  ham  ifodalanishi  mumkin. 
Vorislikning  mahalliy  (cheklangan)  shakli  madaniyatning  kasbiy  (professional), 
milliy,  etnik  va  boshqa  ko‘rinishlariga  ega.  Bu  faoliyat  madaniy  bosqichlarda  bir 
me’yorda,  tekkis  yo‘nalish  shaklllarida  bo‘lmay,  uning  bir  bosqichidan  ikkinchi 
bosqichga  sakrab  o‘tishi  notekis  bo‘xronlar  xususiyatiga  ega.  Insoniyatning 
ma’naviy  yutuqlarini  meros  qilib  qoldirishda  vorislik  keng  miqyosli  (umumiy) 
shaklda  jarayonlar  muffasal  yo‘nalishda  amalga  oshadi.  Masalan,  Qadimgi  Misr 
zakovati  «Injil»,  «1001  kecha  ertaklari»  kabi  madaniyat  yodgorliklariga  ijobiy 
ta’sir  qildi.  YAna,  er  yuzidagi  barcha  halqlarning  zamonaviy  bilim  sohalariga 
zamin bo‘lgan Bobil astronomiyasi, hind matematikasi, antik falsafa, rim huquqiy 
haqida ham shunday gapirish mumkin. 
Agar  madaniyat  va  ma’naviyat  sohalari  tarkibida  til,  udumlar,  an’analar  va 
boshqalar  bo‘lsa,  ma’lum  xalqning  madaniyat  tarixi  doirasida  meros  qoldirish 
jarayoni  yaxshiroq  kechadi.  Boshqa  sohalarda  esa  texnika,  fan,  san’at  kabi 
sohalardagi  bir  xalqqa  tegishli  meros  boshqa  xalqlarga  ham  tegishli  mulkka 
aylanadi. 
Keyingi  avlodlarga  meros  qoldirish  uchun  madaniyatda  belgilangan  usul  va 
mexanizm mavjud. Ulardan ba’zilari qadimdan amal qiladi, bu – namoyish qilish, 


 
 
 
105 
og‘zaki  uzatish,  folklor,  san’at;  boshqa  usullar  keyinroq  paydo  bo‘ldi,  bu  –  kino 
tasviri, ohonrabo yozuvi, kompyuter xotirasi. Barcha jamiyatlarda ham haqiqatdan 
ma’naviy  merosning  foydalanish  imkoniyatlarini  o‘zgartirish  sharoiti  bir  xilda 
emas.  Ular  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  g‘oyaviy  omillar  bilan  belgilanadi.  Bu 
omillar  merosning  hajmi,  tanlash  xususiyati,  intensivligiga  bog‘liq.  Bizga 
ma’lumki  sovet  jamiyatda  kommunistik  g‘oya  xukmronligi  davrida  xalqlar, 
xususan  O‘zbekistonda  ham  o‘zining  haqiqiy  tarixiy,  milliy  va  ma’naviy 
merosidan  mahrum  etilgan  edi.  Umuman,  madaniy  merosdan  mutlaqo  mahrum 
bo‘lgan yoki foydalanmagan jamiyat yoki xalqlar tarixda bo‘lishi mumkin emas. 
 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə